2. Insoniyat tarixidagi yozuv turlari


Rayhoniy yozuvi yoki xatti rayhoniy -



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə7/11
tarix26.10.2022
ölçüsü47,38 Kb.
#118641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
игпгт

3. Rayhoniy yozuvi yoki xatti rayhoniy - hozirgacha sharq paleografiyasida bu yozuv turiga aniq ta'rif berilmagan. Bir xil olimlar rayhoniy yozuvi bilan muhaqqaq yozuvi o‘rtasidagi farq rayhoniy yozuvidagi chiziqlarning faqat ingichkaligi va go‘zalligidan iborat, bundan boshqa ular o‘rtasida farq yo‘q desalar, boshqalarning fikricha, agar muhaqqaq yozuvidagi harflarning o‘zaro mutanosibligi qonun-qoidasiga rioya qilgan holda nasx yozuvi bilan bir xil hajmda harflar yozilsa, bu rayhoniy yozuvi bo‘ladi. Yana uchinchi toifa olimlarining fikricha, muhaqqaq yozuvida ayrim harflarni tashkil etuvchi doiralar kvadratga yaqinroq turadi. Rayhoniy yozuvi ham muhaqqaq yozuvi bilan bir xil funksiyani bajargan va XVII asrning o‘rtalariga kelib, o‘rnini nasx yozuviga bo‘shatib bergan va iste'moldan chiqib ketgan. Yana shuni aytish joizki, ayrim xattotlar bu yozuvni qo‘lyozmalarning hoshiyalaridagina ishlata boshlagan edilar.
4. Suls yozuvi yoki xatti suls - o‘rta asrlarda bu yozuv musulmon olamining barcha hududlarida eng keng tarqalgan yozuv turlaridan edi. Bu yozuvni muhaqqaq yozuvi bilan qiyoslasak, muhaqqaq yozuvida tantanavorlik, ulug‘vorlik aks etib tursa, suls yozuvida esa, o‘ziga xos mayinlik, noziklik ustun turadi. Bu yozuvda harflardagi yo‘g‘on yoziladigan qism bilan ingichka yoziladigan qism o‘zgacha bir noziklik bilan almashinadi. Bu yozuvda chiziqdarning uchdan bir qismi to‘g‘ri chiziqdan va uchdan ikki qismi egri chiziq va dumaloq shakldan iborat bo‘lgani uchun bu yozuv «suls» - deb atalgan. (arabchada bu so‘z «uchdan bir» ma'nosini bildiradi). O‘rta asr an'analariga binoan, hukmronlarning rasmiy ko‘rsatmalari, farmonlari shu yozuvda bitilgan. Shuningdek, qo‘lyozmalarning titul varaqlari, oxirgi sahifasi suls yozuvida amalga oshirilgan. Me'moriy yodgorliklarda bezak o‘rnida ishlatilgan suls yozuvlarini ham uchratish mumkin. Bundan tashqari suls yozuvida xattotlik yozuvi namunalari ham yaratilgan.
5. Tavqi' yozuvi yoki xatti tavqi' - bu yozuv turi xatni tez yozishga mo‘ljallangan, harflarning shakli dumaloq bo‘lgan yozuvdir. O‘rta asr xattotlarining fikricha, bu yozuv suls yozuvidan kelib chiqqan va uning modifikatsiyasidir. Bu yozuv turida harflarning hajmidagi o‘zaro mutanosiblik suls yozuvidagi mutanosiblik bilan bir xil bo‘lsa-da, ularning bir-biriga ulanishi suls yozuvidan farq qilgan. Chunki bu yozuv turida elementlarning oltidan bir qismi to‘g‘ri chiziqli elementlardan iboratdir. Shunday qilib, tavqi' yozuvi mavjud bo‘lgan yetti yozuv turi ichida eng tez yoziladigan yozuv hisoblangan. Bu yozuvda harflarning barcha elementlari bir xil yo‘g‘onlikda yoziladi va unda yo‘g‘on elementlarning ingichka yozuvlar bilan almashinish hodisasi uchramaydi. Bunga esa-qamishqalamning uchini boshqacharoq chiqarish yo‘li bilan erishilgan. Tavqi' yozuvida nafaqat bir so‘z ichidagi yozuvlar, balki ayrim so‘zlar ham qo‘shib yozilgan. Islom olamida bu yozuvdan hukmronlar u yoki bu farmonga, ko‘rsatmaga imzo qo‘yishda foydalanganlar. Bundan tashqari davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim hujjatlar, qozilarning chiqargan hukmlari ham shu yozuvda bitilgan. Vaqt o‘tishi bilan XIV asrdan keyin qo‘lyozmalarning so‘nggi sahifalari, undagi turli xil qo‘shimcha ma'lumotlar shu yozuv bilan bitilgan. Dunyoviy mazmundagi qo‘lyozmalar, hamda Qur'onning yangi ko‘chirilgan nusxalarining hoshiyalari ham ko‘proq shu yozuv turida yozilgan.
