1,Ta’lim tizimi va turlari


Pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə83/148
tarix24.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#133880
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

108. Pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari

Pedagogik texnika bu shunday malakalar yigindisiki, u o’qituvchiga o’quvchi ko’rib, eshitib to’rgan vokea, xodisa, narsalar orkali ularga o’z fikrlari va xis – xayajonlarini yetkazish imkonini beradi. O’quvchi bilan bevosita muomala qilishda o’qituvchining ana shu malakalari uning xulq – atvorida namoyon bo’ladi. Mashxur rus pedagogi A.S.Makarenko «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, xazillashishni, kuvnok, jaxldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin», degan edi.


Pedagogik texnikaning bashqa tarkibiy kismi sifatida o’qituvchining mimik va pantomimik ko’rinishidir. Anik imo – ishora, ma‘noli qarash, ragbatlantiruvchi yoki istexzoli tabassum pedagogik ta‘sir ko’rsatishda ko’p so’zli tushuntirishga karaganda samarali muomala vositalari bula oladi.
Pedagogik texnika -- o’qituvchi nutkida imo – ishora, mimika, harakat bilan sodir bo’ladi.
O’qituvchi o’zining tashki ko’rinishini, xatti – harkatini, butun gavdaning, bosh, buyin, kullar harakatini to’g’ri idora eta olishi, ayrim so’zlar o’rnida mimik yoki pantomimik imo – ishoralarni urinli kullay bilishi, xissiyoti, kayfiyati, dikkatini to’g’ri bashqara bilishi kerak.
Pedagogik texnika malakalarining barchasi, shu jumladan nutk malakalari ham o’qituvchining shaxsiy psixik – fizilogik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Shaxsiy pedagogik texnika o’qituvchining yoshi, jinsi, ma‘lumot turi, mijozi, fe‘l – atvori, sixat – salomatligi, anatomik – fiziologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Mashxur pedagoglar ta‘kidlashicha : «Bu yokka kel (idi syuda) so’zini 15 – 20 xil turli ko’rinishda ifoda etolmasa, yo’z, ko’z to’zilishini 20 xilda o’zgartira olmasa u xakikiy master bula olmaydi», deydilar.
O’qituvchining o’quvchilar bilan mantikiy, psihologik va axloqiy munosabati mavjud bo’lib, mantikiy kontakt o’qituvchining har tomonlama uylab to’zilgan ma‘ro’za matni ( konspektidir ).
Psihologik kontakt :
o’quvchining, talabaning o’quv materialini tushunib, kabul qilishga tayyorgarligi;
o’qituvchi tomonidan tavsiya qilingan o’quv materialini o’zlashtirish uchun ichki aktivligi va tayyorgarligi:
o’qituvchi va o’quvchining axloqiy hamkorligi bo’lib, ularni bir – biriga o’zaro ta‘siridir.
Agarda darsda o’quvchi bilan o’qituvchining tulik hamkorligi bulmasa, o’quv maksadlariga tulik erishib bulmaydi.
Shuning uchun ham o’qituvchining birinchi utadigan darsi, oliy o’quv yurtida ukiladigan birinchi lektsiya juda ko’p javobgarlikni talab etadi. O’qituvchi birinchi darsda o’zining obrusini ishlab, o’quvchilarga ijobiy taassurot koldiradi.
O’quvchi, talaba birinchi darsda kutadi :
o’qituvchi bilan birgalikda ishlash uchun xavas va karatilgan dikkat bilan kutadi;
o’qituvchi lektsiyasi, darsi darslik o’rnini bosadigan dars bo’ladi deb uylaydi.
Agarda o’qituvchi sinfga, auditoriyaga kirgan vaqtida o’quvchi va talabaning tayyorgarligi, sinfning tayyorgarligiga e‘tibor bermasa, kim qanday holatda utirganligini ko’zdan kechirmasa, darsning rejasini va mavzusini e‘lon kilmasa, bunday dars o’quvchini tezda o’qituvchidan sovishiga, o’zoklashtirishiga olib keladi.
Darsda o’qituvchining lektsiyasi o’rtacha tempda bir minutda 60 – 80 so’zni tashkil etadi.
Pedagogik texnikani amalga oshirishning muxim talablaridan biri o’qituvchi doimiy ravishda doskadan foydalanishi, chiroyli va savodli yoza bilishi, buning uchun doska toza, xul latta, sifatli bur bo’lishidir.
Pedagogik jarayonda teatr pedagogikasi elemetlarini kullash. Biz yukorida pedagogik texnikaning tarkibiy kismi sifatida o’qituvchining nutk malakalarini, ya‘ni savodli gapirish, o’z nutkini chiroyli, tushunarli, ta‘sirchan bayon etish, o’z fikr va tuygularini so’zda anik ifodalash malakalarini aytib utdik.
Pedagogik texnikani tulik egallash uchun o’qituvchi aktyorlik va rejissyorlik mahorati tarkibiy kismlarini ham egallashi zarur. Chunki o’qituvchining faoliyati bir kator xususiyatlari bilan aktyor va rejissyorning badiiy – ijodiy faoliyatiga yakindir. Harakat, dikkat, mushaklar yorkinligi, xayol, muomala va bashqalar teatr pedagogikasining asosiy tushunchalari bo’lib, ularni bulajak o’qituvchi ham o’zlashtirib olishi foydalidir.
Teatr faoliyati bilan pedagogik faoliyat bir – biriga yakin bo’lib, bir kator umumiy jarayon xususiyatlariga ega.
Teatr faoliyati bilan pedagogik faoliyatning maksadning uxshashligi yakinlashtiradi. Har ikkala faoliyatda ham maksad kishining kishiga tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishi va kishida muayyan tuygular va kechinmalar vujudga keltirishidir. Teatrda ham pedagogik faoliyatda ham shaxsga ta‘sir ko’rsatish ko’roli umumiydir; ya‘ni so’z aktyor bilan pedagogning o’z psixofizik tabiati ana shunday ko’rol vazifasini bajaradi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin