2-amaliy mashg’ulot: Qog’ozni ketma-ket usullarda buklab maketlar yasash.Amaliy mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi
Qog’ozni ketma-ket usullarda buklab maketlar yasash Maqsad: Qog’ozni ketma-ket buklash usullarini o’rgatish. Ketma-ket usullarda buklab maketlar yasashga o’rgatish
1.Qog’ozni ketma-ket usullarda buklab stakan maketini yasash.
2.Qog’ozni ketma-ket usullarda buklab buzoq boshi maketini yasash.
3.Qog’ozni ketma-ket usullarda buklab oq qush maketini yasash.
4.Qog’ozni ketma-ket usulda buklab quyoncha maketlarini yasash.
Ish joyini to’g’ri tashkil etish:O’qituvchi stolning ustiga skater yoki dasturxon yozib, o’ng tomoniga qaychi, elim uchun cho’tka, chizg’ich, qalam, o’chirg’ich joylashtiriladi. O’quvchini old tomoniga elim, qiyqimlar uchun quticha va latta joylashtiriladi. O’quvchining chap tomoniga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qog’oz to’plamini, qog’oz to’plamini va kerakli materiallar joylashtiriladi. Ish jarayonida sanitarik-gigienik talablarga va ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya etish kerak.
Kerakli materiallari va ish qurollarini tayyorlash. Metodik qo’llanmalar, slaydlar, ko’rgazmalar, rangli qog’oz to’plami, oq qog’oz, chizg’ich, qaychi, qalam, yelim.
Qog’oni konvert shaklida buklashni amalga oshiring
Qog’oni uchburchak shaklida buklashni amalga oshiring
Qog’oni do’ppi shaklida buklashni amalga oshiring
Ketma-ket usullarda buklab maketlar yasash texnologiyasi 1 «Uycha» maketini yasash bosqichlari 1-bosqich: Ikki tomoni 10 sm bo’lgan kvadrat shaklidagi qog’oz olinadi. Kvadrat shaklidagi qog’ozni buklash usullari orqali 16 ta kvadrat, 32 ta uchburchak chiziqlar hosil qilinadi.