2-bosqich 420-gurux talabasi Toshniyozova Faridaning Falsafa fanidan tayyorlagan Mustaqil ish


Sikhizm ta’limoti, ibodat qoidalari guru Nanakning pand-nasihatlari va hayoti yoritilgan «Grantx Sohib»da (Janob Kitob) yozilgan



Yüklə 150,08 Kb.
səhifə9/10
tarix09.02.2022
ölçüsü150,08 Kb.
#114286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Milliy dinlar

Sikhizm ta’limoti, ibodat qoidalari guru Nanakning pand-nasihatlari va hayoti yoritilgan «Grantx Sohib»da (Janob Kitob) yozilgan.

Bu dinning asosiy muqaddas kitobi «Adigrantx» (Panjobcha boshglang’ich kitob) sikhlar orasida 5-guru murabbiy deb tanilgan Arjuna (1584-1606) tomonidan yozilgan. Kitobda Nanak, undan keyingi 3-guru matallari, Arjunaning o’z asarlari, Kabir va bxakti sektalarining boshqa ayrim rahnamolari asarlari yozilgan. 10-guru Govind (1675-1708) Adigrantxga o’zining qo’shimchalarini kiritgan. Bu kitobni asl nusxasi sikhlarning Amritsar shahridagi asosiy «Oltin ibodatxona»da saqlanadi.
Jaynizm.
3.Konfustiychilik. Miloddan avvalgi 551-479 yillarda yashagan Qadimgi Xitoy mutaffakkiri Kun Stzi asos solgan falsafiy, diniy ta’limot bo’lib, uning manbai Konfustiyning izdoshlari yozga «Lun-yuy» (Suhbatlar va mulohazalar) kitobidir.

Kun Stzi ta’lioti milodiy yil hisobi boshlarida dinga aylangan va Kun Stzi ilohiylashtirilgan. Bu ta’limotga ko’ra, jamiyatda osmondan yuborilgan «jen»-insonparvarlik qonuni amal qiladi. Inson taqdirini «osmon» belgilaydi va odamlarning oliy va past kishilarga bo’linishini o’zgartirib bo’lmaydi. Kichik kattaga, pastda turuvchi-yuqorida turuvchiga so’zsiz itoat qilmog’i lozim. Bu tengsizlik «osmon irodasi»ga bog’liq.

Konfustiychilikda diniy marosimlarning asosiy mazmuni unga qadar mavjud bo’lgan an’analarni, urug’-qabilaviy marosimlarni mustahkamlash, qonunlashtirish tashkil etadi. Chunki Konfustiy o’zining hech qanday yangi ta’limot yaratmaganligini tan olib, faqat eski marosimlarga, tartib-qoidalarga qattiq rioya etishni talab qilardi.

Xitoy xalqi tarixida qadimgi marosimlar katta o’rin tutganligini Konfustiy yaxshi bilar edi. Shuning uchun ham Xitoy xalq an’analarini, marosimlarini o’zining ta’milotida aosiy mazmunga aylantirgan. Xitoyliklar uchun eng yomon fojea-erkak tomonidan avlodning qolmasligidir. Ular avlodlari qolmasa, biz o’lganimizdan so’ng kim bizlarni yod etadi deb qattiq qayg’uga tushadilar.

Konfustiychilikning bosh xudosi-osmon Xudosi edi. Keyinchalik Konfustiyning o’zi ham ilohiylashtirilgan. Uning sharafiga, hatto imperatorlarning o’zi ham diniy marosimlarni bajo keltirar edi. Chunki Konfustiychilik oddiy xalq ustidan «aslzoda»larning hukmronligini oqlar edi. Bu dinga ko’ra ayni paytda imperatorning o’zi oliy Xudoning erdagi vakili edi.

Konfustiychilikda imperatorga qarata yozilgan quyidagi maslahat ham bor edi: «Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo’lsa, u albatta ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo’lgan ishidan, o’zining maqsadida avlodlarni xabardor etmog’i kerak. Shu paytda u osmonda yulduzlarning holatiga qaramog’i, ular qulay joylashganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng o’zining maqsadini amalga oirmog’i mumkin».
Daosizm ham falsafiy ta’limot bo’lib, u miloddan avvalgi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo’lgan. Uning asosida miloddan avvalgi II asrda daosizm dini shakllandi.

Daosizmning asosiy tamoyillari «Dao-Destzin» kitobida berilgan. Bu asar xitoy donishmandi Lao-Цzi qalamiga mansub. Uning tarixiy shaxs ekanligiga ko’pgina olimlar shubha qilishadi. Lao Stzi miloddan avvalgi 580-500 yillarda yashab o’tgan. Daosizm ta’limotiga shuningdek uning izdoshlari Chjuan Chjou yoki Chjuan-Цzi (er. avv. 399–328 – 295–275 do n.e.), Le Yuy-kou yoki Le-Цzi (er. avv. 430 –349) va Yan Chju (er. avv. 440–414 – 380–360) lar o’z nomlari bilan atalga asarlari bilan hissa qo’shganlar.

Dao-Denstzin kitobining asosiy tushunchasi «dao» ya’ni yo’l bo’lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning onasi deb tushunilgan. Bu go’yo qandaydir yo’l bo’lib, atrofni o’rab turgan olam va barcha kishilar shu yo’l bilan borishi lozim. Dao diniy mazmun kasb etgan yo’lgina bo’lib qolmasdanayni paytda u hayot tarzi, usuli, tamoyillari ham edi.

Daosizm dinining asosiy ramzi Dao bo’lib, u osmon xudosi ramziga yaqin bo’lgan. Unga ko’ra, har bir baxtiyor bo’lishni istagan odam Daoni taniy olishi va u bilan birlashib ketishi zarur. Chunki, odam mikrokosm (kichik dunyo) bo’lib, u ham makrokosmdek abadiydir. Insonning vafoti bilan ruh tanadan ajralib chiqib, makrokosm bilan birlashib ketadi. Insonning vazifasi o’lmay turib, ruhi Daoga qo’shilib ketishiga intilishdir. Bu narsaga qanday erishish mumkin degan savolga Dao ta’limotida javob berilgan.

Lao Stzining ta’limotiga ko’ra, Dao yo’li «De» kuchiga mosdir. Faqatgina shu kuchda Dao shaxsi namoyon bo’ladi. «De»ning ma’nosi faoliyatsizlik bo’lib, to’laqonlik faoliyatni inkor etishdir. Demak, ilohiy mukofotga Daoning maqomiga yaxshi ishlar bilan erishishga tirishgan odam emas, balgi meditastiya va o’zining ichki dunyosiga g’arq bo’lish jarayonida o’zini tinglashga harakat qilgan va o’zi orqali dunyo tuzilishi maromini tinglash va unga erishishga harakat qilgan odam etishadi. Daosizmda hayot mohiyati abadiylikka, o’z ildizlariga qaytish deb tushuniladi.

Yüklə 150,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin