1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə135/148
tarix24.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#133880
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Mazkur qarorda:
1) respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991— yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, deb qat'iy belgilab qo'yildi.
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
• O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
• O'zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakOlik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
• O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va bosh-qaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo'linmas bo'lib, uning xalqi o'z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas;
• Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o'rmon-lar, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respub-likaning ma'naviy boyliklari O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g(risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.
O'zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo'lgan voqea sodir bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e'lon qilingan paytda 21,5 mln kishini tashkil etardi. 2004— yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan ortdi.
Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991— yil noyabrda bo'lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo'yicha referendum o'tkazish haqidagi masalani ko'rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991— yil 29-dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida referendum hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish to'g'risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish bulleteniga masala quyidagicha kiritildi: "O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasining Davlat mus-taqilligini ma'qullaysizmi?". Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida" Qonun qabul qilindi.
1991— yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo'lib o'tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro'yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlaming 98,2 foizi O'zbekiston Respublikasi mustaqiJligini ma'qullaymiz, deb ovoz berdi.
O'zbekiston Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natijalaridan kelib chiqadigan obyektiv va qonuniy hodisadir.
Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat'iyatliligi, uzoqni ko'ra bilishi natijasida uning davlat mustaqil-ligiga erishuvi.
Islom Karimov O'zbekistonning birinchi Prezidenti
Tinch, Demokratik, Parlament yo'Ii bilan Ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
1991— yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O'zbekiston Respublikasi Prezi-denti saylovi ham bo'lib o'tdi. Prezident -likka nomzod Islom Abdug'aniyevich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlaming 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko'rib chiqib, I.A.Karimovni 1991— yil 29-dekabrdan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblashga qaror qildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992— yil yanvarda bo'lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozirnini bajarishga kirishar ekanmarr, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat'iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman". Islom Karimov O'zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.

