1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə119/148
tarix24.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#133880
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

153. Ta’lim jarayoni mohiyati
Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar asosida yuz beradi. Bu o’rnda qanday qarama-qarshiliklar bolaning psixiq jihatdan taraqqiy etishga sabab bo’ladi degan savol tug’iladi. Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar asosan quyidagilardan iborat. Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlar o’rtasida tug’iladigan qarama – qarshilik, soddaroq qilib aytganda, bolaning ehtiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qrndirish imkoniyatlari juda keskin yuzaga keladi. Natijada bolaning xilma – xil ehtiyojlari tez ortib boradi, lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekin yuzaga keladi. Natijada bolaning xilma-xil ehtiyojlari bilan imkoniyatlari o’rtasida jiddiy ziddiyat yuzaga keladi. Bola ana shu ziddiyatni, ana shu qarama-qarshilikni hal etish jarayonida psixik jihatdan taraqqiy etadi. M: bog’cha yoshidagi bolalarning tili endi chiqayotgani bo’ladi. Ular so’zlarni to’g’ri talaffuz eta olmaydi. Shu sababli bu yoshdagi bolalarning tilini hamma ham bemalol tushuna olmaydi. Lekin bolaning mustaqil yura olishi, o’zgalarning nutqiga tushunishi, unda brshqalar bilan faolroq munosabatda bo’lishi ehtiyojini sezadi. Biroq bolaning hozirgi taraqqiyot darajasi imkoniyatlari ya’ni o’z zonisining nihoyatda ozligi, talaffuzda qiynalishi, atrofdaglar bilan faolroq munosabatda bo’lish ehtiyojini qonira olmaydi.
Bolaning eski xulq-atvor formalari bilan yangi hatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o’rtasidagi qarama-qarshilik, M: bolaning kichiklik davridagi asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdan iborat bo’ladi. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik diyarli bo’lmaydi. Bola o’sib ulg’aygan sari o’z shaxsiy tajribasi, mustaqilligi tashabbusi ortib boradi. Bola mustaqil harakat ya’ni har narsani o’zi bilishicha qilishga intila boshlaydi. Bunda bolaning ko’pdan beri o’rganib qolgan taqlidiy harakatlari bilan mustaqil va tashabbuskorona harakatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bu qarama-qarshilikni hal qilish prosessida, ya’ni odadalanib qolgan taqlidiy harakatlarini yengib mustaqil harakat formalariga o’tish prosessida bola psixik jihatdan taraqqiy etadi.
Bolaning psixik taraqqiyotida ta’lim va tarbiya juda katta ahamiyatga ega bo’lgan faktorlardan dir. O’zi-o’zidan ravshanki bolalarning psixik taraqqiyotiga birinchi novbatda tashqi muhit ta’sir etsa, ikkinchi novbatda bolaga uzoq muddat tavomida sistemali ravishda beriladigan ta’lim va tarbiya kuchli ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari bilan birga qo’shib olib borilmoqda, boshqacha qilib aytganda, bolaga juda yoshlik chog’idan boshlab qatiy programma asosida ijtimoiy ta’lim-tarbiya berila boshlanadi.
Bola go’dagligidan yaslida undan so’ng bog’chada va nihoyat maktabda sistemali suratda ta’lim va tarbiya oladi. Bundan uzoq muddatdagi maxsus ijtimoiy ta’lim va tarbiya bolaning psixik taraqqiyotiga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning uchun bolaning psihik taraqqiyoti ko’p jihatda ta’lim-tarbiyaning ta’siriga bog’liqdir. Bolaning psixikasi ko’pincha rivojlanishida ota-onasining ham roli katta. Har bir bola yashab o’sgan muhitiga moslashadi. Oiladagilar qanday bo’lsa, shunday bo’lishga intiladi.
Bolaning psixik taraqqiyoti bilan ijtimoiy ta’lim-tarbiya o’rtasidagi munosabat masalasi bolalar psixologiyasi uchun juda muhim masala bo’lib hisoblanadi. Bu masalani hal qilishda turlicha qarashlar mavjud. Psixik taraqqiyotning zonasiga muayyan davrda bolaning katta yoshdagi kishilarning yordamisiz mustaqil harakat qila olishi bilan ifodalanadi. Psixik taraqqiyotning real zonasi – o’zlashtirilgan bilimlar, ko’nikma va malakalar mustaqil foydalanish bosqichidir. Psixik taraqqiyotning real zonasiga bolaning o’smirlik va o’spirinlik davrlari to’g’ri keladi.
Bu davrda bolalarning ta’lim prosessiga bo’lgan munosabatlari tubdan o’zgarib, ular turli narsalarga nisbatan tanlab munosabatda bo’la boshlaydi. O’smir bolalarda qiziqish va duunyoqarash kabi shaxsning murakkab sifatlari tarkib topa boshlashi tufayli turli sohalarga doir bilimlarni mustaqil o’zlashtirishga urinish yuzaga keladi. Ta’lim – tarbiya psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda borib, psixik taraqqiyotga zamin tayyorlar ekan, to’g’ri yo’lga qoyilgan ta’lim – tarbiya prosessi hamma vaqt o’quvchilarni mustaqil tafakkur qilishga tabiat hamda jamiyatdagi narsa va hodisalarga doir mulhaza yuritishga chorlaydi.
Bola psixik taraqqiyotidagi notekisliklar deganda biz asosan yoshligida to’g’ri tarbiyalanmagan bolalarni tushunamiz. M: oilada ota-ona ko’p urushsa, bir biriga haqorat so’zlarni ko’p ishlatsa, bu narsalarning barchasi bola psixikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va bola psixik taraqqiyotining buzilishiga sabab bo’ladi. Undan tashqari yana maktab muhitidagi salbiy jarayonlar ham yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchilar ham har bir o’quvchining psixik hususiyatiga qarab munosabatda bo’lishi kerak. Shundagina biz davlatimizga har tomonlama rivojlangan, psixik taraqqiyoti yuksak darajadagi yoshlarni tarbiyalab, yetkazib berishimiz mumkin.

154. Ta’lim jarayonining yagona tizim sifatida tasnifi


Ta’lim jarayoni o`ziga xos tizim bo`lib, uning tarkibiy qismlari sifatida biz yuqorida ko`rib o`tgan ta’lim maqsadi (resp. o`quv predmeti maqsadi), ta’lim mazmuni (o`quv materiali), ta’lim usuli, ta’lim vositalari, shuningdek, o`quvchi ~ ustoz munosabatilarini o`z ichiga oladi, didaktik qonuniyatlarga bo`ysunadi. Didaktik qonuniyatlar esa, o`z navbatida, ijtimoiy qonunlarning bir ko`rinishidir. "Ijtimoiy qonunlar tabiat qonunlari kabi haqqoniy va mutlaqdir. Ular inson ixtiyori va irodasiga bo`ysunmaydi, lekin ularni uqish, taraqqiyot yo`nalishida borib, ulardan amaliy foydalanish, ya’ni qonuniyatlarga bo`ysunish orqaligina ularni inson manfaatlariga bo`ysundirish, boshqarish insoniyatga ulkan imkoniyatlar bersa, zid harakat, qarshi borish, odatda, katta zararlar, inkor etish esa, tasavvur qilib bo`lmas fojialar keltiradi. Ijtimoiy qonunlarning ham, tabiat qonunlarining ham pirovard natijasi ma’lum turdagi samaradorlikdir. Chunonchi, ma’lum bir turdagi hosil olish uchun saralangan urug` tanlab, ishlov berilgach, yerga qadalsa, rivojlanish qonuniyatlariga uyg`un ravishda o`z vaqtida parvarish qilinsa, albatta, ko`p hosil–samara olinadi. Lekin bu jarayonning biror bosqichida tabiiy qonuniyatlardan atigi biri buzilsa, unga rioya qilinmasa, barcha mehnat barbod bo`ladi. Tabiat qonunlariga bo`ysunish hamma uchun tushunarli; lekin ijtimoiy qonunlarga bo`ysunish yoki bo`ysunmaslik oqibatlarini ko`rish ancha murakkab, buning uchun juda ko`p hollarda uzoq yillar kerak…"1 Haqqoniy va mutlaq tabiatli didaktik qonunlarga ko`ra, davr talablari (ijtimoiy talablar va ijtimoiy taraqqiyotning mutlaq qonunlari bilan uyg`un bo`lgan) ta’lim maqsadi bilan ta’lim mazmuni, usuli va vositalari uyg`un bo`lgan taqdirdagina o`quvchi~ustoz munosabatilari unga uyg`un bo`la oladi va tizim tugallikka ega bo`ladi, o`z maqsadiga erishishi mumkin. Aks holda, chunonchi, o`simlikni yetishtirish davrida istagan bir bo`g`inda uzilish butun mehnatni zoe ketkizganidek, ta’lim mazmuni yoki usuli va vositalarida, o`quvchi~ustoz munosabatlarida ta’lim maqsadiga nomuvofiqlik butun didaktik jarayonni barbod qilishi muqarrar. Shuning uchun maqsad mustaqil fikrlovchi ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash bo`lgach, ta’lim mazmuni (o`quv materiali, o`zlashtirilishi zarur sanalgan bilimlar tizimi) pragmatik ahamiyatli, tatbiqiy, o`quvchi kundalik faoliyatida amalda qo`llay oladigan, ta’lim usuli o`quvchini fikrlash, izlash va topishga undaydigan, tа’lim vositalari darslik bilan cheklanib qolmay, o`quvchini axborot manbalari bilan ishlashga undaydigan, ustoz esa o`quvchining o`ta murakkab kuzatish, izlanish, topish, fikrlash va qo`llash jarayonining mohirona boshqara oladigan bo`lmog`i shart – didaktik tizimning barcha bo`g`inlari bir-biriga muvofiq bo`lib, biri ikkinchisini to`ldirib borishi zarur.
Yuqorida bir necha marta takrorlaganimizdek, bu juda murakkab va ancha vaqt-u mehnatni talab qilidigan jarayondir. Xususan, maqsad~mazmun~usul~ vosita~ustoz~o`quvchi munosabatlari tizimning 4- va 5-bo`g`inlari – bu birinchi navbatda ko`p ming kishilik o`qituvchilar jamoasining ko`nikmalarini, ish usullarini tubdan yangilash bilan uzviy bog`liqdir. DTSlari, ularning asosida yangi dastur tasdiqlanib, bu dastur asosida yangi darslik tuzilib, amalga joriy etilgach, qiziq bir voqeaning guvohi bo`ldik. Bir necha maktab jamoasidan yangi darsliklarning yaroqsizligi, ulardan amaliy foydalanishning imkoniyati yo`qligi haqida xabarlar olindi. Masalani atroflicha o`rganish maqsadida shunday xabar tashkilotchilaridan bo`lgan bir maktab jamoasi bilan darslik mualliflari, ta’lim boshqarmasi mutasaddilari va metodistlar uchrashuvi o`tkazildi. Bu maktabdan kelgan norozilik xati tajribali, obro`li o`qituvchilar va ota-onalar tomonidan imzolangan edi. Masalani o`rganish shuni ko`rsatdiki, norozilik va janjal 5-sinf “Ona tili” darsligi “Fonetika”bo`limida berilgan mashqni bajarishdan boshlangan. Sinfda o`quvchilar bilan o`tkazilgan suhbatdan ma’lum bo`ldiki, darslikda berilgan topshiriq bilan ustoz (sinfda fan o`qituvchisi) bergan topshiriq bir-biriga muvofiq kelmagan. Darslik kir~qir, kul~qul, bor~bar kabi so`z juftliklarini berib, ularning talaffuzini kuzatish topshirig`ini bergan. Fan o`qituvchisi o`quvchilarga berilgan so`zlarni qo`llab gap tuzib kelish topshirig`ini bergan. Natijada, kir, qir, kul, qul, bor, bar kabi omonim so`zlarni qo`llab gap tuzishda chalkashlik va anglashilmovchilik yuz bergan, ona-onalarning ham noroziligiga sabab bo`lgan. Sinf fan o`qituvchisining ko`p yillik odatiy ko`nikmalariga tamoman yot bo`lgan, tamoman boshqacha ishlashni talab etadigan darslik norozilik xatiga asos bo`lgan. Darslik topshirig`i bilan sinf o`qituvchisining bergan topshirig`i to`la mos kelishi, albatta, shart emas, lekin ustoz topshirig`i o`ylanmagan, tasodifiy ham bo`lmasligi kerak.

155. O’qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi


Boshlangi’ch sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadi
Ulkan iqtisodiy o`zgarishlar yuz bеrayotgan hozirgi davrda matеmatikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matеmatik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga ega. Rеspublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya bеrish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga еtkazish vazifasini qo`ydi.
1997 yilda «Ta'lim to`g`risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o`zgarishlar davrida maktabning roli yanada o`sganligi, maktabning bosh vazifasi - o`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim bеrish ularda iqtisodiy – matеmatik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o`quv rеja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga kеltirish to`g`risida fikrlar kеltiriladi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida dеyarli barcha prеdmеtlar, jumladan matеmatikadan ham yangi o`quv dasturi kiritiladi, o`qitish mеtodlari takomillashtiriladi. Boshlang`ich sinflar uch yil o`rniga 4 yillik ta'limga o`tkazildi.Boshlang`ich sinflarning matеmatikadan yangi dasturlarga o`tish munosabati bilan, yangi mеtodik tizim ishlab chiqildi
Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) O’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o’quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
b) matematika o’qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.
d) O’quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.
O’quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak.
O’qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o’quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o’quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
Boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish o’quv vositalari
O’qitish vositalariga – darsliklar, didaktik materiallar, ko’rsatma-qo’llanmalar va texnik vositalar kiradi.

Tarqatma material – o‘quvchi darsda individual harakat qilishi uchun ishlatiladigan o‘quv materiallar majmuidir. Tarqatma material murakkab yoki sodda, o‘tiladigan mavzu doirasida ishlab chiqilgan qo‘llanma bo‘lishi ham mumkin.

Tarqatma grafik material – bosma qo‘llanmaning bir turi bo‘lib, o‘quvchi mustaqil ishlashi uchun tasvir tushirilgan kartochka ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tarqatma grafik material o‘quvchi yoshiga va qiziqishlariga mos voqeilikni tasvirlovchi kartochka ko‘rinishida bo‘ladi. Kartochkalardagi suratlarning rang-barangligi, poligrafik tomondan sifatli bo‘lishi o‘quvchining yozma, og‘zaki tasvirlash imkoniyatlarini oshiradi va yaxshi samara beradi.

uratlar turli xildagi matnlar bilan boyitilishi o‘quvchilarning nutqiy salohiyatini yanada oshiradi. Suratlar asosida kommunikativ vazifalar yuklatiladi. Vazifalarning keng kamrovligi, ularning qiyinlik darajasi, ish xajmi va kartochkalarning bir biridan farqlanishi ushbu qo‘llanmaga yuklatilgan eng muxim uslubiy talablar hisoblanadi.

Kartochkalar mashg‘ulotlarni mustahkamlash bosqichida ishlatiladi. Tarqatma materiallar o‘quvchilarning nafaqat mustaqil, balki juft bo‘lib ishlashi uchun ham ishlatiladi.
Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.
Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular o’zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin