Ajratilgan bo‘lakning bu ikki xil vazifasi uning
ajratish usuli orqali ham bilinib turadi.
• Esda saqlang. Ajratilgan bo‘laklar yuqoridagi
vazifaga muvofiq ikki xil yo‘l bilan ajratiladi:
• a) tartibni o‘zgartirish;
• b) bir nomni boshqacha nomlash.
Sifatlovchi aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin
keladi. Ba’zan tinglovchining diqqati sifatlovchiga tortilganda,
so‘zlovchi uning odatdagi tartibini o‘zgartirib, sifatlanmishdan
keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa
bo‘laklaridan boshqacha ohang bilan ajralib qoladi.
Sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bo‘yicha qo‘llangan
sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida ta’kidlanadi.
Gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga
aylanadi.
Juda muhim.
Ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar
yozuvda boshqa bo‘laklardan doimo vergul bilan, agar
sifatlovchi aniqlovchilarni o‘zi uyushgan bo‘lib, ichida vergul
bilan ajratilgan bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan
tire bilan ajratiladi.
Nutq jarayonida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan so‘zni
qo‘llasangiz, tinglovchiga tushunarli bo‘lish uchun uning
yoniga ma’lum bo‘lgan so‘zni qo‘yib bayon qilasiz. Masalan,
Lingvistika — tilshunoslik, mening sevgan fanim bo‘
ladi.
Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo‘lgan so‘zning ma’nosini
aniqlashtirish uchun uning yoniga konkretroq, aniqroq ma’no
bildiruvchi so‘zni keltirasiz.Masalan:Litseydagi dugonamni —
Nodirani ko‘rib qoldim. Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsani
boshqa narsaga o‘xshatib, ularning nomini yonma-yon
ishlatamiz. Masalan: Shu farzandimni — ko‘zim qorasini —
elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.
Natijada, bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi.
Ikkita nom bo‘lishi, har ikki nomning bir xil so‘roqqa javob
bo‘lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo‘lishi
bilan bunday ajratilgan bo‘laklar uyushgan bo‘laklarga
o‘xshaydi.
Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar
ko‘p. Bu gapdagi
unda, Halimning ukasida bo‘laklari ikki
kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa,
uyushgan bo‘lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan
biroz to‘xtamda
n so‘ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa,
ajratilgan bo‘lak bo‘ladi.
•
Juda muhim:Bunday ajratilgan bo‘laklar gapning
boshqa bo‘laklaridan vergul, ba’zan tire bilan
ajratiladi. Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi
mumkin. Qaysi gap bo‘lagining so‘rog‘iga javob
bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha gap bo‘lagining nomi
bilan yuritiladi
.