№2 2-mavzu: Til va yozuv masalalari


O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI



Yüklə 478,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix01.11.2022
ölçüsü478,91 Kb.
#118862
1   2   3   4   5
2 mavzu ona tili

O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI 
Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a 
ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning 
faqat yo z m a shakli uchun, to`g`ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g` z a k i nutq 
shakli uchun xosdir. 
O`zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo`lib fonetik, leksik, grammatik 
jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir. 
Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega. 
- og`zaki shakl – orfoepiyada 
- yozma shakl – orfografiyada o`rganiladi 
ORFOGRAFIYA: Adabiy tilning yozma shaklini, to`g`ri yozuv qoidalarini 
(imlo qoidalarini) o`rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga 
asoslanadi: 
Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko`ra so`z o`zak-negizida birorta fonetik 
hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz 
beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi. 
Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda 
unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan: 
*past, sust so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi: 
pasay, susay. 
*ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, - 
ovlon) asosdagi unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov. 
*men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,- 
ning) qo`shilsa: meni, seni, mening, sening. 
*bag`ir, ko`ngil, shahar kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi 
bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi. 
Tovush orttirilishi - bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida 
undosh tovushlar orttiriladi: 
*achi, isi, sasi so`zlariga –q so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush 
orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq. 


*u, bu, shu ko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (– 
ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, 
bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday. 

Yüklə 478,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin