1,Ta’lim tizimi va turlari


O’qituvchining pedagogik odob – axloqi, nazokati haqida tushuncha



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə117/148
tarix24.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#133880
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

O’qituvchining pedagogik odob – axloqi, nazokati haqida tushuncha. «Odob deganda rasm – taomil, xulq – odatlar yigindisi, ijtimoiy – iktisodiy to’zum takozosi bilan turmush sharoitining aloxida tarzi, an‘analari asosida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi.
Demak, o’qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, talablari, mezonlarini ta‘lim – tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o’quvchilar, o’z kasbdoshlari, ota – onalar, maktab raxbarlari bilan muomala – munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy xususiyatdir.
O’qituvchi odobining moxiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muxim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha soxalarida kishining xulqi, xatti – harakatlarini tartibga solib bashqarib turuvchi, Vatanga, mexnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yunaltiruvchi) qonun – koidalar, yul – yuriklar, mezonlar, pand – nasixatlar yigindisidan iboratdir. Axloq umuminsoniy va milliy harakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari, orzu – umidlari to’g’risidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi.
Umuminsoniy axloq deganda turli davrlarda barcha xalqlarda kishilarning turmushi, xayot tarzida shakllanib, insonlarning o’zaro muomala – munosabatlarini tartibga solib turuvchi umumiy tushunchalar, normalar va talablar, umumiy axloqiy sifatlar tushuniladi. Milliy axloq esa umuminsoniy axloqka xos asosiy xususiyatlarni saklagan holda, ayni millat va elat kishilarigagina xos bo’lgan ayrim axloqiy xususiyatlarni ham o’zida mujassamlantiradi». ( Malla Ochilov. «Muallim qalb me‘mori». Toshkent. «O’qituvchi». 2001 yil. 3 – 4 bet ).
O’qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o’zlashtirib olishi, tajribada kullashi, o’zining dunyoqarashi, axloqiy tajribasi bilan takkoslashi lozim. Fikrlash va xis etish, turmushda sinab ko’rish natijasida umuminsoniy va milliy – axloqiy sifatlar, koidalar, normalar o’qituvchining o’z axloqiy fazilatiga, e‘tikodiga aylanadi.
O’qituvchining odob normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e‘tikodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tikod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar, ota – onalar va bashqa kishilar bilan muomala – munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya soxasida erishgan yutuklarida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir kadar oydinlashtiradi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik qilish, burch, kadr – kimmat, mas‘uliyat, vijdon, xalollik, rostguylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda taxlil kilinadi.
O’qituvchilik sha‘ni, kadr – kimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati, o’qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy kiyofasi, xalolligi, pokligi, rostguyligi o’qituvchi axloq – odobining asosiy tamoyillari xisoblanadi. Bu tamoyillarni puxta o’zlashtirish bulajak o’qituvchi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Yaxshilik qilish -- ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarini inson faoliyati yoki biror xatti – harakatiga ijobiy munosabatning yigindisini aks ettiradi.
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’liq holda o’quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maksadining birligi, ta‘lim – tarbiyaning samarasi uchun ko’rashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, ota – onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo’lishini takozo etadi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik jarayonda yomonlikka murosasiz bo’lish, yaxshi istak bilan muomalada bo’lish, yaxshi kilik, yaxshi harakatlarning birligi zarurdir.
O’qituvchi burchi -- burchda shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabati namoyon bo’ladi. O’z burchiga sodiklik har bir kishiga obru, shon – sharaf keltiradi. Kishining o’z burchiga sodikligi jamiyatga, Vatanga, mexnatga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida bilinadi.
O’qituvchi yosh avlodga ta‘lim – tarbiya berish soxasidagi o’z burchini zurlik tufayli yuklatilgan majburiyat emas, balki o’z xayotining ma‘nosi, ishonch, vijdon da‘vati deb xisoblaydi.
O’qituvchi burchi akl bilan xissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan kuyiladigan talablarning moxiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muximligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yullarini belgilab olsa, shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi.
147. O’qituvchi - murabbiyning o’ziga xos fazilatlari ilmiy dunyoqarashi va insonparvarligi
O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, etuk o‘qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.

Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadri­yatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murab­biy­lar­ni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiya­lari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayoni­da tarkib topadi. Yosh o‘qituvchilarning, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin:

    1. Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).

