Yahudiy erkaklarining kiyimlari uzun, bir xil matodan tikilgan bo’lishi, boshi hatto uyquda ham biror narsa bilan berkitilgan bo’lmog’i lozim. Diniy marosim bajarilayotganda kiyimning ustidan albatta yopinchiq tashlanishi shart.
Haftaning shanba kuni dam olish qat’iy talab etiladi. Bu kun hech qanday yumush, ish bilan shug’ullanilmaydi, ovqat pishirilmaydi, olov yoqilmaydi, qo’lda biror narsa ko’tarib yurilmaydi, pulga qo’l tekkizilmaydi.
Bayramlardan: Pasxa, o’rim-yig’im bayrami, yangi yil, gunohloarni kechirishni so’rash kuni, alohida chaylalarda yashash kerak bo’lgan etti kunlik kuz bayrami, Bibliya tarixiga bag’ishlangan bahor bayrami kabi bayramlar bexato nishonlanadi.
Bolalarga diniy ta’lim 5-6 yoshdanoq beriladi. Tavrot va Talmudning asosiy aqidalari majburiy tarzda yodlattiriladi.
Yahudiylikda ayol kishiga erining itoatkor qulidek qaraladi. Har bir erkak yahudiy har kuni Xudovandga uni ayol qilib yaratmaganiga shukur aytib, duo qiladi. Ayol kishi esa o’z duosida o’zini eriga itoat etuvchi qilib yaratganligi uchun Parvardigorga minnatdorchilik bildirib yuradi. Yahudiylarning shunga o’xshash qiziq, ajobtovur odat va qiliqlaridan ko’pi hozirgacha saqlanib qolgan.
Yahudiylarning muqaddas Tavrot va Zabur (Tora va Psaltir)dan keyingi uchinchi kitobi Talmud Tavrot asosida ming yillar davomida shakllangan, oxirgi tahriri “Quddus Talmudi” milodiy III asrda, «Bobil Talmudi» esa V asrda rasman e’lon qilingan. Unda Tavrotga keng izohlar, tushuntirishlar, yahudiylarning diniy marosimlari, diniy qonun-qoidalari, targ’ibotlar, ko’rmatmalari ishlab chiqilgan.
Yuqorida aytilganidek, yahudiylar Bibliyaning “Yangi ahd” qismi – Iyso alayhissalomga nozil qilingan Injilni tan olmaydilar. Tan olgan yahudiylarni hatto dindan chiqqan deb hisoblaydilar. Vaholanki, Tangri taolo tomonidan Injil nozil qilingan payg’ambar Iyso Masih ham o’zlari kabi yahudiy bo’lgan va bu kitobdagi kalomlar ham olamlarning yakkayu yagona Parvardigori Alloh taoloning kalomlari bo’lgan.
Yahudiylar Allohning boshqa payg’ambarlariga ham kufr keltirishadi. Ba’zi payg’ambarlarni o’ldirishgan. Yahudiylik dini, yahudiylarning fikricha, faqat o’zlariga xos. Yahudiylikning talablari, marosimlari juda ko’p va og’ir bo’lganligi, yahudiylarning boshqa millat vakillari bilan nikohga kirishi man etilganligi, o’zlarini barcha xalqlardan afzal-mumtoz bilib, o’jar, millatchi, irqchi va hudbin bo’lganliklari uchun shunday qadimiy tarixga ega bo’lgan bu din jahon diniga aylana olmagan. Binobarin, o’tgan katta tarixiy davr mobaynida Tangri taolo nozil qilgan muqaddas kitoblarga juda ko’p o’zgartirishlar kiritishgan, natijada bu din o’zining asl qiyofasini yo’qotgan diyonat yo’li bo’lib qolgan.
Dostları ilə paylaş: |