2-bosqich 1-semestr 16-mavzu: Ajratilgan bo‘lakli gaplar. Tatibni o‘zgartirish va izohlash orqali gap bo‘laklarini ajratish


-mashq.  Bir nomni boshqacha nomlash bilan



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix09.05.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#115663
1   2   3
016 16 mavzu Ajratilgan bo‘lakli gaplar Tartibini o‘zgartirish va

132-mashq. 

Bir nomni boshqacha nomlash bilan

ajratilgan bo‘laklarni aniqlang

1. Komil buvaning uyi shu yong‘oqzorning ichida — Bo‘rijarning qoq

ustida emish. 2. Dadam harsillab nafas olib, narigi tomonga — pastga

tushdi. 3. Ovqatdan keyin ayvonda, xontaxta atrofida o‘tirib choy 

ichdik. Dadam sharqirab oqib yotgan ariq bo‘yida, bir tup

sadaqayrag‘och tagida to‘xtadi. 4. Chindan ham bomba ancha orqaga

— o‘rmonzorga borib tushadi. 5. Yangi yil kechasi — nemislar mast-

alast bo‘lib Rojdestvo bayrami qilayotganida hujumga o‘tdik! 6. Endi

u rosmana raisga — Umar zakunchiga aylangan edi. 7. Ochil akaning

daftari ancha nariga — o‘tlar ustiga otilib ketgan, varaqlari ochilib, xira

oydinda oqarib ko‘rinardi. 8. Biz — er-xotin yog‘ zavodida ishlaymiz. 

9. Qo‘zivoy hammani har yoqqa surib, uch-to‘rt qadam orqaga, 

Sherzod cho‘nqayib o‘tirgan doska tomonga tisarildi.(O‘ Hoshimov)



Uyga vazifa:

Savol va

topshiriqlar

1.Ajratilgan aniqlovchili gaplarga misollar yozing.

2.Ajratilgan izohlovchili gaplarga adabiyot darsligidan 5 ta gap topib

yozing.


3.Ajratilgan bo‘laklar qaysi xususiyati bilan uyushiq bo‘laklarga

o‘xshaydi?

4.Ma’lum bir bo‘lak ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish vazifasini bajaruvchi

bo‘laklarga misollar keltiring.

5.Ma’lum bir bo‘lakning umumiy ma’nosini konkretlashtirish, tushunarsiz

ma’nosini tushuntirish vazifasini bajaruvchi bo‘laklarga misollar yozing.

6.Bir nomni boshqacha nomlash bilan hosil bo‘lgan bo‘laklarga misollar

ayting.


7.Ajratilgan bo‘laklarning nutqimizda qanday ahamiyati bor?

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin