Xulosa .......................................................................................................25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’Yxati…………………..27
K i r i sh
Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq ta’lim sohasida ulkan yutuqlarga erishildi va erishilib kelinmaoqda. Ma’lumki barcha sohadagi bilimlarni to’liq va puxta o’zlashtirish uchun o’quvchilarga tanqidiy tafakkur, mantiqiy xotira, ijodiy tassavur va boshqa bilim jarayonlari mukammal rivojlangan bo’lishi kerak. Bu o’rinda matematika fanining imkoniyati cheksizdir. Jumladan fanni o’qitishda o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
O’rta maxsus ta’lim zimmasiga bitiruvchilarini fundamental fanlar bo’yicha zamon talablari asosida faoliyat ko’rsatadigan unversitetlarga talab darajasida tayyorlash hamda iqtidorli yosh matamatiklarni olim pedagogic innovatsiyaadalarga tayyorlash vazfasi yuklatilgan. O’rta maxsus ta’lim bitiruvchilari tanlagan fanlari, sohalari bo’yicha chuqur va puxta bilimlarga ega bo’lishlari kerak.
Uzluksiz ta’lim tizimining har bir turi kabi o’rta maxsus ta’limi ham yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs, o’z ishining ustasi bo’lgan o’qituvchiga zarurat sezmoqda. Har bir o’qituvchi mutaxasis sifatida o’z fanini ilmiy va nazariy jihatidan chuqur o’zlashtirgan, pedagogik hamda metodik bilim, ko’nikma va malakalarni egallagan, ta’lim - tarbiya jarayonining samaradorligini imkon beradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor, ularni ta’lim jarayoniga qo’llay olish malakalariga ega bo’lish lozim.
Inson aqli borasida Sharqda qaror topgan qarashlarga ko’ra, aql ikki xil, ya’ni tabiit va kasbiy bo’ladi. Tabiiy aql insonga tug’ma in’om etiladi. Kasbiy aql esa o’qish, ilm olish va tajriba tufayli orttiriladi. Kasbiy aqlni shakllantirishdek sharafli va mashaqqatli vazifa aynan pedagoglar zimmasiga yuklatilgandir. Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxid axloq ” kitobidagi “Tarbiyaning zamoni” bibida shunday jumlalar bor. “Endi ochiq ma’lum bo’ldiki, tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlandirmak, fikrimizni nurlandurmak, axloqimizni go’zallandurmak, zehnimizni ravshanlandurmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur, qayda qilinir?”- degan savol keladur. Bu savolga “birinchi - uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi - maktab va madrasa tarbiyasi, bu ota , muallim, mudarris va hukumat vazifasidir”, deb javob bersak. Aynan ana shu maktab va madrasa tarbiyasini avval ham, hozir ham muallim - pedagoglar amalga oshirib kelishgan.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilishi va ushbu dastur asosida olib borilgan islohatlar natijasida ta’lim sifati va samaradorligi keskin oshdi. Ta’lim mussasasalarining moddiy - texnikmustahkamlandi. Shuni qoniqish bilan aytish mumkinki, zamonaviy ta’lim tizimining joriy etilishi bugungi kunda ijobiy natijalar bermoqda. Endigi, biz pedagoglarning vazifasi zamonaviy ta’minitga ega ta’lim muassasalarida o’quvchilar darajsida innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida yashlarimizga ta’lim - tarbiya berishdan iborat bo’lmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: |