181. Yunonistonda pedagogik fikrlarning paydo bo’lishi




Yunonistonda m aktab va m adaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug'ilishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Dem okritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olim lar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.S u q ro t(S a k ra t). (eramizdan avvalgi 469399yillar) O'zining ijtimoiykehb chiqishiga qaram ay (Suqrot haykaltaroshning o'g'li edi) konservativ zam indor a risto k ra tla rn in g ideologi di. Bu a lb a tta uning falsafiy va pedagogik q a ra sh la rid a o'z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, 
buyu(mlarning fizik holatin i bilib bo'lmaydi, odam lar faqat o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo'hshi bilan birga ajoyib notiq h am edi. Keng m aydonlarda so'zga chiqar, axloqqa doir m asalalar yuzasidan suh b atlar o'tkazar, tinglovchilam i savoljavob o'li bilan h a q iq atn i topishga u n d a r edi. Bu «Suqrot m etodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan.S u q r o t — f a ls a fiy d i a l e k ti k a n in g a s o s c h ila r id a n b ir i. Baxs orqah, ya'ni m uayyan m asalalarni o'rtaga qo'yish va ularga javob topish yo'li bilan h aq iq atn i aniqlash m um kin deb uqtiradi faylasuf. risto te ln in g y o zish ich a S u q ro t m av ju d h a q iq a td a n u m u m iy 
tu sh u n c h a la rg a o 'tish h aq id agi in d u k tiv t a ’lim otni h a m d a h a r bir n a rsa n in g \ m o h iy a tin i b ilish n in g b irin ch i im k o n iy atin i b e ra d ig a n tu sh u n ch alam i aniqlash haqidagi ta ’limotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyidagilardan iborat: ezgulik bilim dir, donishm andlik, ya'ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilm aydi yoki pirovardida yaxshilikning ta n ta n a s i u chun yomonlik qiladi. Suqrotning ta'biricha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyat bo'hshi m um kin emas. Ulug' faylasuf tarbiyada axloqiy, estetik, jism oniy ta rb iy a m ezonini ish lab chiqdi. Lekin S u qrotn ing axloqiy 
q a ra sh larid a tengsizlikni yaqqol sezish m um kin. U ning fikricha, axloq fa q a t im tiyozli «m um toz»largagina xos, «mumtoz» k ish ila r haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokim iyat h am u larn in g q o llarid a bo'lmog'i k e ra k deydi.Suqrot davlat boshqaruvining monarxiya, tiraniya, aristokratiya, pohtiya va demokratiya kabi shakllarini tanqid qilgani uchun ayblanib, o'hm jazosiga hukm qilinch o'z ixtiyori bilan zahar ichgan.A f l o tu n ( P l a t o n ) era m iz d a n ilg ari (424347yillari) y a sh ag a n . Qadimgi Y unonistonning m ashh u r - idealist faylasufi, Suqrotning sho- girdi, ob'ektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g'oyalar dunyosi»ni birlam chi, his qiluvchi n a rsa la r dunyosini ikkilam chi deb hisobladi.Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g'oyalar dunyosi deb ikkiga boldi. Uning fikricha g'oyalar abadiy va o'zgarmasdir. U ning nazarida, n arsalar g'oyalar olam ining soyasidir, xolos.Afina aristokratiyasining namoyondasi bo'lgan Aflotun, aristokratiyan ing abadiy hukm ronligi haqidagi n a z ariy a n i ilgari surdi. U ning fikricha ideal aristokrajtik davlat uch xil ijtim oiy guruh: faylasuflar, jangchilar, h u n arm an d lar va dehqonlar g u ru h idan iborat bo'lishi lozim. F a y la s u f la r d a v la tn i b o s h q a ra d ila r, ja n g c h ila r u n i h a r q a n d a y dush m an d an him oya qiladilar, uchinchi g u ru h esa m ehnat qihb, mo'l hosil etishtirib, faylasuflar va jangchilami boqadilar. Uning tasaw uridagi ideal davlatda qullar ham hunarm andlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos deb ta ’kidlaydi u.Aflotun - davlat tomonidan tashkil etilmog'i va hukm ron guruhlam ing- faylasuflar va jangchilarning m anfaatini ko'zlam og'i lozim. Aflotuno'zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.A flo tu nn in g fikrich a, b o lalar uch y o sh d an 6 yoshgacha d a v la t tom onidan tayinlab qo'yilgan tarbiyachilar rahb arhg ida maydonchalar- da tu rh o'yinlar o'ynash bilan shug'ullanishlari lozim. Aflotun o'yinlam i m aktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga k a tta aham iyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qihb beriladigan m ateriallarni sinchiklab tan la sh kerakligini ham uqtirib o'tadi. U b o lalarga yoshlik chog'idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi.
Aflotun xotinqizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni m a’qullaydi.U m um an Afltun tarbiya tizim ining b u tu n m azm uni va m ohiyati jism oniy m ehn atd an g'oyat nafratlan ish ru h i bilan sug'orilgan. Aflotun 
g'oyasiga ko'ra bo'lajak faylasuflar va jangchilarning «jismoniy m ehn at to'g'risida xato o'ylashlari» ham taqiqlab qo'yilgan, shuningdek qullam ing bolalarini o'qitm agan m a’qul.Biroq, Aflotun m aktabgacha tarbiya to'g'risida, davlat tom onidan izchillik bilan ohb borilishi lozim bo'lgan tarb iy a tizim i to'g'risida b ir qancha m uhim fikrlarn i aytib, ijobiy o 'm ak n a m u n a sid a tarb iy alash n i talab qilgan.
182. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya


Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya
Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o'rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo boldi hamda moddiy va ma'naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda katta hissasini qo'shdilar.
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turh mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlichayondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog'oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o'nlik tizircfl. kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo'hsh o'ylab topildi.
Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqah Xitoydan O'rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta'sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.
Ayniqsa, qadimgi yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.
Yunoniston uncha katta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlari- dan tashkil topgan. Uning mo'tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.
Lakoniya (Sparta)da kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar bo'lmaganligi tufayli qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 mingdan ko'proq aholiga hukmronlik qilardi. Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo'hb, uning asosiy maqsadi spartaliklaming bolalarini baquwat, jismoniy soglom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklaming bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog'lom bo'lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga o'rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablari- dagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirjishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini o'rgatishni ko'zda tutar edi».
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo'lib ko'ringan har qanday qulni oldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbat- lar o'tkazib, shu yol bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar, bolalarni savol-javob jarayonida aniq va lo'nda javob berishga o'rgatgan. Yigitlar 18—20 yoshga etganda «Efeblar» o'spirinlar guruhida harbiy xizmatni o'taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ulami harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo'riqlab, qullarni itoatda saqlashini ta’minlar hatto jangga ham qatnashardilar.
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim- tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar, qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat gullab yashnadi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik rivoj topdi.
Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan etuk kishini, Afinada eng ko'rkam va barkamol inson(ideal) hisoblangan.
Bolalar 7 yoshga etguncha uyda tarbiyalanar, o'g'il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko'magida uy-ro'zgor ishlariga o'rgatilar, chunki xotin-qizlaming hayoti uy doirasidan chiqmas edi.
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o'rgatish ma’nosida) yoki «kifarist» (grekcha musiqa o'qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil oiganlar. Bu xususiy maktablarda o'qish pullik bo'lgan. Shuning uchun kamxarj fuqarolaming bolalari ushbu maktablarda ta’lim ololmagan.
Maktablarda «didaskol» deb atalgan o'qituvchilar mashg'ulot olib borar edilar. (Men o'qitaman, degan ma’nodagi «didasko» so'zidan keyinroq «didaktika» — ta’hm nazariyasi kehb chiqqan).
O'g'il bolalami maktabga qullar etaklab borar edi, bunday qul pedagog deb atalgan («pays» - bola, «agogeyn» - etaklab borish degan so'zlardan olingan). Grammatist maktabida o'qish, yozish va hisoblash o'rgatilar edi, o'qishda harflarni hijjalab o'qitish usuli, so'ng qo'shib o'qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o'rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalangan va ingichka cho'p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblagan. Kifarist maktabida adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomatsiyalar o'rgatilar edi.
Sex, gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. Bunday maktablar asta-sekin rivojlanib XV asrga kehb butun G'arbiy Yevropada faohyat yurita boshladi.
Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiy alar ning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat edi. XIII asrga kehb o'z- o'zini idora qihsh huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o'qituvchiiik huquqini bera boshladi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o'quv muassasasiga aylandi. XIV-XV asrlarga kehb universitetlar Yevropa mamlkatlarining hammasida mavjud.
183. Rus pedagog olimlarining pedagogik goyalari

XIX asrning 60-yillari rossiyada katta ijtimoiy xarakt davri bo'ldi, chunki ishlab chiqarish kuchlarning rivojlanishi, shu rivojlaninshga qarshilik qiladigan krepostnoylik tuzumi orasidagi qarama-qarshilik keskinlashgan edi. Tarixdan ma`lumki, 1853-1855 yillardagi Qrim urushi krepostnolik tuzumini fosh etdi. Rossiya rus halqining qaxramoni bulishiga qaramaydi, texnika va ekonomika soxasida qoloqligi,boshqarishning nunoqligi, davlat mulkini talon-taroj qilish natijasida bu urushdan xaloaktga uchradi.


O’tgan asrning 60-yillarda pedagogik fikrlarni anglatuvchi jurnallar chiqdi. Masalan: “Tarbiya jurnali”, “O'qituvchi”, “Pedagogika to'plami”, “Yasnaya Polyapa” kabilar. Xulosa qilganimizda pedagogika soxasidagi xarakat usha vaqtidagi ijtimoiy xarakatning asosiy qismidir.
Piragov 1810 yilda Moskvada tug'ildi. Moskva universitetining medisina fakultetini bitirgach germaniyaga borib u bilimini yana ham chuqurlashtiradi. Germaniyada u medisina fanlari doktori unvoni oldi. 26 yoshili professor Piragov germaniyada ishlaydi so'ngra Rossiyaga qaytib Peterburgdagi medika xirurgiya akdemiyasida ishlaydi. 1854 yilda qrim urushi davrida Sevastopol` qamal qilinadi. Shu davrda Piragov «Shafqat xamshirasi” bilan Sevastopolga ketadi. Shu erda butun kuchini yaradorlarni davolashga sarf qildi.Piragovning tushunishicha kishining yuksak maqsadi burjua liberal inson-parvarligi ruxida ta`riflangandir.
U onglilik (o'qiganini o'qib olish), aktevlik, o'quvchilarning mustaqil ishlash va ko'rsatmalilik o'qitishning asosiy didaktik prinsipidir.
O'qitish va axloqning yaxshi bo'lishi uchun maktabda intizom bo'lish kerak, intizomni saqlash uchun bolalar bilan yaxshi munosabatda bo'lishi ko'rsatiladi.
Piragovning «Kiev o'quv okrugidagi gimnaziya o'quvchilarning gunohlari va ularga jazo berishda asosiy qoidalar» degan maqolasiga javoban Dobrolyubov ham «Yomirdan qochib jalaga» nomli maqolasida liberial oqim kishilarning ikkilanishini qattiq qoraladi.
Rus halqining ozodligi uchun kurash tarixida Chernishevskiy (1828-1889) va Dobrolyubov (1836-1861) larning faoliyati butun bir davrni tashkil etadi. Ular Belinskiy va Gersilarning ilg'or g'oyalarini davom ettirib yangicha ta`limot yaratadi. Chernishevskiy va Dobrolyubov izchil filosoflardir. Olimlar ularni rus sosial demokratiyasining to'ng'ch avlodi deb atadi.
Chernishevskiy va Dobrolyubovning revolyutson ta`limoti ilmiy pedagogika uchun katta axamiyatga ega bo'ldi. Lekin Chernishevskiy va Dobrolyubovlar tarixiy materi-alimizni tushunib etish darajasiga bormadilar, ular jamiyat taraqqiyotida idealistik fikrda qoldilar.
Ular rus kishisini, rus dehqonini revolyusiyaga tayyorlash kerak dedilar. Rossiyada sharoit o'zgargach maorifda ham burilish yasaladi deb hisobladilar. Chernishevskiy va Dobrolyubov mistikaga, diniy xurofotlarga, idealizmga qarshi kurash olib boradilar. Idealistik dunyoqarash fanga xilof ekanligini isbotladilar.
Dobrolyubov rus xalqining og'ir ahvoldaligi va qashshoq hayot kechirishi mavjud ijtimoiy tuzum natijasi deb bildi va bu tizimni og'darib tashlangandagini Rossiyada maorifni qayta qurish mumkin ekanligini ko'rsatadi. Ularning fikricha haqiqiy vatanparvarlik boshqa xalqlarga dushmanlik nazarida qarash bilan birga bo'la olmaydi, vatanga mehr-muhabbatini shaxsiy manfaat va munosabatlardan ustun ko'radi, u insoniyatga mehr-muhabbat bilan chambarchas bog'langan holda bo'ladi.
Bolalarni tarbiyalash oilasining eng muhim vazifasidir. ota-onalari o’z bolalarining taqdiri uchun davlat oldida javobgar ekanliklarini yaxshi tushunadilar. Bolaning tuyg’u va fikrlari, irodasi va xarakteri, ongi va xulqi avvalo oilada shakllanaboshlaydi. Bolaning qobiliyatlari oilada o’sib boradi, eng muhim ma’naviy sifatlar ham oilada tarbiyalanadi, eng kerakli malaka va odatlar ham oilada hosil qilinadi.
Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalangan taqdirda ham oila tarbiyasining ahamiyati kamaymaydi, bolalar maktabga kirgandan keyin ham tarbiya masalalarini oila bo’ynidan soqit qilaolmaydi.
Bola o’sib, to voyaga yetguncha oila uning tarbiyasi uchun javobgardir, binobarin, hechkimning bu javobgarlikdan o’zini chetga tortishga haqi yo’q.
Ammo buyog’i ham borki, maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda bolalar tarbiyasi maxsus tayyorlikka, bilim va malakaga ega bo’lgan pedagoglar qo’lida bo’lsa-da, ko’pgina ota-onalar shedagogikadan bexabardirlar. Ota-onalarning o’z bolalarini tarbiyalashda qiyinchiliklarga uchrab turishlarining sababi ham ko’proq shundadir. Lekin qiyiichiliklarga duch kelganda orqaga chekinish kishilari uchun yot bir narsadir, shuning uchun o’ylab ish qiladigan ota-onalar bunday hollarda pedagogika adabiyotiga murojaat qiladilar yo’li va mazmuni fuqarolik tarbiyaning cheksiz qudratiga chuqur ishonchga va chinakam gumanizmga tayangan edi. A. S. Makarenko eng muhim pedagogika printsipini quyidagicha ta’riflab bergan edi: «Mening asosiy printsipim hamisha ham: insondan mumkip qadar ko’proq talab etish va shu blan birga insonni mumkin qadar ko’proq hurmat qilish printsipi bo’ldi» degan edi.
Anton Semyonovich bu kitobning asosiy vazifasi ota-onalarning o’zlari fikr yuritishlariga madad berish, hayot tomonidan ular oldiga qo’yiladigan konkret vazifalarni ijodiy yo’l bilan hal-qilishlariga havas uyg’otish deb bilgan edi.
U bolalar tarbiyasi haqidagi lektsiyalarida ham shu maqsadni ko’zda tutadi. Lektsiyalarning boshdan-oyoq hamma yerida, bolalar tarbiyasi qiyin ish bo’lsa ham, lekin, shu blan birga, o’ylab ish qiladigan, demokratik jamiyat va o’z bolalari oldidagi masuliyatini sezadigan ota-onalarning qo’lidan keladigan va ular eplayoladigan ish, degan fikrga Makarenkoning chuqur ishonganligi yaqqol ko’rinib turadi. Ammo tarbiya ishi qiyin ish bo’libgina qolmay, balki ota-onalar qiyinchiliklarni yengib, davlatining yetuk grajdanlari tarbiyalab o’stirishda ajoyib natijalarga erishish blan zo’r qanoat hosil qiladigan quvonchli ish hamdnr.

184. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi


Ushinskiy didaktika sohasidagi qarashlarini “Ona tilini o'qitish yuzasidan qo'llanma, “Maktab-maorif ishlarini o'rganish uchun Shveysariya bo'ylab sayohat” maqolalarida bayon etdi.


Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik.
Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan.
Ushinskiy o'quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o'zlashtirishga katta e`tibor berdi. O'quv materiallarini takrorlashga doir metodikani ishlab chiqdi.
Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi.
Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o'qitish” nomli maqolasida zarur metodik ko'rsatmalar berdi. Uning fikricha o'qitishning uch vazifasi bor: 1. Bolalarning nutqini o'stirish. 2. Bolalarni o’z tilidan foydalanishga o'rgatish. 3. Tilning mashqini o'zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi.
K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darsliklar ham tuzdi:
1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan.
2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan.
Ushinskiyning fikricha, o'qituvchi xalq orasida chiqqan bo'lishi kerak: u pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va mahoratlarga ega bo'lishi kerak. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlab, ongini turli yangiliklar bilan boyitib borishi lozim.
Ushinskiy 1861 yilda “O’qituvchilar seminariyasining proekti” maqolasida boshlangich maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlash tizimini taklif etdi. Xulosa qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada maorif sohasida ko'p xizmat qildi. U «Rus dumboqchalarining do'sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”.

185. O’qituvchi faoliyati, uning opziga xos xususiyatlari va ijtimoiy ahamiyati


Inson faoliyatining muhim turlaridan biri bu o'qituvchining kasbiy faoliyati. Bu yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u insoniyat tomonidan to'plangan tajriba almashinuvini ta'minlaydi, bolalarni insoniyat madaniyati qadriyatlari bilan tanishtirishga yordam beradi. O'qituvchining ishi sharafli va talabchan. Uning harakatlari tufayli mamlakatning kelajagi ko'p jihatdan bog'liqdir.


O'qituvchi o'z davri madaniyatining vakili, shuning uchun uning faoliyati mazmunan tarixan o'zgargan. "O'qituvchi" atamasining o'zi antik davrda paydo bo'lgan. Yunon tilida o'qituvchi "bolani etakchi" degan ma'noni anglatadi, "paide" - bola va "oldin" - xabar. Bu qadimgi Yunonistonda bolani maktabga borgan kishining ismi. Odatda, u jiddiyroq topshiriqlar uchun mos bo'lmagan qul edi. Sekin-asta jamiyat o'qituvchiga bolani hayot orqali olib boradigan, to'plangan tajribani etkazadigan, yosh avlodning ma'naviy o'sishiga g'amxo'rlik qiladigan murabbiy sifatida munosabatda bo'ldi.
"O'qituvchi" atamasining hozirgi tushunchasi noaniq. Biz o'qitadigan olimlarni o'qituvchilar deb ataymiz nazariy muammolar pedagogika va yosh avlodni o'qitish bo'yicha amaliy ishlarni bajaradigan odamlar.
Keng ma'noda, o'qituvchi - bu bilimga ega bo'lgan shaxs. O'qituvchi bolalarni o'qitish va tarbiyalash yoki o'qituvchilik faoliyatini olib boradi.
Rus olimi V.A.ning ta'rifi bo'yicha. Slastenin, "... pedagogik faoliyat turi ijtimoiy faoliyatinsoniyat tomonidan to'plangan madaniyat va tajribani keksa avloddan yosh avlodga o'tkazishga, ularning shaxsiy rivojlanishi uchun sharoit yaratishga va jamiyatdagi muayyan ijtimoiy rollarni bajarishga tayyorlanishga qaratilgan. ... "
Pedagogik faoliyat, inson faoliyatining boshqa turlari singari, kasbiy va kasbiy bo'lmagan deb hisoblanishi mumkin.
Pedagogik faoliyat bu kasbiy yoki umumiy ta'limagar u yo'q odamlar tomonidan amalga oshirilsa kasb-hunar ta'limi. U inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi.
Avvalo, bunday tadbirlar oilada amalga oshiriladi. Ota-onalar birinchi tarbiyachi sifatida nafaqat bolalarning axloqiy, aqliy va jismoniy rivojlanishining asoslarini yaratibgina qolmay, balki ularning tarbiyasi uchun ham javobgar bo'lishlari kerak.
Pedagogik faoliyat shaxsning o'zini o'zi rivojlantirish jarayonida ham namoyon bo'ladi, u har bir shaxs tomonidan o'ziga nisbatan ixtiyoriy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, o'z-o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalash bilan shug'ullanadi.
Menejment sohasida pedagogik faoliyatga muhim rol beriladi. Shunday qilib, bo'limlar va tashkilotlar rahbarlari o'zlarining tajribalari va bilimlariga asoslanib, jamoaning shakllanishiga g'amxo'rlik qiladilar, uning a'zolarining o'zini o'zi rivojlantirish jarayonini tashkil qiladilar va shaxsiy va kasbiy o'sishni rag'batlantiradilar.
Ishlab chiqarish sohasida pedagogik faoliyat zamonaviy kompaniyalar tomonidan xodimlarni rivojlantirishning asosiy usuli sifatida ko'rib chiqilgan mentorlik shaklida amalga oshiriladi. Mentorlik - bu tajribali ishchilarning individual ishchilar yoki ularning guruhlari ustidan repetitorlar tomonidan to'plangan tajriba almashish asosida individual yoki jamoaviy homiyligi. Mentorlik sizga yosh xodimlarni tashkilotga o'qitish, o'qitish va moslashtirish muammolarini hal qilishga imkon beradi, ish madaniyati va korporativ qadriyatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Pedagogik faoliyat, umuman olganda, aloqa va muloqotning barcha sohalarini qamrab oladi, chunki bu odamlar o'rtasida o'zaro tushunishni, hamkorlikni o'rnatishga yordam beradi, muammolarni hal qilishda yordam beradi va ustuvor vazifalarni bajarishda yordam beradi. qo'shma faoliyat.

186. O’qituvchilik faoliyatining tizimi, kasbiy mahorati haqida tushuncha. pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati


Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida yosh o'qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko'mkrnaJarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg'in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O'zbekiston xalq ta'limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Ta'lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o'qitishning "Ta'lim-resurs" Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o'qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug'ildi.


Maktablarga yosh o'qituvchilarni jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, taTim-tarbiya jarayonida ilg'or va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko'rnamlashish maqsadida 2009-yildan boshlab "Respublika yosh o'qituvchilar assotsiatsiyasi" o'z faoliyatini boshladi.
Mustaqillikka erishgach, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan 1- oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda an'anaviy ravishda "Yilning eng yaxshi pedagogi" Respublika ko'rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. UmumtaTim maktablarida faoliyat ko'rsatayotgan pedagog xodimlar orasida ilg'or va tashabbuskor o'qituvchilar aniqlanib rag'batlantirili, yosh o'qituvchilarda o'z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg'otadi.
2006-yildan boshlab esa, "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" ko'rik tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. "Yil maktabi" - Respublika ko'rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. O'qituvchilarga jamoa asosida ta'lim muassasasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlami targ'ib etish uchun sharoit yaratmoqda. Shuningdek, mustaqillik yillarida respublika xalq ta'limi tizimidagi 3425 nafar o'qituvchi va murabbiylar pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlami qo'lga kiritganlari va fidokorona mehnatlari uchun turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar.
Barkamol avlodga ta'lim va tarbiya berishda cheksiz matonatlari uchun ustoz o'qituvchilardan olti nafari "O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan, 302nafari "O'zbekiston Respublikasi xalq o'qituvchisi" va 319 nafari "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi" faxriy unvonlariga sazovor bo'lganlar, 101 nafari "El-yurt hurmati", 2lnafari "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan 1229 nafari "Shuhrat" medali bilan taqdirlanganlar. «Kadrlar tayyorlash miiliy dasturi»da alohida ta'kidlangan milliy model O'zbekiston RespubHkasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg'or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis)-barkamol inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o'zida to'laqonli aks yettiravchi namunadir.
O'zbekiston RespubHkasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o'qituvchi kadrlarning roll nihoyatda beqiyos, XXI asr bolasini o'qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malakali mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasni faqat yuksak tajribaga ega XXI asr o'qituvchisigina uddalay oladi.
Pedagogik kompetentlik. Innovation muhim sharoitida pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo'yiladigan talablar.
Kompetentlik-chuqur bilimga egalik, chuqur bilimga asoslanganlik, asoslilik, xabardorlik omilkorlik.
Kompetensiya - lotincha so'z bo'lib, tegishli, layoqatli degan ma'noni bildiradi.
Muloqot - o'zaro munosabatlar, o'zaro ta'sirlarni ta'minlashga, ma'lumotlarni almashtirisbiii o'z icliiga olgan va munosabatlarni, ularning aloqalarini amalga oshiradigan, ma'lum yo'nalishga asosan olib boriladi-gan faoliyat hisoblanib, kishilarning birgalikdagi faoliyatining bir turidir. Pedagogik muloqot - o'quv-tarbiya jarayoni davomida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchilar bilan kasbiy muloqoti xisoblanadi.
Qobiliyat - shaxsning individual - psixolognk o'ziga xosligining psixologik tarkibiy tuzilishiga kiritilgan, qaysidir bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga taalluqli bo'lgan va bilimlar, malakalarni egallashning tezkorligini, yengilligini izohlab beradigan xususiyatdir. Hozirgi davrda o'qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish
"Ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko'tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etishishlari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb hisoblanadi" deyiladi
"Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentiningl997yil 6 oktabrda qabul qilgan Farmonida barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha ftkrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan yuksak malakali kadrlarga bog'liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o'qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuktatilgan.

187. O’qituvchi faoliyatining asosiy yo’nalishlari


188. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat. Pedagogik texnika


Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko’p qirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko’rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalani, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o’rin egallaydigan qator komponentlar /tarkibiy qismlar/ ni ajratib ko’rsatish mumkin:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin