2-amaliy mashg‘ulot (2 soat) statistik kuzatish


Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari



Yüklə 69,93 Kb.
səhifə2/7
tarix26.11.2023
ölçüsü69,93 Kb.
#136577
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

2.2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari


Statistik kuzatish ikki shaklda – statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlar (tekshirishlar) shaklida tashkil etiladi. (2.1.sxema).


Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi. Uning ma’lumot manbai bo’lib buxgalteriya va operativ hisob hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich yozuvlardir. Joriy statistika butunlay va to’laligicha hisobot ma’lumotlariga asoslanadi. Hisobot ma’lumotlari, qaysi darajada bo’lmasin (korxona, tuman, viloyat va respublika) operativ boshqarishda, rivojlanishning strategik yo’nalishlarini belgilashda va belgilangan rejalarning bajarilish darajasini o’rganishda juda katta ahamiyatga ega. Ammo statistik hisobot qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilmasin, qanchalik tez va aniq ma’lumotlarni etkazib bermasin, uning ma’lumotlari amaliy menejment uchun, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish uchun, strategik yo’nalishlarni belgilash uchun etarli emas. Shuning uchun ham hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo’llaniladi. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro’yxatini misol keltirishimiz mumkin. Sobiq ittifoq chegarasida aholi 7 (1920, 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 y) marta ro’yxatdan o’tkazilgan. Aholi ro’yxatini o’tkazishdan maqsad, uning soni, joylanishi, tarkibi, migratsiyasi, yoshi, ish bilan bandligi va h. k. to’g’risida bebaho ma’lumotlar to’plashdir.


2.1-sxema. Statistik kuzatishning shakllari, usullari va turlari
O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo’linadi.
Yoppasiga kuzatishda to’plam birliklarining barchasi kuzatiladi. Masalan, O’zbekistonda aholi ro’yxati o’tkaziladigan bo’lsa, respublika fuqarolarning barchasi (qaerdaligidan qat’iy nazar) ro’yxatga olinadi. Bu degani fuqaro chet davlatdami, dengizdami, okeandami va hatto kosmosdagi kishi ham ro’yxatdan o’tishi kerak.
Qisman kuzatishda o’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to’rtta turga: anketa orqali kuzatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bo’linadi.
Anketa orqali kuzatishda savollar yozilgan varaqalar kuzatish birliklariga tarqatilib, ular to’ldirilgandan so’ng yig’ishtirib olinadi va umumlashtiriladi. Bunday kuzatish jamoatchilik fikrini aniqlashda va,ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hodisa va voqealar bo’yicha maxsus mustaqil ekspertlarning fikrlarini bilishda yaxshi natija beradi.
Monografik tasvirlash deganda to’plamning bir bo’lagini har tomonlama va chuqur o’rganish tushuniladi.
Masalan, viloyatda bir jinsli 104 ta korxona bor, shundan 4 tasi juda ham ilg’or. Nima sababdan ilg’or ekanligini bilish va ularning ilg’orlik tajribasini boshqa korxonalarga yoyish va ommalashtirishda qo’llaniladi.
Asosiy massivni kuzatishda o’rganilayotgan belgi umumiy hajmining o’zgarishiga olib keladigan eng salmoqli o’rin tutgan birliklar ajratib olib o’rganiladi. Masalan, shaharda 150 oziq-ovqat do’koni bo’lib, shundan 15 tasi tovar aylanmasining 70-80 foizini beradi. Demak, 150 ta oziq-ovqat do’konining barchasini o’rganib o’tirmasdan, 15 do’konni o’rganib shaharda oziq-ovqat savdosi qanday tashkil qilinganligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Tanlab kuzatish deganda bosh to’plamdan bir qismini tanlab olib tekshirish tushuniladi. Agarda kuzatishning bu turi to’g’ri tashkil qilinsa, qisman kuzatishning turlari ichida eng yaxshi o’rganilgan ma’lumotlar umumiy to’plam haqida to’la-to’kis va aniq fikr yuritish imkonini beradi. Bu kuzatishda asosiy muammo tanlanma to’plamning reprezentativligini (vakolatliligini) ta’minlashdir.
Agarda tanlab olingan to’plamda bosh to’plamning muhim xususiyatlari namoyon bo’lsa, u to’plam reprezentativ deyiladi. Reprezentativlikni ta’minlash tanlash usullarini to’g’ri belgilashga bog’liqdir. Statistikada tasodifiy, tipik, mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud.
Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish bevosita kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi.
Bevosita kuzatishda kuzatuvchi o’rganilayotgan to’plam birliklarini birma-bir ko’rib, sanab, tortib va o’lchab, keyin ro’yxatdan o’tkazadi. Hujjatli usulda esa kerak bo’lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi. Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga yoziladi. Bu usulda so’raluvchidan hech qanday hujjat talab qilish mumkin emas. Bu usulga aholi ro’yxatini misol keltirish mumkin. So’roq-javob usuli o’z navbatida uchga bo’linadi: og’zaki usul; o’z-o’zini qayd qilish usuli; korrespondentsiya usuli.
Og’zaki usulda, kuzatish organlari tomonidan maxsus tayyorlangan shaxslar kuzatilayotgan shaxslarga og’zaki savol berib javob oladilar. Olingan javoblar varaqaga yozilib, keyin umumlashtiriladi.
O’z-o’zini qayd qilish usulida kuzatuvchi maxsus tayyorlangan so’rov varaqasini kuzatuvchilarga tarqatadi va ma’lum vaqtdan so’ng to’ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladi. Bu usulda savollarga javobni kuzatilayotgan shaxslarning o’zi beradi va o’z qo’li bilan savol varaqasini to’ldiradi. Zarur bo’lgan ma’lumotlarni ixtiyoriy korrespondentlar orqali ham to’plash mumkin. Bunga misol Germaniyada chorrahalarda ixtiyoriy valanterlar turib (kamida uch kishi) yo’l qoidasini buzgan haydovchilar haqidagi ma’lumotlarni politsiya xodimlariga yuborishlarini keltirish mumkin. Oxirgilari esa haydovchilarga nisbatan chora belgilaydilar. Ularni o’zaro uchrashuvi ta’minlanmaydi. Valantyorlarga to’la ishoniladi.

Yüklə 69,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin