. Shu maqsadda u o'ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo'lgan harbiy san’at sirlarini o'rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko'p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o'sha davrda ko'plab maktablar ochilgani hamda unda erli aholi farzandlari ham o'qitilganidan dalolat beradi.
. Shu maqsadda u o'ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo'lgan harbiy san’at sirlarini o'rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko'p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o'sha davrda ko'plab maktablar ochilgani hamda unda erli aholi farzandlari ham o'qitilganidan dalolat beradi.
. Eng qadimgi davrlarda yo'lga qo'yilgan ta’lim- tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz yana xalq og'zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo'shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g'oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo'lgan xalq og'zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo'lgan tarbiya tajribalari umumlashgan.
. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o'y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar- «Avesto», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali ma’lumdir.
. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o'y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar- «Avesto», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali ma’lumdir.
«Avesto»- eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko'p afsona va rivoyatlar yaratilgan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo'riqlariga binoan inson tomonidan o'z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan. Ayollarga g’amxo’rlik ko'rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat ko'rsatish asosiy insoniy burch sanalgan. Diniy g'oyalarga ko'ra, tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddasdir. Odamlar ularni e’zozlash, quyoshga sajda qilishga da’vat etiladi. Zardusht ta’limotida shaxsiy va turmush gigienasiga qat’iy amal qilish kishilar o'rtasida turh xil kasalliklar kelib chiqishining oldini oluvchi tadbir ekanhgi alohida uqtiriladi
80. Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo'lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur'oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislardar Ollohga, uning payg'ambari Muhammad alayhissalomga e'tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o'zaro ahil bo'lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo'lishlik yo'llari bayon etilgan. Xudi shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat'iy nazar, inson insonligi uchun ulug'lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik islomda yo'q va bo'lmagan.
Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olomshumul ta'limot.U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini o'qtirib keladi.Ayni paytda islom dinida razolat, kibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig'indisi emas. Anna shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, oriyatli, nomusli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar».
Demak, deyarli 15 asrdan beri ko'p musulmonlar (qariyib 1,5 milyard) ning axloqiy-ma'naviy dunyosini mustahkamlab kelayotgan islom dini, Qur'oni Karim, Hadislar, ayniqsa hadis ilmining buyuk allomalari (muxaddislari) Ismoil al-Buxoriy (810-870 y), Imom at-Termiziy (824-892 y) lar g'oyalarining ahamiyati bugungi kunda ham beqiyosdir. Markaziy Osiyo xalqlari axloqiy-pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VIII asrning o'rtalarida paydo bo'lgan va IX – XV asrlarda mintaqamizda keng yoyilgan tasavvuf yoki sufiyzim falsafasi, ayniqsa uning ko'zga ko'ringan vakillari Hoja Ahmad Yassaviy (1041-1167 y), Najmiddin Kubro (1145-1221 y), Bahovuddin Naqshbandiy (1318-1389 y) lar ta'limotlarining ahamiyati katta bo'ldi.