6. Riqo yozuvi yoki xatti riqo - bu yozuv turi tavqi' yozuvining kichraygan shakli bo‘lib, u ham suls yozuvi bazasida vujudga kelgan. U ham hukmronlarning farmon va yorliqlarini yozishda qo‘llanilgan. Riqo yozuvi o‘zining hususiyatlari bilan tavqi' yozuvidan farq qilmaydi. Faqat riqo tavqi'ga qaraganda maydaroq va ingichkaroq yoziladi. Qisqa qilib aytganda bu yozuv ham tez yozishga mo‘ljallangan, harflari dumaloq shaklli yozuvdir. Bu yozuvning taraqqiyotini kuzatgan olimlarning fikricha, bu yozuv kichkina qog‘oz varaqchalariga yoziladigan shaxsiy maktublarni yozishga mo‘ljallab yaratilgan yozuvdir. Shuning uchun ham bu yozuv riqo'- kichkina qog‘ozga yozilgan xat demakdir. Keyinchalik bu yozuvda ko‘ngilochar mazmundagi qisqa-qisqa hikoyachalar ham yozila boshlagan. Shuningdek, Qur'on, hadislar va dunyoviy mazmundagi qo‘lyozmalarning titul varag‘i va oxirgi sahifasi yozilgan va bunda qo‘lyozmaning ko‘chirilgan joyi, sanasi, xattotning ismi, asarning nomi, ba'zan qo‘lyozmani ko‘chirishga buyurtma bergan shaxsning ismi va hokazolar yozilgan. Tavqi' bilan riqo' o‘rtasidagi o‘xshashlik oxir-oqibatda shunga olib kelganki, keyinchalik riqo' termini ostida ham tavqi' yozuvi, ham riqo' yozuvi tushunila boshlagan.
7. Nasx yozuvi yoki xatti nasx - «Nasx» so‘zining lug‘aviy ma'nosi «yo‘q qilish, bekor qilish, chizib tashlash»dir. Termin sifatida u «boshqa xat turlarini bekor qiluvchi» ma'nosida qo‘llanilgan. Bu yozuv hozirgi kungacha ham butun musulmon Sharqida eng ko‘p tarqalgan va eng ommabop yozuv turidir. Hozirgi kunda bosma usulda chiqayotgan barcha kitoblar, jurnallar. gazetalar va hakozolar nasx yozuvi bazasida nashrdan chiqadi. Bu yozuvning bu darajada keng tarqalishiga sabab unda harflarning aniq, ravshan, o‘zaro mutanosib ravishda bir-biriga ulanishi va eng asosiysi, uni o‘zlashtirishning nisbatan osonligidir. Bu yozuv turi harflar shakl va hajmining o‘zaro mutanosibligi qoidasi asosida shakllangan. Nasx yozuvi X asr oxiridan boshlab ishlatila boshlagan. Keyingi ikki yarim asrlik muddat ichida undan «nasxi eroniy» deb ataladigan varianti vujudga kelgan. Bu esa mashhur xattot va olim Yoqut Musta'simiy faoliyati bilan bog‘liqdir. XSh-XIV asrlarda mo‘g‘o‘llar bosqini bilan bog‘liq holda bu yozuv bir oz e'tibordan chetda qolgan bo‘lsa ham, u Eron va O‘rta Osiyoda XVII asr oxiri-XVIII asr boshlarigacha hukmronlik qilgan. Uni mashhur xattot Ahmad Nayriziy bir oz o‘zgartirgan va uni nasta'liq yozuviga yaqinlashtirgan. Garchi XIV asr oxirida yangi nasta'liq yozuvi paydo bo‘lib, uni bir oz chekkaga surgan bo‘lsa ham, nasriy asarlarning ko‘pchilik qismi nasx yozuvida kitobat qilingan va XX asr boshlarigacha nasx yozuvi bilan nasta'liq yozuvi xattotlar uchun asosiy yozuv turi bo‘lib xizmat qilgan.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan yozuv turlari kelib chiqish nuqtai nazaridan arabiy hisoblangan, an'anaviy va mumtoz yozuv turlari deb tan olingan va ular arab mamlakatlarida, Eronda va O‘rta Osiyoda keng qo‘llanib kelingan.
Bundan tashqari Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnahr hududlarida vujudga kelgan yozuv turlari ham mavjudki, ularning asosiylari «ta'liq», «shikastayi ta'liq», «nasta'liq» va «shikastayi nasta'liq» yozuvlaridir.
Xullas, arab olamida shakllanib, amalda qo‘llana boshlagan arab yozuvi keynchalik shunday taraqqiy etganki, unda vujudga kelgan yozuv turlari haqiqiy san'at darajasiga ko‘tarilgan va bu yozuvlarda bitilgan qo‘lyozmalar hozirgacha ham dunyo miqyosida sharq sivilizatsiyasining tipik namunasi sifatida e'zozlanib kelinmoqda.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin