1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə126/148
tarix24.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#133880
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Qutadg’u bilig — baxt va saodatga eltiuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi.
«Qutadg’u bilig»ning tadqiqotchilaridan biri B.To’xliyev ta’kidlaganidek, YUsuf Xos Hojib «Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning qator belgilarini ko’rsatib o’tadi. Ularning eng asosiysi alohida shaxsning o’z manfaatlari, shaxsiy istaklari doirasini yorib chiqib, boshqalar g’ami bilan yashashi, ko’pchilik manfaati uchun fidoyi bo’la bilishdir»1.
Hozirgacha «Qutadg’u bilig»ning Hirot, Qohira, Namangan nusxalari ma’lum bo’lib, Venaga keltirilgan Hirot nusxasini Herman Vamberi nashr qildi va tarjimasini berdi.
1890 yilda V.V.Radlov Vena nusxasini faksimilesini, 1891 yilda shu faksimile asosida matnini nashr qildiradi.
1896 yilda Qohira nusxasi topilgandan so’ng, undan ko’chirma olgach, V.Radlov har ikki nusxasini qiyoslab, 1910 yilda rus grafikasiga asoslangan to’liq transkriptsiyasini nemis tiliga tarjimasi bilan nashr ettirdi.
1913 yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
Demak, YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarini ilmiy jihatdan o’rganishga juda ko’p olimlar hissa qo’shgan. V.V.Radlov, H.Vamberi, S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo’lsalar, V.V.Bartold, YE.E.Bertels, I.V.Stebleva, O.A.Valitovalar har tomonlama tadqiq etdilar.
Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o’zbek olimlarining xizmati ayniqsa diqqatga sazovor.
Birinchi bo’lib professor Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini olib, kutubxonaga keltiradi va u haqda maqola e’lon qiladi.
«Qutadg’u bilig»ning mukammal nashri o’zbek olimi Q.Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi. Uni tahlil etishda S.M.Mutalliboyev, N.M.Mallayevlarning xizmati katta.
«Qutadg’u bilig»ning hozirgi o’zbek tilidagi bolalarbop bayoni esa Boqijon To’xliyev tomonidan nashr etildi. YUsuf Xos Hojibning axloqiy didaktikasi Q.Karimov, Y.Jumaboyev tomonidan har tomonlama tadqiq etildi.
Qoraqalpog’istonlik Axmetova A.K. esa «YUsuf Xos Hojibning pedagogik qarashlari» to’g’risida ilmiy ish olib bordi.

164. Ulug’bekning ilm-ma’rifat sohasidagi xizmatlari


Mavlono Navoiy aytganidek, Ulug`bekning avlodlari unutilib ketdi. Ularni davrimizda kim ham eslayapti? Ulug`bek esa ilm-fanga intildi va ko’p narsaga erishdi.
Ulug`bek va uning safdoshlari ilmiy ishlarining muhim natijasi 1437 yilda asosan tugallangan «Ziji Ko’ragoniy», ya’ni «Yangi fazoviy jadvallar» dir. Ulug`bek hayotining so’nggi kunlariga qadar bu asar ustida ishlagan.
Asar mufassal kirish (nazariy) qism va jadvallardan iborat. Asarning birinchi qismi turli Sharq xalqlarining yilni hisoblashi tarixiga; ikkinchi qismi emaliy fazoshunoslik masalalariga, uchinchisi - sayyoralar nazariyasi bayoni va kichikroq to’rtinchi qismi esa falakiyotga bag`ishlangan.
«Yangi fazoviy jadvallar» yaratilishidan oldin birinchi bo’lib Gipparx yulduzlar jadvalini tuzgan edi. Unda 1022 yulduzning joylashgan o’rni berilgan bo’lib u, Ptolemeyning «Almajistiy» asarida berilgan. Bu jadvallar ilmiy jihatdan qimmatli bo’lib, samoviy jismlar harakatini o’rganish uchun ajoyib manba hisoblanadi.
Gipparxdan so’ng yulduzlarning to’la jadvalini tuzgan ikkin­chi fazoshunos Ulug`bek edi. Uning jadvali ancha qimmatlidir, chunki, u yulduzlarning Samarkand rasadxonasida aniqlangan ha­qiqiy joylashuviga asosan tuzilgan. U 16 asr mobaynida tuzilgan ikkinchi jiddiy jadval edi. XV asrgacha faqat ikki nafar fazoshunos - Gipparx va Ulug`bekning yulduzlar jadvali ahamiyatini to’liq angladilar.
Ulug`bek o’limidan so’ng rasadxona o’z faoliyatini tugatdi. Uning binosi va asbob-uskunalari vayron va talon-toroj qilindi. Olimlar esa Samarqanddan boshqa Sharq mamlakatlariga ketishga majbur bo’ldilar. Bino XV asrdan to XVII asr boshlarigacha qad tiklab turgan bo’lsa-da, u faoliyatsiz edi. Biroq «Ziji Ko’ragoniy» ustidagi ishlar asosan tugagan bo’lsa-da, Ulug`bekning izdosh shogirdlari, ayniqsa, Kozizoda Rumiy vafotidan so’ng (1437) Ulugbekning yordamchisiga aylangan Ali Kushchi uni to 1449 yilgacha davom ettirdi. Buning sababi nima? Bu savolga javob ilgari ishlab chiqilgan Ulug`bek munajjimlik maktabining 30 yillik ilmiy dasturini amalga oshirilishi zaruriyati bilan bog`liq. Ulugbek shogirdi Ali qushchiga bu dasturni bajarish ustida ishni davom ettirishga ruxsat bergan edi. Aynan ana shu davrda Ali qushchining tashkilotchilik qobiliyati kuchli namoyon bo’ladi. Uning falakiyot va matematika sohasidagi ilmiy bilimlari keyinroq zamondoshlari tomonidan to’la tan olindi. Faqat ustozining bevaqt o’limi Ali qushchini Turkiyaga ketishga majbur qildi. Uning xizmati bilan «Ziji Ko’ragoniy» va boshqa ko’plab qimmatli qo’lyozmalar saqlanib qolingan. Ularning bir qismi yo’qolgan, boshqa qismi johil kuchlar tomonidan yo’q qilingan. qo’lyozmalarning ozroq qismigina jahon kutubxonalarida saqlanmoqda. Ali qushchining «Arifmetika bo’yicha risola» asari shular jumlasiga kiradi. U fors tilida bo’lib, London kutubxonasi va Uzbekistan jumhuriyati FA Sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda. «Fazoshunoslik risolasi» ham shu ilmgohdadir. Bu asar 1975 yilda Toshkentda uzbek tilida nashr etilgan. Ali qushchi Istambulga kelgach, «Fazoshunoslik risolasi»ni- forsiydan arab tiliga o’girib, turk sultoni Muhammad II ga tortiq qiladi. Bundan tashqari, u hozirda Ayo Sofiya, Parij va Istambul kutubxonalarida saqlanayotgan «Fatxiya» asarini ezdi. Ali qushchi 1474 yilda Isgambulda vafot etgan.
Ulug`bekning yulduzlar jadvali birinchi marta 1665 yili Oksfordda angliyalik T. Xayd, keyinchalik, 1767 yili G. Shakre, 1843 yili F. Bayl tomonidan nashr etilgan. Frantsuz «sharqshunosi Sedillot T. Xayd nashrini qayta ko’chirib, Ulug`bekning ki­rish so’zini va jadvallarini frantsuz tiliga o’girdi hamda 1853 yili Parijda nashr qildi. Nihoyat, 1917 yilda «Ziji Ko’rago­niy» AKShda nashr etildi.
Bundan tashqari, Ulug`bek «Ziji» va Nasriddin Tusiyning jo’g`rofiy jadvallari 1652 yili Londonda birinchi bor nashr etilgan. Bu ma’lumotlar bizga «Mirzo Ulug`bek- asrlar qa’rini yorib o’tib kelayotgan nur» deyish imkoyaini beradi.1
G`arbiy Ovrupo olimlari XII asrga kelibgina Ulug`bekning
ilmiy merosi xususida Sh. Grive (1648), T. Xayd (1665), Yan Gaveliy (1690) asarlari orqali xabardor bo’lishdi. Bu davrga kelib Samarkand rasadxonasi butunlay yo’q bo’lib ketgan edi.
Shunday qilib, XV asrda O’rta Osiyoda tarixiy ilmlar ham yaxshi rivojlandi. Bu erda Qofiz Abru, Abdurazzoq Samarkan­diy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandiy va boshqa tarixchilar yashab, ijod qildilar. Ularning asarlari O’rta Osiyo tarixchiligining qimmatli manbalaridir. Masalan, Qo­fiz Abruning «Zubdat-ut-tavorix» («Iilnomalar qaymog`i») asarida 1427 yilgacha bo’lgan tarixiy vokealar bayon qilinadi. Abdurazzoq Samarqandiy (1482 yilda vafot etgan) esa «Matla-us-sa’dayn majma - ul bahrayn» («Ikki baxtli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo’shilish joyi») asarida 1471 yilgacha bo’lgan voqealarni tasvirlaydi. Bu kitob xulagular avlodidan bo’lgan Abu Sayd tavalludidan to temuriylar sulolasi vakili Abu Saidgacha bo’lgan davrning (1304-1469 y.) tarixiy voqealarini o’z ichiga oladi. Mirxond (1498 yilda vafot etgan) «Ravzat-us-safo» («Tozalik bog`i») va uning nabirasi Xondamir «Qabib-us-siyor» asarlari Sulton Qusayn podsholigi davri tarixiga bag`ishlanadi. Isfizoriy 1491 yili Qirot tarixini ezdi. Davlat­shoh Samarqandiy esa «Tazkirat ush-shuaro» asarini Alisher Navoiyga bag`ishladi. Bu asarda yuzdan ortiq shoirlar to’g`risidagi mufassal ma’lumotlar jamlangan.
O’rta Osiyo xalqlarining XIV-XV asr tarixini o’rganish davomida rasadxona qoldiqlari, o’sha davrning Samarqand va Buxorodagi ajoyib me’morchilik yodgorliklari jahon jamoatchiligi e’tiborini o’ziga qaratib keldi va bu qiziqish tobora kuchaymoqda. V. L. Vyatkin, V. V. Bartold, T. N. Kori-Niyoziy va boshqalarning bevosita Ulug`bek davri tarixini o’rganish bo’yicha eng muhim asarlari, ishlari bilan tanishtirishni xohlardik.
Biz yuqorida Samarqand rasadxonasining o’rni, mavqei va ahamiyati xususidagi tarixiy manbalarni aytib o’tdik, 1908 yili V. L. Vyatkin XVII asr o’rtalariga mansub bir vaqf hujjatini o’rganayotganida hozirgacha Obirahmat arig`i va Naqshi Jahon degan joy nomlari bilan ma’lum bo’lgan «tole rasad» ning aniq chegaralariii topdi.

165. Alisher Navoiyning axloqiy qarashlari


Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda tirkiy va forsiy tilde so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, I.Karimov.


Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini , ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir.
Navoiy merosini o‘rganish yolg‘iz o‘zbek olimlarininggina vazifasi emas. Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshlig‘i sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha xalqlarning adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan uning ijodini o‘rganish ham keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini o‘zbek xalqining adabiyotini o‘rganish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bag‘ishlagan bu ulug‘ san’atkorning hayoti va ijodini o‘z madaniyatlarini o‘z adabiyotlari tarixini chuqur o‘rganish, o‘zaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida o‘rganishgan. Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi sifatida mashhur bo‘lsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq xalqlari adabiyotida esa o‘zining kuchli ta’siririni ko‘rsatgan1.
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir .Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilde bunchalik ko‘p va xo‘p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy qavmlarning o‘z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi.Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi.
Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.
Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.
El qochsa birovdin el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni,
Olam elining yomoni yomon bil oni.
Insonlar bir-birlari bilan do’st-inoq va hamjihat bo’lib yashamas ekanlar, o’z orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish qilib bo’lmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni do’st bo’lib yashashga chorlaydi. Alisher Navoiy do’stlikni ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi.
Navoiy ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Shoir insonning ma’naviy kamolotini, avvalo, uning ilm va donish sohibi bo‘la olganligida deb biladi. Ilm o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo‘la oladi, deb hisoblaydi.Alisher Navoiy hikmatlarida olam- olam ma’no mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm-ma’rifat, mehr- oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy o‘rinni egallaydi.
166. Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya to’g’risida.Abu Ali Ibn Sino ta’lim-tarbiya haqida.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin