Statistik tadqiqot statistik kuzatishdan nima bilan farq qiladi?
Statistik kuzatish bilan oddiy kuzatishning nima farqi bor?
Statistik kuzatish o’tkazish uchun qanday qoidalar mavjud?
Siz o’z xususiy korxonangizni moliyaviy holatini tahlil qilish uchun korxona balansi va boshqa hisobotlar orqali ma’lumot to’pladingiz. Bu ish statistik kuzatishning qaysi shakliga kiradi?
Maxsus tayyorlangan dastur orqali ma’lumot to’plasak qanaqa statistik kuzatish o’tkazgan bo’lamiz?
Siz nikohdan o’tdingiz, muchalga to’lganda to’liq tibbiyot ko’rigidan o’tdingiz, 40 yoshga kirganda oilangiz bilan tog’ bag’irlarida dam oldingiz. Bu hodisalar statistik kuzatishning qaysi shakli?
Moliya-iqtisod fakultet dekani talabalarning o’qituvchilar to’g’risidagi fikrlarini bilish uchun kurs va guruhlarda «O’qituvchilar talabalar nigohida» so’rovnomani o’tkazdi. Kredit-iqtisod fakultet dekani esa faqat IV kurs talabalari bo’yicha bu ishni bajardi. Fakultet dekanlari statistik kuzatishning qaysi turini qo’lladilar?
Kuzatish ob’ekti va kuzatish birligi teng bo’lishi mumkinmi? Qani misollar keltiringchi?
Kuzatish formulyari va yo’riqnomasi nima uchun kerak? Ularni kim ishlab chiqadi?