    2. Tajribali ustoz o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).

    3. O‘qituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirib borish.

    4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.

    5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning etakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish.

Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida yosh o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg‘in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o‘qitishning “Ta’lim-resurs” Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug‘ildi. Maktablarga yosh o‘qituvchilarni jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 2009 yildan boshlab “Respublika yosh o‘qituvchilar assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini boshladi.
Mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda an’anaviy ravishda “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar orasidan ilg‘or va tashabbuskor o‘qituvchilar aniqlanib rag‘batlantirilishi, yosh o‘qituvchilarda o‘z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg‘otadi. 2006 yildan boshlab esa, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. “Yil maktabi” – Respublika ko‘rik-tanlovi o‘qituvchilarga jamoa asosida ta’lim muassasasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni targ‘ib etish uchun sharoit yaratmoqda.
SHuningdek, mustaqillik yillarida respublika xalq ta’limi tizimidagi 3425 nafar o‘qituvchi va murabbiylar pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritganlari va fidokorona mehnatlari uchun turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar.
Barkamol avlodga ta’lim va tarbiya berishda cheksiz matonatlari uchun ustoz o‘qituvchilardan olti nafari “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan, 302 nafari “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” va 319 nafari “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlariga sazovor bo‘lganlar, 101 nafari “El-yurt hurmati”, 21 nafari “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, 1229 nafari “SHuhrat” medali bilan taqdirlanganlar.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – barkamol inson va etuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.

148. O’quvchilarni yosh xususiyatlariga ko’ra davrlarga bo’lish


Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo`lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri — bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o`ziga xos betakror xususiyatga egadir.


Birinchi davr — go`daklik. Ushbu davrda go`dakda ongsizlikka asos-langan tashqi dunyoga nisbatan «ishonch» tuyg`usi vujudga keladi. Bu-ning bosh sababchisi ota-onaning mehr-muhabbati, g`amxo`rligi va jon-kuyarligining nishonasidir. Agarda go`dakda ishonch negizi paydo bo`lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug`ilsa, u taq-dirda voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuv-chi xavf vujudga kelishi, ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya`ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqil-lik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg`usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo`lmish uyat va shubha hissi hosil bo`ladi. Bo-lada mustaqillikning o`sishi, o`z tanasini boshqarishga keng imko-niyat yaratib, bo`lg`usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas`uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg`ularini tarkib top-tirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr — o`yin yoshi deb atalib, 5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bola-larni o`ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg`usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabo-do unda xohish-istakni ro`yobga chiqarishning yo`li to`sib qo`yilsa, ushbu holatda bola o`zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya`ni guruhiy o`yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonla-ri muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko`rishiga, xayoloti o`sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg`usi, uni tushunish mayli tug`ila boshlaydi.
To`rtinchi davr — maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o`zga-rishlar ko`zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mah-suldorlikka intilish tuyg`usi bilan ajralib turadi. Uning eng mu-him qadriyati — omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko`zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo`lmaganli-gi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammo-larni yechishda aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o`zlashti-rishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda meh-natga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr — o`spirinlik — o`zining betakror xislati, indi-vidualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o`smirlik shaxs sifatida noaniklik, muayyan rolning uddalamaslik, qat`iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolni kechiktirish»ning o`zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqi-chiga ko`tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajara-yotgan rollarining ko`lami kengayadi, lekin ularning barchasini jid-diy egallash imkoniyati mavjud bo`lmaydi, vaholanki bu kezda o`spi-rin rollarda o`zini sinab ko`rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o`spirinlarda o`z-o`zini anglashning psixologik mexanizmlarini ba-tafsil taxlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo`zg`atuvchi) jarayonlar va ularning tur-li ko`rinishlari namoyon bo`lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr — yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixolo-gik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o`rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexo-siyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Yetinchi davr — yetuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g`amxo`rlikda, pusht qoldi-rishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg`usi unga uzluksiz ravishda hamrohbo`ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishi-da turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg`unlik tuyg`usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Sakkizinchi davr, ya`ni qarilik inson tariqasida o`z burchini ud-dalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlangan-ligi (qoniqqanligi) tuyg`ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususi-yat sifatida ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko`ngil sovish his-tuyg`ularini ta`kidlab o`tish o`rinlidir. Dono-lik, soflik, gunohlardan forig` bo`lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi, binobarin, har bir alohi-Da olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazaridan Qarash ularning oliy himmati sanaladi. E.Shpranger «O`spirinlik davri psixologiyasi» degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshga-cha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o`zgarishlar E.Shpranger bo`yicha:
a) shaxsiy «Men»ni kashf qilish;
b) refleksiyaning o`sishi;
v) o`zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e`tirof qilish;
g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo`lishi;
d) o`z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va hokazo. Uning fikricha, 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning mohiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg`usini tug`ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yana bir xususiyati — o`zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan «uzilish inqirozi» va tanholik tuyg`usining paydo bo`lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart-sharoitlar va omillar vujudga keltiradi.

149. O’qituvchi faoliyatida sharqona muloqatning tutgan o’rni.


O'qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikda ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg'in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo'lishidir. Pedagogik-psixologik yo'nalishlarda olib borilayotgan ilmiy -tadqiqot ishlarida, o'qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan kommunikativ qobiliyati to'g'risida ko'plab fikr vamulohazalar yuritilgan.
O'qituvchi o'z kasbiga qiziqmasa, o'quvchilarga nisbatan mehr-muhabbati bo'lmasa, ular bilan qizg'in muloqot qila olish qobiliyati, ya'ni kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun o'qituvchining integral fanlar asoslarini va o'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko'nikma va malakalarini o'quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi.
O'qituvchi va o'quvchilaming jonli muloqoti, ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo'ladi.
Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo'lgan muloqot, har qanday kasbiy faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qator kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san'atkor va hokazo) u kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo'lgan oddiy omil emas, balki kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o'rtasidagi odatiy o'zaro hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda muloqot muhim funksional, o'qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli vosita sanalib, o'zaro ta'lim va tarbiyaviy ta'sir quroli sifatida namoyon bo'ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga, qo'shimcha vazifalariga rioya qilishga to'g'ri keladi.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o'zaro hamkorlik tizimida muloqot go'yo, shunchaki o'z-o'zicha sodir bo'ladi. Ma'lum bir maqsadga qaratilgan ta'lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o'qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarim" puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat va kommunikativ madaniyatga ega bo'lishi talab qilinadi.
Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko'rramiz. Aytaylik, do'stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko'rgan filmingiz to'g'risida, uning mazmun va g'oyasini bemalol so'zlayapsiz.
Bu holda muloqotning turmushda ro'y beradigan odatiy kommunikativ shaklidagi shaxsga yo'naltirilgan tizimi bilan ish ko'rgan bo'lasiz.
Tasavvur qiling, Sizga shu vazifani auditoriyada, minbarda turib, o'quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommunikatsiyani amalga oshirish vazifasini, avvalo, muloqotning tabiiy shakllari o'rniga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya'ni kasbiy jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatm" darhol his etasiz.
Kasbiy-pedagogik muloqot deganda, o'qituvchi va ta'lim-tarbiya jarayoni obyektlarining o'zaro hamkorlik tizimi tushuniladi, uning asosiy faoliyat mazmuni o'zaro axborot almashish, shaxsni bilish, tarbiyaviy ta'sir o'tkazish sanaladi O'qituvchi bu jarayonni faollashtiruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi.
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahamiyatini baholar ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot -o'qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilami bilish va o'rganish kaliti va o'quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o'quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, talim-tarbiyada maqbul bo'lgan emotsional muhitni ta'minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to'siqlaming paydo bo'lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlami to'g'ri yo'lga solib boshqarishm ta'minlaydigan va o'quv tarbiyaviy jarayonda o'qituvchining o'z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.
Pedagogik faoliyatda muloqot o'quvchilarga zamon talablari asosida ta'lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlami ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta'minlash tizimi sifatida namoyon bo'ladi.
Ilg'or pedagogik tajribalarni tahlili harmda taniqli olimlar A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy va boshqalarning pedagogik faoliyatini o'rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin, aynan o'quvchilar bilan o'qituvchi muloqotining pedagogik ta'sir vositasi nihoyatda beqiyos, muloqotni pedagogik mahoratning eng muhim birlamchi vositasi sifatida chuqur egallaganlik ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini har tomonlama oshirishni ta'minlaydi .A.S.Makarenko muloqotni pedagogik ta'sirning ajoyib vositasi sifatida ta'riflab, insonlararo muloqotni ta'minlovchi eng muhim va nozik faoliyat ekanligini aytadi. Pedagogik muloqot-shunchaki ijtimoiy-psixologik, pedagogik: yoki kommunikativ hodisa emas, avvalo kasbiy axloqiy fenomendir (hodisa). Jamiyatda axloq normalanga qat'iy rioya qilish hamda pedagogik vositalaming ilg'or jarayonlarini amaliy hayotga keng tatbiqi uchun o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlik texnologiyalarini mukammal egallash lozim. Shunday «texnologiya»laraing mavjudligini pedagogik tadqiqotlar isbotlab berdi.

150. Ta’lim tamoyillari va pedagogik texnologiya


Uzluksiz ta’lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash milliy modelining tarkibiy kismlaridan biri deb, ta’kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o‘kuv-tarbiya jarayonining hamma boskichlarini kamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilanadi. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning demokratlashuvi, ta’limning insonparvarlashuvi, ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo‘nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy boglikligi, iktidorli yoshlarni aniklash, yukori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab kilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu konun-koidalar o‘kitish, bilim berish, ya’ni ta’lim jarayoniga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogikada ta’limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari aloxida, ya’ni didaktika kismida o‘rganiladi. Bu jarayonda ta’lim prinsiplariga ham aloxida to‘xtaladi.
Ta’lim (o‘kitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p kirralidir. Unda o‘kituvchi va o‘kuvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffakiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining konun-koidalari, ya’ni ta’limga ko‘yilgan didaktik talablarga kay darajada amal kilishlariga boglik.
O‘kitish bilish faoliyatining ajralmas kismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy konunlari asosida sodir bo‘ladi. Shu sababli shaxsni o‘kitish, tarbiyalash, barkamol avlod kilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. O‘kituvchi kachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor bo‘lgandagina uni samarali boshkarish, o‘kitishning samarali usullarini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘kitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muxim masalalarini nazariy va amaliy jixatdan to‘gri xal kilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari o‘kuv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustaxkam boglik xolda bir sistemani tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maksadlarni xal etishga o‘z hissasini ko‘shadi. Ta’lim tizimi islox kilinayotgan xozirgi jarayonda o‘kuvchi-talabalarga mustaxkam bilim berish, ularni erkin, mustakil fikrlay oladigan insonlar kilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining moxiyatini chukur anglash va xayotga tadbik etish muxim muammolardan biridir.
O‘kuv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy harakterga ega bo‘lishi fan-texnikaning so‘nggi yutuk va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o‘kituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘kuv fanlari ham ilm-fan asosida yaratiladi. O‘kitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o‘kuvchi-talabalarni xozirgi zamon fan-texnika tarakkiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan kurollantirish, ayniksa talaba yoshlarni ilmiy-tadkikot usullari bilan tanishtirib borishga karatilgan.
Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham alokadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan bilan o‘kuv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bogliklik bo‘lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma boskichlarida ilmiy izoxlardan foydalanmok lozim.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan boglab olib borish ta’limning yetakchi koidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya soxasidagi yutuklar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro boglikligiga asoslanadi. Shundagina o‘kuvchi-talaba o‘rganayotgan o‘kuv materiallarining tub moxiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘kituvchi ta’lim jarayonida o‘kuvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmok lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtiriishga olib keladi.
Ta’limdagi onglilik va faollik, o‘kuvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘prok bilishga intilish, mustakil fikrlash va xulosalar chikarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish o‘kitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z ifodasini topadi.
O‘kitishda nazariy bilimlar kanchalik kat’iy bayon etilsa, o‘kuvchi talabaning fikr yuritishi ham shunchalik anik va ravshan bo‘ladi va o‘kuv materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta’lim tizimi islox kilinayotgan xozirgi jarayonda yoshlarning mustakil fikr yuritishi, mustakil suratda bilim olishga intilishi talab kilinadi. Buning natijasida bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘kituvchi o‘kuvchining mashgulotlarga munosabati va bu jarayonda o‘zini kanday tutishga e’tibor bermogi lozim. Yoshlardagi o‘kish istagi ta’lim jarayonining zaruriy va mantikiy kismidir. Shunday ekan, ta’limning samaradorli o‘kituvchining o‘kuvchilarni o‘kishga izchil va muntazam kiziktirib borishiga boglikdir. Buning uchun o‘kituvchi, ularni o‘kishga ijodiy munosabatda bo‘lishga, mustakillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan xayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta’lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir.
O‘kitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘kituvchi obro‘si, avvalo darsda shakllanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rabilish, tarbiya usullaridan foydalanish lozim.
O‘kuvchi-talaba ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyokarashi ham, irodasi va axlokiy sifatlari, imon-e’tikodi va kobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi.
Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o‘kituvchi avvalo ta’limni uslubiy jixatdan to‘gri tashkil etishga, o‘kuv materiallarining mazmuni bilan boglik tarbiyaviy maksadlarni anik belgilashga va bilim olishga kiziktira olishga boglikdir. Shu bilan birga, o‘kituvchining o‘kuvchilar oldidagi obro‘-e’tibori ham muxim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

151. Shaxsni ma’naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalash


Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy — axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; -vatanparvarlik.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Ma’naviyat sohasida ijobiy echimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz — milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi — iymon — e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. YA’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs — komil insonni tarbiyalashdan iborat».
Demak, ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb —hunar sohibi, o’z Vatanining sodiq fuqarosidir. O’z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana oladigan inson. O’z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan bahramand bo’ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Axloq esa shaxsning xatgi —harakatlari, yurish — turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
«Ahlok» (lotincha—xulq—atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti—harakatini tartibga soladigan qonun—qoidalar majmuidir.
Ma’naviy — axlokiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
1.O’quvchilarda ma’naviy — axloqiy ongni shakllantirish.
2.Ularda ma’naviy—axloqiy his—tuyg’ularni tarbiyalash va
rivojlantirish.
3.O’quvchilarda ma’naviy—axloqiy xulq—atvor ko’nikma va
odatlarini tarkib toptirish.
Ma’naviy — axloqiy tarbiya mohiyatiga ko’ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o’z xulq — atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog’liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy — axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma’naviy — axloqiy his—tuyg’u va xislatlarni shakllantirish, o’quvchilar tomonidan ma’naviy—axloqiy xulq—atvor jamiyat a’zolariga bo’lgan hurmat—e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, ma’naviy — axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
Ma’naviy — axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta’limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy — axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; -vatanparvarlik.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Ma’naviyatni 2 ta bo’limga ajratish mumkin: biri jahon umuminsoniy ma’naviyat, ikkinchisi esa, milliy ma’naviyat. Buyuk olim Aristotel (Arastu) o’zining «mantiq» ("logika" asarida ma’na-viyat tushunchasini shunday ta’riflaydi: «Ma’naviyat, - juda keng tushuncha bo’lib, yuz yuvishdan tortib, inson tafakkurining eng yuqori cho’qqisigacha shu tushunchaga kiradi». Fanda ma’naviyat tu­shunchasi bilan birga axloq - odob tushunchasi ham ishlatiladi «Axloq yoki odob deb - mazkur jamiyat uchun xarakterli bo’lgan hamda ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan tarixan bog’liq bo’lgan, mazkur jamiyat a’zolari xulq - atvor, qonun - qoidalari yig’indisiga aytiladi». Ma’naviy axloq - odob kishilik jamiyati bilan dunyoga keladi, jamiyat yo’q bo’lsa, u ham yo’qoladi. Axloq ijtimoiy ong ko’rinishlaridan biri bo’lib, u ham tarixiy, ham sinfiy xarakterga ega.
O’quvchi - yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash quy-idagi vazifalarni nazarda tutadi;
-o’quvchilarning axloqiy e’tiqodini hosil qilish, ma’naviy qiyofani shakllantirish, komil inson tarbiyasi talablari va normalarini anglashga o’rgatish;
-kattalarga hurmat, tengdoshlari bilan o’rtoqlik-do’stlik, yosh bolalarga , bemorlar, nogironlarga, qariyalarga g’amxo’rlik qilish xislatlarini tarbiyalash;
-mehnatga, o’z kasbiga muhabbat hissini o’stirish, intizomli bo’lish, ijtimoiy mulkka yangicha munosabatni tarbiyalash;
-elim deb, yurtim deb -yonib yashash, o’z shaxsiy manfaatini jamoa manfaatidan ustun ko’rmaslik, o’zining butun kuch qudrati-ni umum ishiga bag’ishlash tuyg’usini tarbiyalash;
-mehnatda va o’qishda printsipiallik, qat’iylik, matonat, haqqoniylik, halollik, ishda ijodkorlik, insonparvarlik, yuksak vatanparvarlik, qat’iy jasorat, har qanday qiyinchi-liklardan qo’rqmaslik hislarini tarbiyalash;
-jamiyat tomonidan qabul qilingan qonun va qoidalarni ongli suratda bajarish, axloq-odob qoidalariga ongli suratda
-bo’ysunishga o’rgatish va hokazolar.
Ma’naviy - axloqiy tarbiyaning mohiyatn va mazmuni.
O’tmish mutafakkirlarining ma’naviy - axloqiy tarbiya haqida-gi pedagogik g’oyalari.
Ma’naviy - axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo’llari, usul-lari hamda vositalari.
Ma’naviyat - bu arabcha so’z bo’lib, biror narsa yoki xodisaning tub ma’nosini, mohiyatini, mazmunini anglab etishdir. Ma’naviyat - mantiq (logika) fani bilan talqin etilganda, u keng, ya’ni jins tushuncha bo’lib, uni qamrab olgan tur tushunchalar mavjud.
Maktabda o’quvchi - yoshlarga beriladigan ma’naviy - axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi, vazifalari yoshlarda yaxshi ma’naviy sifatlar, tajribalar hosil qilish, ularni axloqiy normalari va qoidalari to’g’risidagi dastlabki bilimlar bilan qurollantirish, axloqiy xislatlar va xulqiy fazilatlarni rivojlantirish, hamda ularda yoqimli xatti - harakat ko’nikmalari va odatlarini vujudga keltirish va tarbiyalashdir.YOshlarning ma’naviy - axlokiy tarbiyasi haqida SHarq va Markaziy Osiyo mutafakkirlari bitmas - tuganmas pedagogik g’oyalarni meros qoldirganlar: Bahouddin Naqshbandiy, Imom al Buxoriy, Al Xorazmiy, Al Beruniy, Al Forobiy, Az Zamaxshariy, Al Farg’oniy, A.Jomiy, A.Navoiy, Rudakiy, Firdavsiy, Bedil, Nosir Xisrav, X.SHeroziy, Muqimiy, Furqat va boshqalarning odob-axloq sohasidagi ibratli g’oyalari yoshlarimizni ma’naviy etuk, axloqan pok, jismonan baquvvat qilib tarbiyalashda katta peda-gogik ahamiyat kasb etadi.
Masalan, Al Buxoriy o’zining bir hadisi sharifida bunday deydi: «Yurtning obodonchiligi, fuqarolarining to’kliga 4 ta narsada namoyon bo’ladi: amaldorlarining odil bo’lishi; olim va ulamolarning ilmli bo’lishi; boylarning sahovatli, muruvvatli bo’lishi; fuqarolarining esa, duogo’y bo’lishidadir». So’z mulkining sultoni A.Navoiy ham kambag’al nochorlar, miskinlarga muruvvatli bo’lish haqida o’zining ko’p asarlarida juda ko’p va xo’b fikrlarni bayon qilgan: «YUz yil osmonda dabdabali chaqmoq bo’lgandan ko’ra, erda bir tutam olov bo’lib, biror bir beva ayolning qozonini qagshatish - qirq yil quruq toat - ibodatdan afzaldir,» - deb ta’kidlagan edi.

152. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


Ta’lim tor mahnoda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham mahlumot o’zlashtirish jarayonidir.


Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, respublikaning aql zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o’z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. SHuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.
Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni o’zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v) ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo’ladi).
Insonning mahlum bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishida ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.
Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy mahlumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi.
Ta’lim mohiyatiga ko’ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta’lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat)lari o’zgaradi. Ta’lim jarayonida kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladi va shu yo’l bilan u avlodlar orasidagi mahnaviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiy vorislikni taminlaydi.
Ta’limning metodologik asosini dealektik bilish nazariyasi tashkil etadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin