1."Qutadg’u bilig"da obraz va timsollar


Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy



Yüklə 38,76 Kb.
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü38,76 Kb.
#140038
1   2   3
Sevinch bilet 2 (4)

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentyabr, 973-yil, Kat (hozirgi Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani), Xorazm, – 13-dekabr, 1048-yil, Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Gʻarb tillarida uning ismi Aliboron deb ham atalgan. Al-Beruniy nomi forscha „birun“ („chet“ degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan[2][3]. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini oʻrgandi. Al-Beruniyning aksariyat asarlari arab tilida boʻlsa-da, u „Kitob at-Tafhim“ni fors va arab tillarida yozib, bu ikkala tilda ham yoza olish mahoratini koʻrsatgan[8]. Beruniyning 65-qamariy/63-shamsiy yilgacha (427/1036-yil oxiri) yozilgan adabiy asarlari roʻyxatida 12 toifaga boʻlingan 103 ta nom keltirilgan: astronomiya, matematik geografiya, matematika, astrologiya xususiyatlari va tranzitlar, astronomik asboblar, xronologiya, kometalar, nomsiz turkum, astrologiya, latifalar, dinga oid va boshqa kitoblar
3.Musammatlar va ularning kompozitsiyasi.
Musammat (arab. — sheʼr shakllaridan bir) — ijtimoiy-falsafiy ruxdagi sheʼrlar boʻlib, alohida-alohida qofiyalanuvchi bandlardan iborat. Birinchi bandning oxirgi misrasidagi qofiya keyingi bandlarning oxirgi misralaridagi krfiyalar bilan bir xil boʻladi. Bandlardagi misralar soni 3 tadan 10 tagacha yetadi, shunga koʻra quyidagi M.lar farqlanadi: musallas (3 misrali), murabbaʼ (4 misrali), muxammas (5 misrali), musaddas (6 misrali), musabba (7 misrali), musamman (8 misrali), mutassa (9 misrali), muashshar (10 misrali). 
Yüklə 38,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin