1,Ta’lim tizimi va turlari


Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə97/148
tarix24.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#133880
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan.
Didaktika atamasini nemis pedagogi 1571-1635 yillarda yashab ijod etgan Volfgang Ratke fanga 1613-yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan deb hisoblanadi.
Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor chex pedagogi 1592-1670 yillarda yashab ijod etgan Ya.A.Komenskiy tomonidan 1657-yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy “hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati” deb tushuntirdi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
2. Didaktikaning predmeti va vazifasi.
Hozirgi davrda didaktika o`qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o`tish (o`qituvchi faoliyati) va bilim olish (o`quvchining o`rganish faoliyati)ning o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo`ycha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqchlarida u yoki bu fanlarni o`rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o`qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.
Didaktika predmetini aniqlash bo`ycha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo`lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog`liq.
Ko`pchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb o`qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko`rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi.
Darhaqiqat, o`qish, o`rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o`rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o`quvchi va o`qituvchi) o`rtasidagi munosabatlar yetakchi o`rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin