2-amaliy mashg‘ulot (2 soat) statistik kuzatish



Yüklə 69,93 Kb.
səhifə6/7
tarix26.11.2023
ölçüsü69,93 Kb.
#136577
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

Muntazam xatolar doimo bir yo’nalishda bo’ladi. Ular oldindan ko’zlangan va oldindan ko’zlanmagan xatolarga bo’linadi. Oldindan ko’zlangan xatolar - bilib turib qilinadigan xatolardir. Masalan, hisobotlardagi qo’shib yozishlar, yo’q narsani bor deb to’ldirish va h.k.
Qisqasi bu xatolarni maqsadli xato desak ham bo’ladi.
Oldindan ko’zlanmagan muntazam xatolar tasodifiy sabablar yoki ro’yxatga oluvchilarning o’z ishiga e’tiborsizligi natijasida paydo bo’lishi mumkin. Masalan, sutning yog’lilik darajasini (foiz hisobida) tekshirish kerak. Bu operatorning har kuni qiladigan ishi. Lekin operator har kuni sutning sifatini tekshirishdan oldin u o’z uskunalarini to’g’ri ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak. Keyin insonlarda yaxlitlab aytish odati bor. Necha bosh qo’yingiz bor deb so’ralsa, odatda 10 tacha deb javob beriladi. Haqiqatda esa qo’ylar soni 8 ta yoki 12 ta bo’lishi mumkin.
Reprezentativ (bu xatolarni tanlab kuzatish mavzusida chuqur o’rganamiz) xatolar qisman kuzatishga xos bo’lgan xatolardir. Ular tanlab olingan to’plam birliklari bosh to’plamdagi xususiyatlarni o’zida to’la aks ettirmaganligi tufayli paydo bo’ladi.
Kuzatish xatosiz bo’lishi juda ham qiyin masala. Lekin uni iloji boricha kamaytirish yoki umuman yo’q qilish statistikaning muhim vazifalardan biridir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha masalalarning to’g’ri echilishi kuzatish xatosini yo’qotishning omillaridir. Xatolarni kamaytirishning yana bir yo’li- ma’lumotlarni qabul qilish paytidagi nazorat qilishdir. Nazorat arifmetik va mantiqiy bo’ladi. Arifmetik nazoratda chiqarilgan jamlar, bir-biriga bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar tekshirib ko’riladi. Mantiqiy nazoratda esa javoblar to’g’riligi tahlil qilinadi. Masalan, so’rov varaqasida keltirilgan javoblar: jinsi-ayol, yoshi-8, ma’lumoti oliy. Ko’rinib turibdiki javoblardan bittasi noto’g’ri.


Asosiy tayanch iboralar


  • Statistik tadqiqot usuli

  • Statistik kuzatish usuli

  • Statistik hisobot

  • Maxsus kuzatishlar

  • Uzluksiz kuzatish

  • Fursatli kuzatish

  • Bir yo’la kuzatish

  • g’ppsasiga kuzatish

  • Qisman kuzatish

  • Anketali kuzatish

  • Tanlanma kuzatish

  • Monografik kuzatish

  • Asosiy massivli kuzatish payti

  • Bevosita kuzatish

  • Hujjatli kuzatish

  • Savol-javobli kuzatish

  • O’z-o’zini qayd qilish

  • Korrespondentsiya

  • Kuzatish rejasi

  • Kuzatish dasturi

  • Kuzatish ob’ekti

  • Kuzatish birligi

  • Kuzatish formulalari

  • Kuzatish yo’riqnomasi

  • Kuzatish organi

  • Kuzatish vaqti

  • Kuzatish joyi

  • Kuzatishning kritik

  • Tasodifiy xato

  • Muntazam xato

  • Reprezentativ xato




Yüklə 69,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin