12.Shaxs haqida tushuncha. Individ — shaxs, shaxsning o’ziga xosligi Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
shahrining shakllanish omillari koʻp va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼlatvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson Sh. sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
shahrining hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin.
Individ, shaxs va individuallik, ularning uzviy bog‘liqligi va o‘ziga xosligi. Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.
SHaxs tushunchasini “individ” tushunchasidan farqlash lozim. Individuallik haqida turli darajada gapirish mumkin. Masalan, bioximik, neyrofiziologik, psixologik va hokazo. Lekin bu indivi-duallik shaxs tushunchasini to‘liq aks ettirmaydi. SHaxs esa ong va o‘z-o‘zini anglash paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi.
Falsafiy-qomusiy lug‘atda individ tushunchasini, aniqrog‘i individualizmni (lotincha - bo‘linmas) inson shaxsiy hayotining alohidaligi, shaxs huquqlarining mutloqligini va avtonomiyasini ifodalovchi falsafiy axloqiy tamoyil,245 deb ta’riflangan.
“Vatan tuyg‘usi” kitobida ta’kidlanishicha, individ degan tushuncha lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatadigan bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxs, hayvon va o‘simlikni bildiradi246.
“Individ” va “individualizm” bir-biriga yaqin atamalar bo‘lsa ham har birining o‘ziga xos mazmun va mohiyati bor. Agar individ deganda mustaqil yashaydigan tirik vujud, shaxsni tushunilsa, individualizmning kelib chiqishi falsafa qomusiy lug‘atida to‘g‘ri yozilishicha, uning mohiyatini asoslashga qaratilgan qarashlar shaxsni jamoaga qarama-qarshi qo‘yish, shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishni ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan247.
Falsafada qabul qilingan individ tushunchasi uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Uning shakllanish davrining boshlanishi ibtidoiy jamoa bosqichiga to‘g‘ri keladi. Uning jismoniy mav-judligi, individ sifatida mustaqilligi o‘zi mansub bo‘lgan urug‘ jamoasi doirasida bo‘ladi.
Akademik Erkin YUsupov “Falsafa” o‘quv qo‘llanmasida, “Urug‘ jamoasining emirilishi bilan asta-sekin ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilik bir xotinlikka asoslangan oilaning qaror topishi inson rivojlanishida individdan yuksak bo‘lgan yangi bosqich kelib chiqishini ta’minlaydi”248, deb yozadi.
Darhaqiqat, ijtimoiy taraqqiyotning keyingi yuqori bosqichlarida insondagi individuallik, boshqacha qilib aytganda, alohidalik yo‘qolib ketmaydi, aksincha unda bu xususiyatlar ob’ektiv ravishda inson xususiyatlarini ifodalovchi bo‘lib davom etaveradi. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sifatlaridir. Individuallik alohida olingan insonning aniq hatti harakati, malakasi, layoqati, odat va ko‘nikmalarini ifodalaydi249.
Jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish, siyosiy, ma’naviy-madaniy ishlarda ishtirok etish, fan va san’at sohalarida noyob asarlarni ijod va kashfiyot qilish, umuman olganda ko‘plab burchlarning bajarilishida ana shu individuallik namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda ijodiylik hukm suradi. Individuallikda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farq qilib turadi.
Individualizm atamasini SHarq va Farb mutafakkirlari o‘ziga xos mazmunda ishlatib kelganlar. Farb olimlari individualizmga lotincha individium – bo‘linmas, ya’ni inson shaxsiy hayotining alohidaligi sifatida qaraganlar, SHarqda esa, fard arabchadagi yakka, yolg‘iz250 ma’nosida ishlatilib, uning mazmuni keng qamrovli ekanligiga e’tibor qaratilgan.
O‘rta asr oxirlaridan boshlab individ (fard) jamoadagi o‘z o‘rnini topgan shaxsga nisbatan ishlatilgan, individuallikning shaxsdan farqi individning betakrorligi, alohidaligi va o‘ziga xosligidir.
13. Bola shaxsi — tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida
Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro boglikligi muxim muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi kiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashki ta’sirlar va omillar orkali ro‘yobga chikadi.
Inson xayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yakkol ko‘zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham akliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishni biologik va sotsial xususiyatlari o‘zaro chambarchas boglik bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tamonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maksadida pedagogika fani rivojlanishining konuniyatlarini unga ta’sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya hamda faoliyatining ta’siri va ahamiyatini aniklaydi va taxlil kiladi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo xayot sharoitlariga boglikdir. Shaxs xayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Prezident I.Karimovning 2000 yil “Soglom avlod yili” deb e’lon kilishda so‘zlagan nutkida: “Bizning ezgu niyatimiz - kelajagi buyuk davlat va erkin jamiyat kurish. Bizning tarakkiyot, strategiyamiz soglom avlod tarbiyasiga tayanadi va uni rivojlantirishga karatilgan”, deb ta’kidlaydi.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muxim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to‘gri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulk-atvorini va unga ta’sir sabab va vositalarini bilish zarur.
Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir kancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muxit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
14. O’quvchilarni yosh xususiyatlariga ko’ra davrlarga bo’lish. 3-DAVRDAN
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo`lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri — bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o`ziga xos betakror xususiyatga egadir.
Birinchi davr — go`daklik. Ushbu davrda go`dakda ongsizlikka asos-langan tashqi dunyoga nisbatan «ishonch» tuyg`usi vujudga keladi. Bu-ning bosh sababchisi ota-onaning mehr-muhabbati, g`amxo`rligi va jon-kuyarligining nishonasidir. Agarda go`dakda ishonch negizi paydo bo`lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug`ilsa, u taq-dirda voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuv-chi xavf vujudga kelishi, ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya`ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqil-lik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg`usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo`lmish uyat va shubha hissi hosil bo`ladi. Bo-lada mustaqillikning o`sishi, o`z tanasini boshqarishga keng imko-niyat yaratib, bo`lg`usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas`uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg`ularini tarkib top-tirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr — o`yin yoshi deb atalib, 5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bola-larni o`ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg`usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabo-do unda xohish-istakni ro`yobga chiqarishning yo`li to`sib qo`yilsa, ushbu holatda bola o`zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya`ni guruhiy o`yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonla-ri muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko`rishiga, xayoloti o`sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg`usi, uni tushunish mayli tug`ila boshlaydi.
To`rtinchi davr — maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o`zga-rishlar ko`zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mah-suldorlikka intilish tuyg`usi bilan ajralib turadi. Uning eng mu-him qadriyati — omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko`zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo`lmaganli-gi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammo-larni yechishda aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o`zlashti-rishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda meh-natga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr — o`spirinlik — o`zining betakror xislati, indi-vidualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o`smirlik shaxs sifatida noaniklik, muayyan rolning uddalamaslik, qat`iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolni kechiktirish»ning o`zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqi-chiga ko`tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajara-yotgan rollarining ko`lami kengayadi, lekin ularning barchasini jid-diy egallash imkoniyati mavjud bo`lmaydi, vaholanki bu kezda o`spi-rin rollarda o`zini sinab ko`rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o`spirinlarda o`z-o`zini anglashning psixologik mexanizmlarini ba-tafsil taxlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo`zg`atuvchi) jarayonlar va ularning tur-li ko`rinishlari namoyon bo`lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr — yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixolo-gik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o`rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexo-siyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Yetinchi davr — yetuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g`amxo`rlikda, pusht qoldi-rishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg`usi unga uzluksiz ravishda hamrohbo`ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishi-da turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg`unlik tuyg`usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Sakkizinchi davr, ya`ni qarilik inson tariqasida o`z burchini ud-dalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlangan-ligi (qoniqqanligi) tuyg`ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususi-yat sifatida ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko`ngil sovish his-tuyg`ularini ta`kidlab o`tish o`rinlidir. Dono-lik, soflik, gunohlardan forig` bo`lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi, binobarin, har bir alohi-Da olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazaridan Qarash ularning oliy himmati sanaladi. E.Shpranger «O`spirinlik davri psixologiyasi» degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshga-cha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o`zgarishlar E.Shpranger bo`yicha:
a) shaxsiy «Men»ni kashf qilish;
b) refleksiyaning o`sishi;
v) o`zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e`tirof qilish;
g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo`lishi;
d) o`z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va hokazo. Uning fikricha, 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning mohiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg`usini tug`ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yana bir xususiyati — o`zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan «uzilish inqirozi» va tanholik tuyg`usining paydo bo`lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart-sharoitlar va omillar vujudga keltiradi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari bo`lib hisoblanadilar.
Kognitivistik yo`nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J.Piaje intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo`lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta`li-motini o`z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko`ni-kish)dan iborat bo`lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqich-larga ajratadi:
sensomotor intellekti (tug`ilishdan to 2 yoshgacha);
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshga-cha);
konkret operatsiyalar davri (7—8 yoshdan 11 — 12 yoshgacha);
formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
J.Piajening g`oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo`na-lishning namoyandalari qatoriga L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalar kiradi.
Fransuz psixologi A.Vallon nuqgai nazaricha, shaxsning rivoj-lanishi quyidagi bosqichlarga ajratiladi:
homilaning ona qornidagi davri;
impulsiv harakat davri — tug`ilgandan to 6 oylikgacha;
emotsional (his-tuyg`u) davri - 6 oylikdan to 1 yoshgacha;
sensomotor (idrok bilan harakatning uyg`unlashuvi) davri - 1 yoshdan to 3 yoshgacha;
personalizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan to 5 yoshgacha;
farqpash davri - 6 yoshdan to 11 yoshgacha;
7) jinsiy yetilish va o`spirinlik davri — 12 yoshdan to 18 yoshgacha. Yana bir fransiyalik yirik psixolog Zazzo o`z vatanidagi ta`lim
va tarbiya tizimining tamoyillaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni o`ziga xos talqin qilib, insonning ulg`ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tav-siya qiladi:
Birinchi bosqich - bolaning tug`ilganidan 3 yoshigacha.
Ikkinchi bosqich - 3 yoshidan 6 yoshigacha.
Uchinchi bosqich — 6 yoshidan 9 yoshigacha.
To`rtinchi bosqich - 9 yoshidan 12 yoshigacha.
Beshinchi bosqich — 12 yoshidan to 15 yoshigacha.
Oltinchi bosqich — 15 yoshidan 18 yoshigacha.
Sxemadan ko`rinib turibdiki, R.Zazzo shaxs rivojlanishining bosqichlariga individuallik sifatida tarkib topish, takomillashish nazariyasidan kelib chiqib yondashgani shaxs shakllanishi pallasi-ning yuqori nuqtasi, ya`ni ijtimoiylashuvi bilan cheklanishga olib kelgan. Shuning uchun uning ta`limoti insonning ontogenezda tako-millashuvi, o`zgarishi, rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to`g`risida mulohaza yuritish imkonini bermaydi.
15. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning shakllanishi. Bolalar iqtidorliligi
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.Shaxs ijtimoiy munosabatlar iaravonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi.
Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishailar va uni o'rganadilar.
Ijtimoiylashuv jaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni.
Shaxs tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o'rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko'pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o'rin tutadimi? Balki tarbjyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtayi nazar yetakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo'yadi. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, deydilar. XV asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim — bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo'lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D'yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtayi nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog'laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog'liq deb ko'rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o'zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shas sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo'lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo'lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo'lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g'oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o'rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit. inson o'rtasidagi murakkab aloqa ta'siri ostida ro'y beradi, inson ularga faol ta'sir etadi va shu yo'l bilan hayoti va o'z tabiatini o'zgartiradi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib,shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini hamyo'qotish mumkin.
To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
16. «Individ», «shaxs», «individuallik» tushunchalariga ta’rif bering