Oldingi tahrirga qarang.
Pul hissalari ushbu modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisida, shuningdek sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar to‘lashi shart.
(18-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pulsiz hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilariga jamiyat ushbu modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisida, shuningdek sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda uch oylik muddatda ularning hissalarini qo‘shilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida qaytarishi, hissalar ko‘rsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan mol-mulkdan foydalana olmaganligi oqibatida boy berilgan foydani ham qoplashi shart.
Dostları ilə paylaş: |