Mehnatga psixologik tayyorlash. Mehnatga psixologik tayyorlash murakkab uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun mehnat ta’limi va tarbiyaga singib ketganidir. U garchi o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lsa-da, mehnatga ahloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
Bolani mehnatga psixologik tayyorlash – va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirishdan iboratdir. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning yaxshi tomonlarini singdirish. Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi jamiyatining hayoti va faoliyati uning farovonligi uchun zarur bo’lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi zarurligini anglashlari juda muhimdir.
Mehnatga psixologik tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, psixomotor, emocional –idrok, diqqat, xotira, tafakkur –mehnatning psixologik komponentlaridir. Mehnatga o’rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, xissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o’stirish hamda alohida ahamiyatga ega. Mehnat bo’yicha o’quv materiallarni eslab qolish boshqa predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatga ega. Barcha yangi asboblar materiallar, operaciyalarning nomi boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z-nomini predmetini ko’rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahimlaydilar, tushunib oladilar.
O’qituvchi mehnat darsida faqat tushuntiribgina qolmay, balki asosan materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni materialga ishlov berish usullarini, operaciyalarning izchilligini ko’rsatadi.
Shuning uchun mehnat ta’limida eshitish, ko’rish xotirasi va harakatlantiruvchi xotira ham muhim rol’ o’ynaydi. O’quvchilarda mehnat darsidan –mehnat darsigacha yangidan yangi bilim va ko’nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash hamda xotiralab qolish kerak.
Mehnat ta’limining to’g’ri borishida emocional jarayonlar ham xarakterlidir. Bolalarni qiyinchiliklarni engishga qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga o’rganish lozim.
Boshlang’ich politexnik bilim bilan qurollantirish.
Boshlang’ich sinflarda keng ma’nodagi ilmiy asoslar haqida emas, balki politexnik ta’limning elementlari haqida gap boradi. Bu o’quvchilarda fan-texnika yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’onishga yordam beradi.
Mehnat bo’yicha beriladigan politexnik bilim o’quvchilarga nima uchun materialga unday yoki bunday ishlov berish mumkinligini, nima uchun o’simlik son yoki yaxshi ishlov berilmagan erda yomon o’sishini, nima uchun inson o’zi va kiyim-boshini toza tutish kerakligi kabilarni anglashlariga imkoniyat yaratadi.
Politexnik tayyorgarlikka ega bo’lish qo’yilgan mehnat vazifalarni bajarishda asboblardan to’g’ri va racionalroq foydalanishda yordam beradi. Shuningdek bu tayyorgarlik kerakli ishlab chiqarish operatsiyalarini qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday asboblarni qo’llash va undan sabablarni anglashga ko’maklashadi.
O’quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko’nikma va malakalarga o’rgatishni ma’lum darajada nazariy amalga oshirishga imkon beruvchi zamiklardan biri bo’lib hisoblanadi.
Mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’rilay olish kabilardan tarkib topadi.
Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga oshishi mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlang’ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofiq o’quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishida qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.
Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish operaciyalarni o’rgatish ham demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish operaciyalarning tipikligini sezib olish qiyin emas, materiallarni o’lchab olish va belgilash; ularni egib, qirqib, ishlov berish; qismlarini elimlash, tikish, o’rash va bog’lash kabi yo’llar bilan birlashtirib va mustahkamlash; detallarni yig’ish va buyumni montaj qilishdir.
Yakunlovchi bosqich buyumni bezashdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarini shakllantirish ham taaluqlidir.
O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.
Bunda o’quvchilar e’tiboriga eng oddiy buyumlar-o’yinchoqlar, o’yinlar, o’quv qurollari tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, aplekaciya ishlari havola qilishadi. Bundan tashqari, bolalarda mehnatga qiziqish uyg’onish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash uchun "Mohir qo’llar» to’garaklarida, kun uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Mehnat ta’limi jarayonining o’sishga ta’siri. Mehnat ta’limi vazifalari haqida gapirilganda o’quvchilarda mehnatsevarlik mas’uliyat, intizomlik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Shu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining, moddiy va ma’naviy taminotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining en muhim omilidir. Bolalarni aqliy o’stirishda ham mehnat ta’limining roli ko’p qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga intilishlarini qo’zg’ovchi vositagina emas, balki uning manbai hamdir. Mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarni aqliy o’stirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har qanday mehnat ham aqliy o’sishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak.
Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatni aqliy rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni aktivlantirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarini o’stirmaydi.
Mehnat eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi.
Darslarning jihozlanganligi o’z mehnati uchun shaxsiy mas’uliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qo’pol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi. Bunday sharoitda, tabiiylik, mehnatga muhabbatni, tartiblikni, aniqlikni, asboblarga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash qiyin bo’ladi.
Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun doimo bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ishharakatlarining me’yori va sifatiga, ish suratini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishiga va nihoyat, narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Agarda o’qituvchining talablari amaldagi faktlardan ajralib tursa va buning natijasida shartli bo’lib qolsa, agarda bola har bir qadamida tartiblikka, aniqlikka rioya qilishi lozimligiga ishonch hosil qilmasa, bolalarning mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi, o’quvchilarda ana shular takomillashib boradi.
Kerakli material va asboblar bilan etarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi.
Ba’zan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, biri qog’ozini olib kelmasdan ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. Shuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin birigadirlar yordamida o’quvchilar o’rtasidagi do’stona o’zaro yordamga tayanib, o’z vaqtida choralar ko’rish lozim. Biroq har qanday holatda ham, u o’quvchining uyiga jo’natmasligi yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmasligi kerak, afsuski, bunday hollar amaliyotda uchrab turadi.
O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlari ta’minlaydi.