1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari


Fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 451,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix02.06.2023
ölçüsü451,01 Kb.
#127609
1   2   3   4   5   6
1 mavzu

Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda moliya bozoridagi amaliyotlar
xususan emissiya (qimmatli qog‘ozlar chiqarish) faoliyati, moliya bozoriga 
investisiya kiritish tartibi, fond birjalaridan qimmatli qog‘ozlar sotib olish va qayta 
sotish, aksiyalar daromadliligi va risklilik darajasini baholash, obligasiyalar 
daromadliligi va risklilik darajasini baholash, xalqaro qimmatli qog‘ozlar 
muomalasi va ularning qo‘llanish xususiyatlari, fond bozori vositachilari bilan 
ishlash tartibi borasida bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. 
Fanning asosiy vazifalari:
-moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatli jihatlarini yoritib berish;
- kapitalni baholash va moliyaviy resurs jalb qilish bo‘yicha qarorlar qabul 
qila olish;
- fond bozorida emitent, investor, vositachi sifatida ishlash tartibi;
- kapital bozoridagi investision faoliyatni amalga oshirish;
- fond bozori professional vositachilari bilan hamkorlikda ishlay olish;
- fond bozoriga mutaxassis sifatida qimmatli qog‘ozlar joylashtira olish;
- qimmatli qog‘ozlarni, ular daromadliligi va risklilik darajasini baholay 
olish kabilar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni ta’minlashdan 
iborat. 
3. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozori tushunchasining 
mazmun-mohiyati va iqtisodiyot globallashuvidagi roli. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitidagi 
bugungi 
bosqichda 
iqtisodiyotni 
moliyalashtirish uchun ichki mablag‘lar yetarli emasligi ma’lum haqiqat. Aholi va 
ehtiyojlar muntazam o‘sib borayotgan bir vaqtda yuqori texnologik rivojlanish, 
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va boshqa sohalarni kompleks taraqqiy ettirishda 
biznes sub’ektlari va hukumatlar mablag‘lariga qo‘shimcha tashqi manbalardan 
moliyaviy resurslar jalb qilish zarurati mavjud. Shunday sharoitda iqtisodiyot 
sub’ektlari uchun moliyaviy resurslar va kapital jalb qilish muhim manbalaridan biri 
moliya bozori va uning elementi hisoblangan kapital bozoridir.
Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari oqimini 
jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasi 
sifatida keltiriladi
1
. Frederik Mishkin ortiqcha mablagʻlarga ega odamlardagi pul 
mablagʻlarini pul mablagʻlari yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat 
qiluvchi bozorlarni moliya bozorlari deb ataydi.

Keltirilayotgan taʼriflar asosida 
taʼkidlash mumkinki, moliya bozori – moliyaviy instrumentlardan foydananish 

Yüklə 451,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin