Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi
Har qanday fan ham yakka holda o‘zi mukammallikka erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek pedagogika fani ham hozirgi kunimiz umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi malumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘G‘risidagi malumotlarga asoslanadi o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlangan insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, etika va estetika bilogiya va madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadir.