1872 yilda Angliya kubogining birinchi finalida oʻynagan " Qirollik muhandislari " jamoasi



Yüklə 107,96 Kb.
tarix17.04.2023
ölçüsü107,96 Kb.
#125502
Zamonaviy futbol qoidalari XIX asr oʻrtalarida


Zamonaviy futbol qoidalari XIX asr oʻrtalarida Angliyadagi xususiy maktablarda turli qoidalar bilan oʻynalb kelingan futbol shakllariga asoslanadi[7]. 1848-yilda Kembrij universitetida Eton, Harrow, Regby, Winchester va Shrewsbury nomli taʼlim muassasalarining vakillari ishtirokida yaratilgan Kembrij qoidalari futbol va shunga oʻxshash sport turlarini rivojlantirishda ancha samarali rol oʻynaydi. Garchi baʼzi oʻyinlar ushbu qoidalardan foydalangan holda oʻtkazilgan boʻlsa-da, ular katta jamoa tomonidan qabul qilinmagan[13][14]. 1850-yillarda ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlardagi turli klublar oʻz maktablari yoki universitetlaridan ajralib chiqib, mustaqil tashkilotlar sifatida faoliyat yurita boshladilar. Ulardan baʼzilari oʻz qoidalarini yaratib, shu qoidalarga koʻra futbol oʻynashni boshladilar. 1857-yilda sobiq talabalar tomonidan asos solingan Sheffild futbol klubi 1867-yilda Sheffild futbol assotsiatsiyasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Uppingham maktabi talabasi Jon Charlz Thring ham 1862-yilda baʼzi qoidalarni ishlab chiqdi[15][16].
Futbol boʻyicha birinchi keng qamrovli qoidalar oʻsha yilning oktabr-noyabr oylari orasida, oktyabr oyida boʻlib oʻtgan yigʻilishdan soʻng tashkil etilgan futbol assotsiatsiyasi (inglizcha „The Football Association“, qisqacha „FA“) tomonidan oʻtkazilgan beshta yigʻilish natijasida tayyorlab chiqilgan[17].

1872 yilda Angliya kubogining birinchi finalida oʻynagan " Qirollik muhandislari " jamoasi.
Buyuk Britaniya klublari ishtirok etgan birinchi futbol musobaqasi boʻlib oʻtgan Angliya kubogi 1872-yilda C.W. Alcock tomonidan tashkil etilgan. Birinchi rasmiy xalqaro futbol oʻyini 1872-yil 30-noyabrda Angliya va Shotlandiya oʻrtasida Glazgo shahrida oʻtkazilgan va 0:0 hisobida yakunlangan. 1884-yilda birinchi xalqaro futbol turniri, Buyuk Britaniya mezbonlik qilgan chempionat boʻlib oʻtdi[18]. Aston Villa menejeri Uilyam MakGregor 1888-yilda Birmingemda asos solgan Angliya Futbol Ligasi bilan birinchi futbol ligasini tashkil qilgan kishi sifatida tarixda qoldi[19]. Ushbu ligada 12 ta jamoa kurash olib borgan edi. Futbolda professionallashuv asoslarining tamal toshi 1870-yillarda qoʻyilgan boʻlsa, bugungi professional futbol qoidalari 1885-yil 20-iyulda futbol assotsiatsiyasi tomonidan tan olingan[20].
Futbol assotsiatsiyasi tashkil etilgach, futbol inglizlar tomonidan butun dunyoga tarqala boshladi. Janubiy Amerikadagi birinchi futbol oʻyini 1867-yilda Argentinada ingliz ishchilari tomonidan oʻynalgan[21]. Oʻsha yili Buenos-Ayresda Janubiy Amerikadagi birinchi futbol klubi boʻlgan Buenos-Ayres futbol klubi tashkil topdi[21][22]. 1891-yilda Argentinada tashkil etilgan milliy liga bilan birgalikda qitʼada birinchi futbol turniri tashkil etilgan[23]. Janubiy Afrikada yashovchi inglizlar mamlakatda birinchi futbol harakatini 1869-yilda boshlagan boʻlsa, mamlakatda birinchi futbol turniri 1884-yilda oʻtkazilgan[24]. 1884-yilda Amerika Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan birinchi futbol musobaqasi boʻlib oʻtadi. Yaponiyada futbol oʻynash haqidagi dastlabki maʼlum maʼlumotlar 1870-yillarga tegishli boʻlib, ingliz dengizchilari Yokogamada futbol oʻynashgan[25]. Futbol keng tarqalgach, futbol qoidalarini belgilovchi tashkilot hisoblangan Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (qisqacha IFAB) 1886-yilda Manchester shahrida Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi, Uels futbol assotsiatsiyasi va Irlandiya futbol assotsiatsiyasining yigʻilishidan soʻng tuzilgan[26]. Xalqaro futbol federatsiyalari ittifoqi (qisqasi FIFA) xalqaro maydonda futbolning eng yuqori boshqaruv tashkiloti boʻlib, 1904-yilda Parijda tashkil etilgan va futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilishini eʼlon qilgan[27]. 1913-yilda FIFA vakillari ham IFABga oʻz vakillarini yubora boshladilar[28]. Futbolda professionallashuv jarayoni 1920—1930-yillarda dunyoning turli burchaklarida jadal rivojlanib borgan[29].
XX asrda 200 dan ortiq mamlakatlarda 250 milliondan ortiq oʻyinchi tomonidan oʻynalgan futbol dunyodagi eng mashhur sport turiga aylanadi[30][31][32][33]. FIFA tomonidan 2007-yilning may oyida eʼlon qilingan hisobotga koʻra, dunyo boʻylab 270 milliondan ortiq odam futbol oʻynaydi. Ushbu hisobotga koʻra, dunyoda 301 mingdan ortiq futbol klublari, 1752 milliondan ortiq futbol jamoasi, 840 mingdan ortiq futbol hakamlari va 113 mingdan ortiq professional futbolchi faoliyat olib boradi[34].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    1. ↑ Jump up to:1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „History of Football“. FIFA. 6 ekim 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29 nisan 2013.

    2. ↑ An Analysis of Zhan Guo Ce (İngilizce). Pekin: Peking University Press, 2001 — 59-82 bet. ISBN 7-301-05101-8. 

    3. ↑ Japanese sports: a history (İngilizce). University of Hawaii Press, 2001 — 26-27 bet. ISBN 9780824824648. 22 ağustos 2015da qaraldi. 

    4. ↑ Thibert, Jacques ve Réthacker, Jean-Philippe; ss. 13

    5. ↑ Thibert, Jacques ve Réthacker, Jean-Philippe; ss. 14

    6. ↑ Historia Brittonum, 41. bölüm

    7. ↑ Jump up to:7,0 7,1 7,2 „istory of Football – Britain, the home of Football“ (İngilizce). FIFA. 1 temmuz 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26 kasım 2014.

    8. ↑ Football/Soccer: History and Tactics. McFarland, 2011 — 18 bet. ISBN 978-0-7864-4784-8. 

    9. ↑ Women, Football and Europe: Histories, Equity and Experience (İngilizce). Meyer & Meyer Sport, 2007 — 6 bet. ISBN 9781841262253. 

    10. ↑ Le sport et les jeux d'exercice dans l'ancienne France (Fransızca), 1901 — 266 bet. 

    11. ↑ Le sport et les jeux d'exercice dans l'ancienne France (Fransızca), 1901 — 272 bet. 

    12. ↑ Discorso sopra il giuoco del calcio fiorentino del Puro Accademico Alterato (İtalyanca), Floransa, 1580. 

    13. ↑ „Cambridge... the birthplace of football?!“ (İngilizce). BBC (22 eylül 2009). 31 ağustos 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26 kasım 2014.

    14. ↑ A History of the University of Cambridge: 1750-1870 (İngilizce). Cambridge University Press, 1997 — 669 bet. ISBN 0521350603. 

    15. ↑ Harvey, Adrian; ss. 126

    16. ↑ „The hands-off approach to a man's game“ (İngilizce). The Times (29 mart). Qaraldi: 7 ekim 2007.

    17. ↑ „History of the FA“. Football Association (FA). 22 aralık 2008da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22 ağustos 2015.

    18. ↑ The History of the English Football League: Part One-1888-1930 (İngilizce). Strategic Book Publishing, 2013 — 88 bet. ISBN 1625161832. 

    19. ↑ „The History Of The Football League“. Football League (22 eylül 2010). 1 mayıs 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5 mart.

    20. ↑ Teachers and Football: Schoolboy Association Football in England, 1885-1915 (İngilizce). Psychology Press, 2005 — 35 bet. ISBN 0713002433. 

    21. ↑ Jump up to:21,0 21,1 Sports: The First Five Millennia (İngilizce). University of Massachusetts Press, 2007 — 169 bet. ISBN 1558496106. 

    22. ↑ Historia del Fútbol Amateur en la Argentina (İspanyolca). Autores Editores, 1992. ISBN 9504343848. 

    23. ↑ „Salvation army“ (İngilizce). The Guardian (4 haziran 2006). 25 ekim 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22 ağustos 2015.

    24. ↑ The Rainbow Game: A Random History of South African Soccer (İngilizce). Lanseria: JRA Bailey, 1998 — 14 bet. ISBN 978-0-620-22479-6. 

    25. ↑ Harvey, Adrian; ss. 237

    26. ↑ „The International FA Board“ (İngilizce). FIFA. 22 nisan 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27 kasım 2014.

    27. ↑ „Olympic Football Tournament (Men)“ (İngilizce) (PDF). FIFA. 16 haziran 2015da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30 kasım 2014.

    28. ↑ „The IFAB: How it works“. FIFA. 20 martda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5 mart.

    29. ↑ La balle au pied: Histoire du football (Fransızca). Paris: Éditions Gallimard, 1990. ISBN 978-2-07-053105-9. 

    30. ↑ „Overview of Soccer“. Encyclopædia Britannica. 12 haziran 2008da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6 nisan 2013.

    31. ↑ The Sports Process: A Comparative and Developmental Approach. Champaign: Human Kinetics, 1993 — 129 bet. ISBN 0-88011-624-2. 

    32. ↑ Sport Matters: Sociological Studies of Sport, Violence and Civilisation. Londra: Routledge, 1999 — 103 bet. ISBN 0-415-06413-9. 

    33. ↑ Catastrophic Injuries in High School and College Sports (İngilizce). Champaign: Human Kinetics, 1996 — 57 bet. ISBN 0-87322-674-7. 

    34. ↑ „Big Count“ (İngilizce) (PDF). FIFA (mayıs 2007). 30 haziran 2015da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30 kasım 2014.

Yüklə 107,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin