2-bosqich 420-gurux talabasi Toshniyozova Faridaning Falsafa fanidan tayyorlagan Mustaqil ish



Yüklə 150,08 Kb.
səhifə10/10
tarix09.02.2022
ölçüsü150,08 Kb.
#114286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Milliy dinlar

Sintoizm. Sinto so’zi xitoycha–xudolar yo’li ma’nosini anglatib, bu din yaponlarning an’anaviy milliy dini. Sintoizmni dastlabki shakliga barcha madaniyatlarga xos bo’lgan tabiatni ruhlantirish bo’lgan. Sintoizm diniga eng kuchli ta’sir ko’rsatgan ta’limotlar konfustiychilik va buddizmdir. Konfustiychilik g’oyalari Yaponiyaga miloddan avvalgi V asrlarda kirib kela boshlagan. Uning ta’siri ostida sintoistik madaniyat ya’ni ajdodlar ruhiga sig’inish va oqsuyaklarining axloqiy kodekslari shakllandi va tez rivojlandi. Yaponlarning butun tarixi davomida jamiyatning ijtimoiy va siyosiy hayotiga bu qarashlar o’zining kuchli ta’sirini o’tkazib keldi. Buddizm g’oyalari Yaponiyaga milodiy VI asrlarda kirib kela boshladi. Buddizmdan sintoizm o’ziga falsafiy ta’limotlarni, dabdabali marosimlarni, kundalik hayot majburiyatlari qonuniyatlarini o’zlashtirib oldi.

Sintoizmning boshlang’ich davrlaridagi xudolarning ko’pligi dunyo tarixida o’ziga xos fenomen hisoblanadi. Xar qanday qoya, tepalik, daryolar, tabiat hodisalari va boshqalar o’zlarining xudolariga ega bo’lgan. Ulardan eng ulug’lari “Samoviy ota” va “Ona er” xudolari bo’lgan. Yapon davlatining yaratilishi va imperatorlik dinastiyasining vujudga kelishi haqidagi afsonalar sintoizmning asosi hisoblanadi. Yaponlar o’zlarining imperatorlarini xudo darajasiga ko’targanlar, unga vorislik asosida o’tgan hokimiyati esa xalqning xohish-irodasiga bog’liq bo’lmagan. Imperatorga so’zsiz bo’ysunish lozim bo’lgan, unga ajdodlar xudolarining jonli vakili sifati qaralgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Yaponiyada 110 000 dan ortiq ibodatxonalar va ziyoratgohlar, 16 000 atrofida ruhoniylar bo’lgan. Barcha yaponlar sintoizm rasm-rusumlariga, urf-odatlariga, marosimlariga qat’iy amal qilishi shart bo’lgan. 1945 yil 15 dekabrdan Ittifoqchilar bosh qo’mondoni buyrug’iga binoan bu din davlat dini sifatida olib tashlandi. Unga e’tiqod qilish endi majburiy bo’lib qolmasdan, boshqa ko’p dinlar singari faqat istagan odamgina e’tiqod qilishi mumkin bo’lib qoldi. 1946 yil 1 yanvardan boshlab imperator o’zining ilohiy kelib chiqishidan voz kechdi va uning taxti bilan xalq o’rtasidagi munosabatlar faqatgina o’zaro ishonch va muhabbat asosiga qurilishi lozimligi ta’kidlandi.
Yüklə 150,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin