Bu dinda asosiy xudolar–Braxma, Shiva, Vishnularning ko’rinishi sifatida ko’plab mahalliy hudolar e’tirof etiladi. Odatda, har bir qishloq yoki jamoa o’z xudosiga ega
Bu dinda asosiy xudolar–Braxma, Shiva, Vishnularning ko’rinishi sifatida ko’plab mahalliy hudolar e’tirof etiladi. Odatda, har bir qishloq yoki jamoa o’z xudosiga ega.
Hinduizmning hamma oqimlari ham Vedalarning abadiyligi va xudo tomonidan yuborilganligiga, Koinotning davrli mavjudligiga, bunda harakat pastlashib boruvchi yo’ldan ketishiga, jonning abadiyligi va o’lmasligi, ko’chib yurishiga ishonadi. Hinduizm ta’limoti, vedaizm va braxmanlik g’oyalari zaminida asta-sekin shakllana borib, milodiy I-ming yillik o’rtalarida vujudga kelgan.
VIII asrda Hindistonda islom tarqalishi bilan, uni qabul qilmaganlarni «hindu»lar deb atay boshladilar. Hinduizm yagona cherkov yoki cherkovga o’xshagan tashkilotga ega emas hamda bu dinni ma’lum bir konkret kishi yaratmagan.
Bxakti-(sanskritcha –sodiqlik, Xudoga muhabbat) Hinduizmdagi diniy oqim. Bu oqim vakillari kishilarning Xudo oldida teng deb biladilar. Kishilarning turli kastalarga bo’linishini rad etadilar. Kabir(1440-1518)-hind diniy islohotchisi, Ramanujaning izdoshi, bxakti mafkurachilaridan biri. U Xudo hamma joyda mavjud, har bir kishi bilan birga, shuning uchun ham alohida marosimlar va sig’inadigan joylarga hojat yo’q deb ta’lim bergan. Xudo oldida hamma kishilar tengg deb targ’ib qilgan, dinning kastalarga, firqalarga bo’linishiga qarshi chiqqan. Kabirning g’oyalari va ta’limoti sikhizmning rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan.
Sikhizm (sanksritcha-shogird)-XVI asrda Shimoliy-/arbiy Hindistonda sikhlar qabilasi orasida vujudga kelgan. Asoschisi –guru (ustoz) Nanakdir (1469-1539). Bu dinda qiyofasiz Xudoga e’tiqod qilinadi. Ular Borliq va olamdagi barcha hodisalar yaratuvchining oliy qudratining natijasidir, barcha odamlar esa Xudo oldida tengdirlar deb bilib, hunduizmdan yuz o’girganlar.