1915-yil aprelda Germaniya Ipr jangida urushlar tarixida birinchi marotaba kimyoviy qurol -
zaharli gaz (xlor) ishlatdi.
1915-yil aprelda Antanta bilan Italiya o‘rtasida Londonda shartnoma imzolandi
1915-yilning 8-may kuni Xitoy Yaponiyaning biroz yumshatilgan talablarini qabul qildi.
1915-yilning 23- may kuni Italiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi
1915-yil 15-sentabrda Bolgariya Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmonli davlati ittifoqiga
qo‘shilishi natijasida ,,To‘rtlar ittifoqi“ vujudga keldi.
1915-yil 14-oktabr kuni Bolgariya, Germaniya, Avstriya-Vengriya qo‘shinlari Serbiyaga
hujum qilib, uni bosib oldi.
1916-yil
1916-yil fevral oyida Germaniya qo’shini G‘arbiy frontda hujumga o‘tgach, Fransiya yordam
so‘rab yana Rossiyaga murojaat qilishga majbur bo‘ldi
1916-yil 21-fevralda Germaniya Fransiyaning Verden qal’asiga hujum uyushtirdi va bu
hujum 21-martgacha davom etdi
1916-yil avgustda Ruminiya bilan Antanta davlatlari o‘rtasida shartnoma imzolandi va
Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi.
1916-yil avgustda general-feldmarshal fon Gindenburg Germaniya qo‘shinining qo‘mondoni
etib tayinlandi va ko‘p o‘tmay Germaniya qo‘shinining 1917-yilgi harakat rejasini tuzib
chiqdi.
1916-yil 28-avgust kuni Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi.
1916-yil dekabr dan boshlab nemis qo’shini mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldi. 21-dekabrda
Verden jangi nihoyasiga yetdi.
Dostları ilə paylaş: