2-Amaliy mashg‘ulot. Jarohatlarni o‘rganish. Yo‘riqnomalar Ishdan maqsad



Yüklə 20,55 Kb.
səhifə4/4
tarix13.11.2022
ölçüsü20,55 Kb.
#119428
1   2   3   4
2-Amaliy mashg‘ulot.

Asosiy hujjatlar.

1. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tganligi haqida nazorat varaqasi.



  1. Kirish yo‘riqnomasini rasmiylashtirish jurnali.

  2. Ish joyida o‘tiladigan barcha yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnali.

  3. Baxtsiz hodisalarni rasmiylashtirish jurnali.

  4. Baxtsiz hodisalar tufayli vaqtinchalik yo‘qotilgan ish kunlari va mexnat muhofazasi tadbirlari uchun xarajatlar haqida 7-TVN formasi bo‘yicha statistik ma’lumotnoma.

  5. Yuqorida keltirilgan hujjatlarning formalari ushbu uslubiy qo‘llanma ilovasida keltirilgan.

Ishni bajarish tartibi.
1. Sanoat korxonasida mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish bilan tanishish.

  1. Korxona ma’muriy-rahbar xodimlarining mehnat muhofazasidan lavozim vazifalarini o‘rganish va aytib berish.

  2. Korxona mehnat muhofazasi muxandisi qanday huquqlarga ega ekanligini aytib bering.

  3. Ushbu ishning ilovasida keltirilgan mehnat muhofazasi bo‘yicha hisobot hujjatlarini tahlil qilib bsriig.

  4. Ishga yangi kirayotgan xodimning ariza berishidan mustaqil ishga tushganigacha bo‘lgan vaqtdagi tartibni tahlil qiling, buning uchun: Siz boshqarayotgan sexga ishga kirish uchun ariza yozish, rezolyusiya qo‘yish, kirish yo‘riqnomasi o‘tkazish, nazorat varaqasini to‘ldirish, dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish ishlarini bajarish.

  5. Berilgan ko‘rsatkichlar asosida jarohat ko‘rsatkichlarini va ulardan ko‘rilgan moddiy zararni hisoblash uchun 7-TVN formasi bo‘yicha hisobot tayyorlang va uni tahlil qiling.



Nazorat savollari.

  1. Korxonada mehnat muhofazasi xizmatini tashkil qilish haqida gapirib bering.

  2. Korxona direktori, bosh muxandis, bosh mexanik, sex boshlig‘i, mehnat muhofazasi muxandisining mehnat muhofazasi bo‘yicha lavozim vazifalarini gapirib bering.

  3. Mehnat muhofazasi muxandisining huquqlari haqida gapirib bering.

  4. Korxonada mehnat muhofazasi xizmatini tashkil qilishda qaysi hujjatlar ishlatiladi?

  5. Ishga qabul qilish tartibini tushuntirib bering.

  6. Mehnat muhofazasi yo‘riqnomalari va kurs o‘quvlari qanday rasmiylashtiriladi?

  7. Nima uchun korxonada ro‘y bergan hodisalarning xisobotini olib borish kerak?

  8. Mehnat muhofazasi bo‘yicha 7-TVN formasidagi hisobot qanday axborotlarni o‘z ichiga oladi va qaysi muddatda va qaerga topshiriladi?

  9. 7-TVN hisoboti bo‘yicha jarohatlarning qanday ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi?

  10. Mehnat muhofazasi bo‘yicha yillik hisobotda jarohatlarning qanday statastik ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi?

11. Baxtsiz hodisalarning chastota koeffitsienti nimani ko‘rsatadi?

  1. Yuqotilgan ish kunlari koeffitsienti nimani ko‘rsatadi?

  2. Bitta ishchiga va bitta jabrlanuvchiga nisbatan moddiy zarar koeffitsienti qanday hisoblanadi?

Yüklə 20,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin