2-Amaliy mashg‘ulot. Jarohatlarni o‘rganish. Yo‘riqnomalar Ishdan maqsad



Yüklə 20,55 Kb.
səhifə1/4
tarix13.11.2022
ölçüsü20,55 Kb.
#119428
  1   2   3   4
2-Amaliy mashg‘ulot.


2-Amaliy mashg‘ulot.


Jarohatlarni o‘rganish. Yo‘riqnomalar


Ishdan maqsad — mehnat muhofazasi bo‘yicha hisobot hujjatlari bilan tanishish, ularning vazifasi va mazmuni hamda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblashni o‘rganish.


2.Korxonada mehnat muhofazasi ishlarini tashkil qilish.


Korxonada ma’muriyatning va muxandis-texnik rahbar xodimlarning vazifalari O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi asosida tashkil qilinadi. Uning asosida ularning lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Korxonada mehnat muhofazasining umumiy holatiga, jarohatlarni va kasbiy kasalliklarning oldini olish va kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish uchun javobgarlik korxona rahbari va bosh muxandisga yuklatiladi.
Korxona rahbarining vazifalari:

  • Kasbiy kasalliklar va ishlab chiqarish jaroxatlarining
    oldini olish bo‘yicha tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirish;

  • ushbu tadbirlar ro‘yxatini o‘z vaqtida tasdiqlash va mablag‘ bilan ta’minlash hamda ularning to‘g‘ri ishlayotganligini nazorat qilib turish;

- mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoa shartnomalarining va bitimlarining bajarilishini ta’minlash;
- mehnat kodeksining ish rejimi, dam olish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha bandlarini bajarish;
- kasaba uyushmalarining, jamoatchi nizomlar va mehnat muhofazasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalarning taklif va muloxazalarini bajarish;
- alohida ishlar va kasblar uchun xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnomalarni tasdiqlash;
- amaldagi me’yorlarga muvofiqishchilarni korjomalar, maxsus poyafzallar, shaxsiy himoya vositalari va maxsus ovqatlar bilan ta’minlash.
Korxona bosh muxandisining vazifalari:

  • barcha sex va bo‘lim boshliqlari tomonidan, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunda belgilangan me’yor va qoidalarning bajarilishini uzluksiz ravishda tekshirib turish;

  • barcha kasblar va ish turlari bo‘yicha, mehnat muhofazasining amaldagi me’yor va qoidalariga va korxona sharoitiga moslashtirilgan yo‘riqnomalarini ishlab chiqilishini nazorat qilish;

- yo‘riqnomalarning va xavfsiz ish usullariga o‘qitishning borishini nazorat qilish;

  • ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida taftish qilinishini va rasmiylashtirilishini nazorat qilish;

  • ishchilarni o‘z vaqtida davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini nazorat qilish;

  • xavfsiz ish usullarini targ‘ibot qilish, xavfsizlik texnikasi xonalarida ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, plakatlar va ogohlantiruvchi yozuvlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish;

  • kasaba uyushmalari bilan birgaliqda mehnat muhofazasi holati bo‘yicha ko‘riklar o‘tkazish, ishchilar tomonidan keltirilgan takliflarning ijrosini nazorat qilish;

- murakkab texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashda zamonaviy xavfsiz konstruksiyalarni, shamollatish va sanitariya-maishiy moslamalarni joriy qilish;
- mehnat muhofazasi, texnik estetika va ishlab chiqarish
madaniyati bo‘yicha tajriba almashish ishlariga rahbarlik qilish;

  • ishchilarga o‘z vaqtida sifatli korjoma, maxsus poyafzal va shaxsiy himoya vositalari berilishini nazorat qilish;

  • kasaba uyushmalari nozirlarining va mehnat muhofazasining jamoatchi nozirlarining taklif va mulohazalarining mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi meyor va qoidalarining bajarilishini tekshirish;

  • ishlab chiqarish jarohatlari va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzishni nazorat qilish.




Yüklə 20,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin