moliyalashuv atamasi paydo bo‘ldi. Bu atamaning mohiyatini iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlariga nisbatan moliyaning keskin yuqori sur’atlardagi rivoji, moliya-
kredit sohalarining jadallik bilan kengayib borishi hamda moliya bozorining
rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan izohlash mumkin.
Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv turli shakllarda yuz berdi.
XXI asrning o‘tgan yillari mobaynida moliyaviy sektorda yaratilgan qo‘shilgan
qiymatning jahon bo‘yicha yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1,2 – 2 baravargacha
o‘sganligini qayd yetish lozim. Aynan shu ko‘rsatkichning o‘zi ham moliyaviy
xizmatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini ko‘rsatib turibdi.
Oxirgi o‘n yilliklarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda moliya
institutlari foyda olish bo‘yicha boshqa sohalarni ancha ortda qoldirmoqda. Bu jihat
umumiy daromadlar hajmida moliyaviy sektor ulushining oshishi ro‘y berganligini
o‘zida ifodalaydi. Moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari orqali taqsimlanadigan
milliy daromad ulushi bugungi kunda 35-50 foizni tashkil yetmoqda.
Iqtisodiyotning moliyaviy chuqurlashib borishi bu iqtisodiyotning moliyaviy
mablag‘larga to‘yinishini anglatadi. Bunda moliyaviy munosabatlar va institutlar
murakkab moliyaviy instrumentlar vositasida iqtisodiyotning har bir bo‘g‘iniga kirib
borishi tushuniladi. Iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan chuqurlashuvi global
moliyaviy aktivlarning jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan foizlarda o‘lchanadi.
Global moliyaviy aktivlar chiqarilgan korporativ, munitsipal va davlat qarz qimmatli
qog‘ozlari, birja savdolariga qo‘yilgan kompaniyalar aksiyalari, bank aktivlari
(depozitlari) kabilarni o‘z ichiga oladi. Oxirgi o‘n yilliklardagi yeng asosiy
tendensiya global moliyaviy aktivlar hajmining o‘sishi va jahon iqtisodiyotidagi
moliyaviy chuqurlashuvdir. 2015 yilda global moliyaviy aktivlar hajmi jahon
bo‘yicha YaIMga nisbatan 392 foizga yetdi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2011-2014 yillar mobaynida 700 million
kishi bankda yoki boshqa moliya institutlarida birinchi marta o‘z hisobraqamlarini
ochgan. Bank hisobraqamiga yega yosh aholi ulushi 51 foizdan 62 foizgacha oshgan
bo‘lib, bu ko‘rsatkichning o‘sishi asosan rivojlanayotgan davlatlar hisobiga yuz
bergan. Bunda moliyaviy texnologiyalar, xususan mobil bank xizmatlari rivojlanishi
muhim rol o‘ynagan.
Jahon iqtisodiyotida moliyalashuv chuqurlashuvi bilan birga kengayib ham
bormoqda. Natijada moliyaviy globallashuv ham yuz berib ulgurdi. Bunda milliy
moliya tizimlarining xalqaro moliya bozoridagi faollashuvi o‘ziga xos ahamiyat
kasb yetmoqda. Global moliya bozorining hajmi jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan 9
baravar yuqori ekanligi moliyaviy globalluv darajasini o‘zida ko‘rsatib turibdi.
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni tashkil yetishga xizmat qiluvchi me’yoriy-
huquqiy bazaning yaratilishi moliyaviy globallashuvga asosiy zamin bo‘lib xizmat
qildi. XIX asrda xalqaro iqtisodiy aloqalarning har bir ishtirokchi davlati yeksport-
import operatsiyalari bo‘yicha tashqi savdo tariflarini va tarifsiz cheklovlarni
mustaqil tarzda belgilagan. XX asrning birinchi yarmida Millatlar ligasi (bu tashkilot
o‘z faoliyatini 1946 yilda tugatgan) tashqi savdo va valyuta kursini birgalikda
tartibga solish to‘g‘risidagi davlatlararo kelishuvni ishlab chiqqan yedi. Ikkinchi
jahon urushidan so‘ng yangi tashkil yetilgan Birlashgan millatlar tashkiloti o‘z
tarkibiga quyidagi ixtisoslashgan moliyaviy-iqtisodiy institutlarni kiritdi:
- Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (hozirgi vaqtda Jahon savdo tashkiloti);
- Xalqaro valyuta fondi;
- Jahon banki guruhi
Oxirgi yillarda gloyual savdo-investitsion strategik alyanslar faol tarzda
shakllantirilmoqda.
Ular
qatoriga
Transatlantik
hamkorlik
doirasidagi
Transatlantika savdo-investitsion hamkorligi, shuningdek Trans-Tinch okeani
hamkorligi kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy globallashuvning huquqiy
asoslarini yaratishga e’tibor qaratilmoqda.
Nazorat savollari
1. Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati nima?
2. Kapital bozorining tasniflanishi.
3. Kapital bozorining o’ziga xos xususiyatlari.
4. Kapital bozori prinsiplari.
5. Kapital bozori segmentlari nimalardan iborat?
6. Zamonaviy global iqtisodiyotda kapital bozorining roli.
7. Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv shakllari.
Dostları ilə paylaş: |