2. Alomatlari Quloq nog’ora pardasi yirtilishini tashxislash


Quloq pardasi teshilishi / yirtilishi — sabablari, alomatlari, davolash



Yüklə 126,42 Kb.
səhifə2/8
tarix26.11.2023
ölçüsü126,42 Kb.
#135577
1   2   3   4   5   6   7   8
Eshituv nervining nervit kelib chiqish asoratlari sabablari reja-hozir.org

Quloq pardasi teshilishi / yirtilishi — sabablari, alomatlari, davolash



Quloq pardasi (nog’ora parda) — tashqi quloqni o’rta quloqdan ajratadigan membrana. Ushbu tuzilimaning asosiy vazifasi — ovozni uzatishdir. U ovoz uzatish zanjiridagi birinchi halqa hisoblanadi. Nog’ora parda eshituv suyaklari bo’ylab eshitish tizimining chuqurroq qismlariga ovozli tebranishlarni sifatini buzmagan holda uzatish imkonini beradi.


Quloq pardasining teshilishi yoki yirtilishi eshitish qobiliyatini vaqtinchalik yoki qayta tiklanmas darajada yo’qotish, o’rta quloqqa infektsiya tushishi, pardaning noto’g’ri yoki faqat qisman bitishi bilan xavf tug’diradi. Quloq nog’ora pardasining yaxlitligi buzilishi hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi. Shu sababli ushbu holatning asoratlari yetarlicha jiddiy.
Eshitishning qayta tiklanishi prognozi bu holatda vaziyatning sabablari, teshilish darajasi va ko’rsatilgan terapevtik chora-tadbirlarga bog’liq bo’ladi.

Quloq pardasi teshilishi sabablari



Ko’pincha nog’ora parda perforatsiyasi quyidagi hollarda uchraydi:


  • Quloq infektsion kasalliklarining yiringli kechishi — ekssudat beradigan bosim pardaning yiringli erishi bilan birgalikda uning yupqalashishiga va yirtilishiga olib keladi;


  • Tashqi muhit bosimining keskin pasayib ketishi — havo transportida uchish yoki quloqqa kaft (shapaloq, tarsaki) yoki bironta tekis jism bilan urganda;


  • Shovqinli jarohat;


  • Quloq parasining mexanik shikastlanishi — yot jismlar kirishi yoki quloqni tozalash vaqtida.

Ba’zida yiringli otit aniqlansa, yiringning chiqishini ta’minlash, eshitish naychasini ventilyatsiyasini tiklash va og’riq sindromini bartaraf etish uchun quloqni jarrohlik usulida majburiy teshishga murojaat qilinadi.


Alomatlari



Quloq pardasi teshilsa, ko’pincha unga kuchli og’riq hamrohlik qiladi. Bundan tashqari, quyidagi belgilar ham qo’shilishi mumkin:
  • Quloqda shovqin (tinnitus);


  • Eshitish qobiliyatining pasayishi;


  • Atrofdagi tovushlarni eshitish va nutqning buzilishi;


  • Quloqdan shaffof suyuqlik, qon yoki yiring oqishi;


  • Bosh aylanishini chaqiradigan ko’ngil aynishi va qayt qilish;


  • Agar teshilish ekssudatning ortiqcha ichki bosimi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, teshilishdan keyin ortiqcha yiringning chiqib ketishi natijasida og’riq kamayadi.



Yüklə 126,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin