2-Amaliy mashg‘ulot: DMK dagi kirish va chiqish portlarini o’rganish. KR580VA86 shinali shakllantirgichqurilmasi. Mikrosxema KR580VA86 – bu ikki taraflama yo’nalgan 8-razryadli shina shakllantirgichi bo’lib, mikroprotsessor va sistema shinasi bilan ma’lumot almashinishni ta’minlash uchun mo’ljallangan. U yuqori yuklamalik qobiliyatiga ega. Mikrosxema inversiyasiz, chiqishda uch holatli shina shakllantirgichdir. Mikrosxemani shartli grafik belgilanishi 1.12-rasmda ko’rsatilgan.
5.24-rasm. KR580VA86 seriyadagi mikrosxemani shartli grafik belgilanishi. Mikrosxema bir xil funksional bloklar va boshqarish sistemasidan tuzilgan. Blok ikki taraflama yo’nalishli kuchashtirgich-shakllantirgichdan iborat. Mikrosxemani oyoqlarining vazifalari 7.12-jadvalda keltirilgan. Boshqarish sxemalari orqali uzatishga ruhsat berish (uch holatli boshqarish) va axborot uzatish yo’nalishini tanlash amalga oshiriladi. OE va T boshqarish signallarini turiga qarab mikrasxema uzatish rejimida A—»V, V—»A yoki "o’chirilgan" rejimlarda ishlaydi.
OE=0, T=1 bo’lganda uzatish yo’nalishi A—»V;
OE=0, T=0 bo’lganda uzatish yo’nalishi V^»A:
OE=1, T=X bo’lganda A va V chiqishlarda uchunchi holat o’rnatiladi. Bu yerda X farqsiz holat (mantiqiy 0 yoki 1 ).
KR580VA86 mikrosxemasini chiqishlarni vazifalari 1-jadval