2-amaliy mashg‘ulot (2 soat) statistik kuzatish



Yüklə 69,93 Kb.
səhifə1/7
tarix26.11.2023
ölçüsü69,93 Kb.
#136577
  1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

2-amaliy mashg‘ulot (2 soat)

STATISTIK KUZATISH


Maqsad: Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha, statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari, statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun. Xalq so’zi, 2002 yil 26 dekabr.
2. Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 24-33 betlar., Noutbuk va tarqatma materiallar
3. http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
Ishning mazmuni:



    1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha

    2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari
    3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari

    4. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati


Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham uni statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi.


Statistik kuzatish deb, o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga aytiladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqariladi.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir.
Masalan, o’shcha moliyaviy holatga qaytaylik. Agarda birinchi yilda to’plamning barcha birliklari (faraz qilaylik 114 ta), kelgusi yili to’plamning qismi (94 tasi), uchinchi yilda qolgan bir qismi (20 tasi) kuzatilsa, olingan ma’lumotlar vaqt bo’yicha to’la-to’kis bo’lmaydi va ularni taqqoslash mumkin emas.
To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. Agarda qandaydir bir shubha tug’ilsa (uni hajmidan qat’iy nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu erda gap arifmetik hisob-kitob ustida ketmayapti, balki har birini birlikni ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi ustida bormoqda.
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir.

Yüklə 69,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin