2. Insoniyat tarixidagi yozuv turlari



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə8/11
tarix26.10.2022
ölçüsü47,38 Kb.
#118641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
игпгт

Arab yozuvi – yozuv turi. G‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida qo‘llaniladi. O‘ngdan chapga tomon yoziladi va o‘qiladi. Arabistonda mil. 4-asrgacha amalda bo‘lgan oromiy yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Qadimgi Sharqda oromiy yozuvining paydo bo‘lishi bevosita semit qabilalari uyushmasiga kirgan oromiylar bilan bog‘liq. Dastavval Suriyaning cho‘l qismida istiqomat qilgan oromiylarning Suriya va Mesopotamiyaning dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan unumdor vohalariga ke-lib o‘rnashishi miloddan avvalgi II ming yilning oxirida sodir bo‘lgan. Miloddan avvalgi XI–VIII asrlarda oromiylarning Mesopotamiya hududida bir qancha kichik davlatlari vujudga kelgan. Suriyaning Damashq va Xamat hududlari oromiylarning muhim markazlari hisob-langan. Bu qabila nomi bilan atalgan oromiy yozuvi shimoli-g‘arbiy semit tiliga mansub bo‘lib, qadimgi yahudiy va finikiya tili bilan qardosh. Taxminan miloddan avvalgi I ming yillikdan oromiy yozuvida finikiya harfla-ri qo‘llanila boshlangan. Ossuriya davlati tomonidan oromiylarning ommaviy ravishda ko‘chirilishi, Tigr va yefrat daryolari oralig‘idagi hududda oromiylarning keng tarqalishi, savdogar va tijoratchilar tomonidan savdoda oromiy tilining keng qo‘llanilishi miloddan avvalgi I ming yillikda Mesopotamiyada oromiy tilining aso-siy muloqot tiliga aylanishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi VII—VI asrlarda o‘rganish uchun qulay 22 harfdan iborat oromiy yozuvi Old Osiyoda xukmron bo‘lgan akkad, shumer va urartu mixxatlarining qo‘llanilishini keskin kamaytirgan.
Miloddan avvalgi VI – IV asrlarda ko‘plab xalq va elatlarni o‘z tasarrufiga birlashtirgan, Kichik Osiyodan Sirdaryo bo‘ylari va Shimoli-G‘arbiy Hindistongacha ulkan sarhadlarni tarkibiga qamrab olgan dunyoning eng qadimgi va ulkan imperiyasi hamoniylar Eronida oromiy tili ma'muriy boshqaruv va ish yurituvchi tilga aylangan.
Oromiy kotib Eronda maxalliy fors, Midiyada midiyalik, O‘rta Osiyoda parfiyalik, baqtriyalik, so‘g‘dlik va xorazmlik amaldorning og‘zaki talaffuzi davomida ma'muriy va boshqa ishlarni oromiy tilida rasmiylashtirgan. Tabiiyki, xar bir viloyat (satraplik) amaldori oromiy kotibga ma'muriy ishlarni o‘z tilida bayon etgan. Kotib esa ayni bir paytda har bir amaldorning maxalliy tilda bayon etgan fikrini oromiy tiliga o‘gira borgan. «Ayni shu jarayon tufayli, – deb ta'kidlaydilar arxeolog va tarixchi-lingvist olimlar E.V.Rtveladze, V.A.Livshits, – oromiy va mahalliy (O‘rta Osiyoda parfiya, baqtriya, so‘g‘d, xorazm) tillarining o‘ziga xos leksik va grammatik mutanosibligi yuzaga kelgan. Shu bilan bir vaqtda oromiy tiliga mahalliy tillarning ta'siri kuchaygan, oromiy tiliga, ayniqsa, mahalliy ma'muriy atamalar va iboralar kirib borgan, oromiy so‘zlar tuzilishi o‘zgara borgan».

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin