ADOBE PHOTOSHOP
grafik dasturida asboblar paneli bilan ishlash
dars ishlanmasi
Mavzuni nomi: ADOBE PHOTOSHOP grafik dasturida asboblar paneli bilan ishlash
Maksad: Talabada Photoshop grafik redaktori to’g’risida bilimlarni shakllantirish.
Kutiladigan natija: Talaba Photoshop grafik redaktori to’g’risida biladi;
Talaba Photoshop grafik redaktorida ishlay oladi;
Talaba Photoshop grafik redaktorida faoliyat soxasiga kerakli ishlarni bajara oladi.
Mavzu rejasi:
Photoshop grafik redaktorining vazifasi va unda ishlash
Grafik redaktorning menyular qatori bilan ishlash
Grafik redaktorning asboplar paneli bilan ishlash
Grafik redaktorlarda amaliy ishlar bajarish (kasbiy faoliyati doirasida)
Mavzu mazmuni: ADOBE PHOTOSHOP Windows muxitida ishlovchi kompyuterlar uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi foto tasvirlarni taxrir qiluvchi dasturdir.
Adobe Photoshop tasvir taxrir kiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo’shimcha kiritish, fotosuratdagi dog’larni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, kitoblar, gazeta va jurnallarni turli — tuman rasmlar bilan boyitishda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot soxasiga aloqodor bo’lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Adobe Photoshop dasturi quydagicha ishga tushiriladi:
Ushbu oynaning yukorisida menyu satri joylashgan. U kuyidagi kismlardan iborat: Fayl (File), Pravka (Edit), Risunok (Image), Sloy (Layer), Vo’delenie (Select), Filtr (Filter), Vid (View), Okno (Window) va Pomoh (Help).
Uning tagida ish kurollarning xususiyatlari soxasi (Panel Svoystv - Options bar) joylashgan. Agar ushbu soxa ekranda yuk bulsa uni Okno (Window) menyusidagi Svoystva (Options) buyrugi yordamida ekranga chikarishimiz mumkin.
Xususiyatlar soxasi pastida ish soxasi joylashgan bulib, uning chap tomonida ish kurollar soxasini (panel Instrumentov - Toolbox) kurishimiz mumkin. Ish soxasining ung tomonida xar xil yordamchi soxalar joylanishi mumkin: Sloi - Layers, Istoriya - History, Kanalo’ - Channel, Tsveta - Color, Stili - Style, Svoystva kisti - Brushes, Svoystva shrifta - Character va xokazo. Ushbu soxalarni xam Okno(Window) menyusidagi buyruklari yordamida ekranga chikarishimiz va ekrandan olib tashlashimiz mumkin.
Windows ishchi stolida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichkoncha» ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Dostları ilə paylaş: |