2. Insoniyat tarixidagi yozuv turlari


XI asrda arablarda shakllanagan fikrga ko‘ra, arab yozuvining dastlabki bosqichida faqat kufiy yozuvi mavjud bo‘lgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə6/11
tarix26.10.2022
ölçüsü47,38 Kb.
#118641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
игпгт

XI asrda arablarda shakllanagan fikrga ko‘ra, arab yozuvining dastlabki bosqichida faqat kufiy yozuvi mavjud bo‘lgan. Qur'oni karimning dastlabki nusxalari shu yozuvda ko‘chirilgan. Bu yozuv 4-xalifa Ali ibn Tolib tomonidan takomiliga yetkazilgan. Arab grafikasidagi boshqa xat turlari shu kufiy yozuvi asosida keyinchalik shakllangan xat turlaridir.
X asrga kelib arab yozuvi yana isloh qilingan. Bu isloh Ali Muhammad ibn Ali ibn Muqla (272-328)-(886-940) nomi bilan bog‘liq. Bu kishi uch Abbosiy xalifa qo‘lida vazirlik lavozimida ishlagan. U kufiy xati asosida sharq olamida keyinchalik mashhur bo‘lib ketgan olti xat turini yaratgan olimdir: muhaqqaq, suls, riqo, nasx, tavqi' va rayhoniy xat turlari. Ibn Muqlaning bu ishini Eronlik olim Ali ibn Hilol davom ettirgan. Uning taxallusi Ibn Bavvob bo‘lgan va u 413-1022 yilda vafot etgan. U Sherozdagi mashhur kutubxonada xodim bo‘lib ishlagan. Islohot ishini undan keyin davom ettirgan shaxs so‘nggi abbosiy xalifa saroyida xattot bo‘lib ishlagan Yoqut Musta'simiydir (640-696)-(1242-1298 yy.)
Ibn Muqlaning yaratgan sistemasi aniq matematik hisob-kitobga asoslangan mutanosiblik asosida qurilgan. Bunda harflarning shakli, diametri alif harfiga teng bo‘lgan aylana ichiga joylashtirilgan kvadrat, besh burchakka qiyoslab yaratilgan. Bu harflarning moduli esa, qamishqalamning bir harakati bilan hosil qilingan rombik shaklidagi nuqtadir. Bu nuqtalarning soni bilan harflarning katta-kichikligi aniqlangan. Umuman Ibn Muqlaning bu tizimida harflarning shakli va razmeri alifning uzunligiga teng bo‘lgan rombik nuqtalarning soni bilan aniqlangan. Natijada Ibn Muqla yaratgan olti xat turining hammasida harflarning yozuvdagi o‘rni, ularning hajmi ilmiy jihatdan aniqlab berilgan.
Umuman, xattotlar va qalam sohiblari orasida eng ko‘p tarqalgan va eng e'tiborli sanalgan xat turlari quyidagilardan iboratdir:
1. Kufiy yozuvi yoki xatti kufiykufiy yozuvi nabatiy yozuvi asosida shakllangan dastlabki arab yozuvidir. U birinchi marta Kufa shahrida ishlatilib, u yerda rivoj topgani uchun «kufiy» deb nom olgan. Arab olimlarining fikricha, (bu olimlar XI asrga mansubdirlar) Qur'onning birinchi qo‘lyozma nusxasi yozilgan bu yozuv turi 4-xalifa hisoblangan Ali ibn Abu Tolib tomonidan takomillashtirilgan. Natijada o‘sha davrda turli yozishmalar, davlat idoralaridagi hujjatlar va boshqa yozuv-chizuvlar shu yozuvda olib borilgan. O‘sha davrdagi qo‘lyozma kitoblar ham shu yozuvda yaratilgan. Keyinchalik esa, Ibn Muqla o‘tkazgan islohot natijasida vujudga kelgan boshqa turdagi yozuvlar o‘rnini egallay boshlagan. XII asrga kelib Suriya, Iroq, Eron hududlarida kufiy yozuvi amalda qo‘llanishdan to‘xtagan. Lekin u umuman iste'moldan chiqib ketgan emas. Kufiy yozuvi islom badiiy san'atining asosiy elementlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan bog‘liq holda bu yozuv turi ishlatilish sohasiga qarab, yana bir necha turga bo‘linib ketgan. Masalan, bu xat turidagi harf elementlariga gullar, barglar, ko‘raklar shakli berilib, xusnixat turlarida ishlatilgan va unga gulli xatti kufiy deb nom berilgan. Kufiy yozuvidagi harflarning yozilishidagi to‘g‘ri chiziqlar o‘rtasidagi to‘g‘ri burchaklarga yanada ishlov berilgan, ya'ni uning geometrik shakli qayta ishlangan va undan turli xil binolarning ustki qismidagi bezaklar sifatida ishlatila boshlagan. Bunda mazkur xatti kufiy, birinchidan, yozuv sifatida ma'lum tushunchani ifodalasa, ikkinchidan, naqsh yoki bezak sifatida imoratlarning chiroyli chiqishi uchun xizmat qilgan. Xatti kufiyning bu turi kufiyyi bannoiy-binokorlik kufiy xati deb nom olgan.
Kufiy yozuvida qabr toshlariga turli yozuvlar bitilgan. Shuningdek, XV asrgacha qo‘lyozmalarda asar nomi, asar boblari va qismlari nomi, asar boshlanishidagi basmalani yozishda kufiy yozuvidan foydalanilgan.
2. Muhaqqaq yozuvi yoki xatti muhaqqaq - bu yozuv turi abbosiylar hukmronligining boshlanishida VIII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. U Iroq hududida paydo bo‘lgani sababli xatti iroqiy deb ham ataladi. Bu yozuv turida harflardagi egri chiziqlar bilan to‘g‘ri chiziqlar o‘rtasidagi proporsiya 1,4 va 3,4 ga to‘g‘ri keladi. Muhaqqaq yozuvi katta harflar bilan yoziladigan matnlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun u katta hajmdagi Qur'on nusxalarini ko‘chirishda ishlatilgan. Bundan tashqari boshqa bitiklarda ham, agar harflar vositasida ulug‘vorlik, tantanavorlik ifodalash zarur bo‘lgan o‘rinlarda shu yozuv turidan foydalanilgan. Eron xattotlari tomonidan shu yozuv turida yaratilgan Qur'on nusxalari o‘sha davrlarda katta shuxrat qozongan. Xususan, Amir Temurning nabirasi Boysunqur Mirzo (vaf.837-1434y.) juda katta hajmdagi Qur'on nusxasini shu yozuvda ko‘chirib, kitob yaratgan. Bu Qur'onning xar bir varag‘i 170-101 sm hajmga ega bo‘lgan.
Yana shuni aytish joizki, muhaqqaq yozuvining itttlatilittt sferasi juda keng bo‘lmagan. Undan asosan Qur'on nusxalarini ko‘chirishda, xattotlik namunalarini yaratishda hamda imoratlarning peshtoqiga bezak sifatida Qur'on oyatlarini bitishda foydalanilgan. XVII asr o‘rtalariga kelib, bu yozuv o‘z o‘rnini yana bir yozuv turi hisoblangan suls yozuviga bo‘shatib bergan. Suls yozuvida esa, Qur'on nusxalari to‘laligicha yaratilgan emas, balki uning ayrim oyatlarigina yozilgan.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin