19-mavzu Elektron va multimediyali qo’llanmalarni yaratishda foy-fayllar.org
Elekrton darslik strukturasi va ularga qo’yiladigan talablar. Har bir darslik bir tomondan ma’lum darajada avtonom (mustaqil) bo’lishi, ikkinchi tomondan esa tarkibiy tuzilmasi va undagi axborot ma’lumotlari bichimlari (formatlari)ga ta’lluqli standartlarga javob berishi kerak. Bu esa o’z navbatida zarur darsliklar to’plamini axborotlashtirilgan ta’lim tizimiga (bunda axborot-qidiruv tizimi, imtihon qilish tizimi “test” va h.k.) yo’naltirilgan ravishda oson va tezkor yig’ish imkonini beradi. Agarda elektron darslik yetarli darajada sifatli bo’lib mazmun, o’quv jarayonini nazorat qilish va egallangan bilimlarni tekshirish tizimiga ega bo’lsa, mavjud ehtiyojni bir muncha qanoatlantirishi mumkin. Hozirgi kunda yuqori sifatli elektron darsliklar yaratish imkonini beruvchi uslublar, dasturiy ta’minot va ishlanmalar mavjud.
Hozirgi vaqtga kelib turli mualliflar tomonidan turli strukturadagi elektron darsliklar yaratilmoqda. Ularning strukturasi yaratilgan elektron darslikning matn mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Taklif qilinayotgan elektron darslik strukturasi taxminan quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olishi lozim:
muqova;
titul ekran;
mundarija;
annotatsiya;
o’quv materialining to’liq matni (sxema, jadval, illyustratsiya, grafik);
o’quv materialining qisqacha mundarijasi (sxemakurs shaklida);
darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma.
Elektron darslikka qo’yiladigan yana bir talablardan biri elektron darslik hajm jihatdan nihoyatda katta bo’lib ketmasligi va uning barcha materiallari iloji boricha bitta kompakt diskga joylanishi lozim bo’ladi.
Darslik muqovasi o’z ichiga grafik, animatsiya, video yoki harakatlanuvchi darslik annotatsiyasidan iborat bo’lsa o’ziga jalb qiluvchi xususiyatga ega bo’ladi. Titul ekranda darslik nomi, yuqori tashkilot haqida, mualliflik huquqi haqida, darslikning attestatsiyadan o’tganligi haqida ma’lumot, sana, tashkilot, mualliflar haqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Mundarija darslikning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tarafdan darslikning turli qismlariga tez va qulay o’tish uchun to’liq bo’lishi, va shu bilan birga bitta ekranda joylanishi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, bunday talablarga ikki bosqichli (mavzu va mavzuosti) mundarija javob beradi.
Bundan tashqari mundarija orqali: