2. Internet va kompyutr o`yinlarining paydo bo`lishi. Virtual tanishuvlar


Jurnalistlar uchun MAS bo’yicha ta’lim platformalari



Yüklə 42,46 Kb.
səhifə2/3
tarix09.05.2023
ölçüsü42,46 Kb.
#126600
1   2   3
13-ma\'ruza mavzu media-b

Jurnalistlar uchun MAS bo’yicha ta’lim platformalari
Media va axborot savodxonligi ko’pincha hayot uchun va global mediadunyo uchun ta’lim sifatida belgilanadi. MASning ta’lim resurslari — bu multime- diyali kontentning dolzarb, ekspert bazali o’ziga xos xablaridir. YUNESKO ushbu yo’nalishdagi ko’p sonli loyihalar va dasturlarning tashabbuskori va muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi. Xalqaro darajada mediata’limga yo’l ochib bergan Gryunvald Deklaratsiyasi (1982) qabul qilingan paytdan boshlab, YUNESKO odamlar o’rtasida MAS sohasida kompetensiyalar rivojlanishini qo’llab-quvvatlashda davom etmoqda. Ushbu amaliy qadamlar “Parij dasturi yoki mediata’lim bo’yicha 12 tavsiya” doirasida ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Quyida MASni mustaqil o’rganish uchun onlayn resurslar, shuningdek, muta- xassislar o’rtasida aloqalar o’rnatishga, tadqiqotlarga ko’maklashuvchi plat- formalar keltirilgan. Mediasavodxonlik o’quv jarayoniga fundamental va barqaror joriy etish uchun jurnalistlarni oliy darajada va maxsus tayyorlashda akademik va qisqa muddatli kurslar shaklida umumta’lim dasturlari jarayoniga bir qator fanlarning kiritilishini ko’zda tutadi. Kanada ko’p yillar davomida mamlakat ta’lim jarayoni ishtirokchilariga mediasavodxonlikka o’rgatish talabini qo’yadi — maktablar, kollejlar, universitetlarda turli kurslar, fanlar va MOOS (keng foydalaniladigan onlayn kurslar) yo’lga qo’yilgan. Ontario ta’lim vazirligi quyidagilarni belgilaydi: mediasavodxonlik talabalarga OAV tabiatini, ular tomonidan foydalaniladigan texnikalar va ushbu texnikalarning ta’sirini ongli va tanqidiy tushunish ko’nikmasini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Aynan MAS ta’limi o’quvchilar tomonidan ommaviy axborot vositalari qanday ishlashi, fikrlarni qanday shakllantirishi, qanday tuzilgani va voqelikni qanday tashkil qilishini tushunishlarini kuchaytirishni ko’zda tutadi. YOsh avlod axborotni borliq, jarayonlar, voqea-hodisalarning reprezentatsiyasi deb emas, aksi deb qaraydi. Ba’zan hatto uni yagona haqiqat deb qabul qiladi. Faqat tanqidiy tafakkur va ma’nolarni ajratib olish ko’nikmasi uning mohiyatini tushunishga, axborotni atrofdagi olam haqidagi ramziy — raqamli, audio, video, bosma tasavvur deb qabul qilishga yordam beradi. “Men media savodxonlikni hayotiy savodxonlik deb bilaman, chunki men kommu- nikatsiyalarning joriy shaklini tushuna olmasam va undan samarali foydalan- masam, men fuqarolik darajasida ham, shaxsiy darajada ham va professional darajada ham foydali inson bo’la olmayman”, deydi o’z intervyularidan birida Neyl Anderson. Mediata’lim sohasida birinchilardan bo’lgani holda, u mediasavodxonlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi, o’qituvchilarga MAS kompetensiyalari texnologiyalarini o’z dasturlariga integratsiyalashga yordam berdi. Olim Osiyo, Avstraliya, yevropa, Kanada va AQSH mamlakatlarida ko’p sonli ta’limiy ma’ruzalar va seminarlarni o’tkazdi.
MASni o’quv jarayoniga integratsiya qilish dunyoning turli mamlakatlarida turlicha sur’atlar bilan kechmoqda. Masalan, AQSHdagi Stoni Bruk universiteti o’ziga xos yangiliklar savodxonligi markazi (newsliteracy) hisoblanadi. U yerda mediasavodxonlik yangiliklar jurnalistikasida to’rtta yo’nalishga bo’linadi: axborotning turli shakllarini belgilash, buni fakultet “sizning axborot qo’shni- chiligingizni bilish” deb ataydi; axborot manbalari va yangiliklardagi manbalarni baholash; yangiliklar va fikrlarni aniqlash; va OAVning bir tomonlamaligini tushunish va aniqlash, shuningdek, yangiliklar iste’molchilarining qarashlari ular mediamatnlarni qanday tushunishiga ta’sir ko’rsatishini tushunish.
Amerikalik olimlarning fikricha, MAS kompetensiyasi vamediakontentga doir tanqidiy tafakkur yosh avlodning salomatligi vafarovonligi, shuningdek, ularning mamlakatning fuqarolik vaiqtisodiy hayotidagi kelgusi ishtirokida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Media Literacy Now loyihasi ommaviy axborot vositalarining salomatlikka ta’sirini aniqlash bo’yicha tadqiqot o’tkazdi vamediasavodxonlikni ushbu jarayonga aralashish strategiyasi deb belgiladi.
CHekish AQSHda bevaqt o’lim holatlarining asosiy sabablaridan biridir va chekishdan vafot etganlarning 90 foizi chekishni o’smirlik davridan boshlagan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, OAVdagi chekish bilan bog’liq xabarlar, jumladan, filmlar va reklama e’lonlaridagi personajlar- ning chekishi o’smirlar o’rtasida chekuvchilar sonini sezilarli tarzda ko’paytiradi. Keyinchalik amalga oshirilgan loyihalar davomida ular shunday xulosaga kelganki, o’z ichiga mediasavodxonlikni qamrab oluvchi o’quv dasturi chekishga qarshi an’anaviy darslarga (ular samarali, ammo mediasavodxonlikni ko’zda tutmaydi) nisbatan ancha samarali bo’lib, o’quvchilarning chekishdan saqlanishlariga yordam beradi.
Ushbu ma’ruza chekish, alkogolli ichimliklarni va giyohvand moddalarni iste’mol qilish; semirish va to’yib ovqatlanmaslik; ruhiy salomatlik, uyquning buzilishi va akademik xarakteristikalar, internet va ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, shafqatsizlik va zo’ravonlik; yoshlar uchun jismoniy salomatlik obrazi kabi dolzarb masalalarni qamrab oladi. Hisobotda mediaaxborotli iste’molning ushbu muammolarning avj olishiga ta’siri ko’rsatilgan va MAS to’g’ri tanlov qabul qilishda, o’lim holatlarining oldini olishda va maqbul kelajak barpo etishda mediasavodxon yoshlar qo’lidagi eng samarali vositalardan biri sifatida keltirilgan.
YAna bitta misol keltiramiz, dunyoda 2011 yildan boshlab o’smirlik depres- siyasi va o’zini o’zi o’ldirish darajasi nihoyatda ko’payib ketdi. “Mubolag’asiz aytish mumkinki, yosh avlod ruhiy salomatlik sohasida so’nggi o’n yilliklar davomidagi eng og’ir inqiroz yoqasida turibdi... Biz yoshlarning qo’liga berib qo’ygan uskunalar ularning hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatib, ularni jiddiy tarzda baxtsiz qilayotganligiga ishonchli dalillar mavjud”. YAqinda o’tkazilgan boshqa tadqiqotlar esa shuni ko’rsatmoqdaki, ijtimoiy tarmoqlarda kuniga 2 soatdan ortiq bo’lish o’smirlar ruhiy salomatligi yomonlashuviga olib keladi, bunga depressiya alomatlari, xavotirlanish va o’zini o’zi o’ldirish to’g’risidagi fikrlar kiradi. Olimlar shunday xulosaga kelmoqdaki, mediasavodxonlik bilan birga talabalar OAVdan mas’uliyatli, xavfsiz va axloqiy foydalanishga ham o’rganadi, bunga haddan ortiq foydalanish xavfi, “raqamli oziqlanish” konsepsiyasi hamda OAV va texnologiyalardan foydalanishning salomatlik uchun xavfi ham ko’zda tutiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bizning ijtimoiy tarmoqlar bilan munosabatlarimizni va ularning ta’sirini yanada chuqurroq tushunish yoshlarga ulardan foydalanishga jiddiy munosabatda bo’lish va haqqoniy aloqalarni izlashga imkon beradi.
SHunday savol tug’iladi: yosh kadrlarni o’qitish va tayyorlashda aynan qaysi fanlar dolzarb hisoblanadi?
Bu yo’nalishda ham qator tadqiqotlar olib borilmoqda va tavsiyalar, sinalgan tajribalar mavjud. Jumladan, ayrim mamlakatlar MAS dasturini joriy etish bo’yicha faol bosqichga kirishgan, rivojlanayotgan davlatlar kelajak uchun jurnalistik kadrlarni tayyorlashda ularning tajribasini o’zlashtirishi, ishlangan ochiq manbalar va resurslardan foydalanishi mumkin. Quyida, bizning nazarimizda, 4-chi — axborot inqilobi davrida jurnalistlar uchun zarur bo’lgan ayrim kurslar va dasturlarni keltiramiz.
Mediatahlil — OAVdagi xabarlar, odatda ularni ishlab chiqaruv- chilar va tarqatuvchilarning qadriyatlari va mafkurasini ifodalaydi. Kontent-tahlilga tayanib, jurnalist axborot, vaziyat vujudga kelishining sabablari, maqsadi, manbalarini ko’ra bilishi mumkin.
Mediareading — mediakontentni o’qish, qayta anglash. Qayerda va nima deb emas, qanchalik tez-tez kuzatiladi, deb savol berish.
Media tomonidan manipulyatsiya qilish tahlili — keyslarni o’rganish, mediadan manipulyatsiya maqsadlarida foydalanish vositala- rini o’rganish.
Tarixiy aloqalarni yaratish — biz tarixdan qanday saboq olishimiz mumkin va u bugungi qadriyatlarni, hodisalarni va voqealar jarayonini qanday shakllantiradi?
Mediaprognozlash — media va OAV — bu voqelikning aksidir va ayni paytda ular markerlar, yo’l ko’rsatkich, kelajakka yo’llanmadir. Jurnalist yangiliklarning axborot oqimi qayerga yetaklayotganini tushunishi kerak.
Ma’lumotlar tahlili — axborotlarning katta hajmi bilan ishlash, foydali, trend axborotlarni aniqlash, noodatiy qonuniyat, yangi taxmin- larni ko’ra bilish bo’yicha kompleks ko’nikmalar.
Texnik vositalarni egallash va ulardan foydalanish ko’nikmalari — axborotni izlash, unga ishlov berish, tahlil qilish, xulosalash, vizualizatsiya qilish bilan bog’liq.
Onlayn surishtiruv jurnalistikasi — ishonchli faktlarni aniqlash uchun onlayn resurslar, platformalardan foydalanish, onlayn vosi- talar yordamida haqiqatni izlash sabab-natija voqealarini vizuali- zatsiya qilish. • Faktcheking — ularning yordamida chop etilayotgan faktlar bilan haqiqatda mavjud faktlar o’rtasidagi nomuvofiqliklar aniqlanadigan faktlarni tekshirish.
Virtual aldash Kiberpornografiya ishtirokchilari soni tez ortib bormoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, internetga kirganlarning to‘rtdan bir qismi porno saytlarga kirishadi. Kiberporno sanoatidan olingan daromad ulushi barcha onlayn-tijoratning eng kattasi bo'lib, yiliga 1,7 milliard dollarni tashkil etadi, bu keyingi mashhur toifadagi kompyuter o'yinlaridan 8 baravar ko'p.
Psixologlarning aytishicha, virtual xiyonat haqiqiylardan yaxshiroq emas. Internetda noz-ne'mat qilish sherikga haqiqiy xiyonatdir. Belfastdagi Queen's universiteti xodimlari so'rov o'tkazdi, uning maqsadi talabalarning virtual noz-karashmaga qanday munosabatda bo'lishini bilish edi. 245 ishtirokchining 51 foizi “elektron aloqa”ni haqiqiy xiyonat, deb ishonch bilan qaror qildi va 84 foizi xiyonat qilinganini his qilgan sherik uchun buni o‘ta haqoratli deb hisobladi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bunday aloqa er-xotinni munosabatlardagi jiddiy asoratlar bilan, tanaffusgacha tahdid qiladi. Va hech qanday jismoniy aloqa bo'lmagani muhim emas.
Statistikaga ko’ra, onlayn buyurtma orqali firibgarlik qilishning eng ko’p tarqalgan usuli xarid uchun haq to’lanib, xarid qilingan buyumning xaridorga yetkazib berilmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar hisoblanadi.
Ushbu jinoyat barcha davlatlarda, xususan, mamlakatimizda ham ko’p uchramoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, firibgarlik jinoyati O’zbekistonda transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Jumladan, Respublika protsessing markazining ma’lumot berishicha, Uzcard brendidan kiberfiribgarlik maqsadida rasmiy sayt interfeysi ko’chirib olinib, bonuslar olish uchun karta raqamini kiritish taklif qilingan. Natijada shu orqali kiberfiribgarlik amalga oshirilgan.
Shuningdek, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK ma’lumotiga ko’ra, 2021 yilda internet tarmog’ining milliy segmenti manzil maydonida 17 million 97 ming 478 ta zararli va shubhali holat, jumladan, 1 354 106 ta kiberhujum aniqlangan.
Bunday jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik yoshini belgilash haqida dunyo davlatlari turlicha yosh senzini taklif qiladi. Agar jinoyat O’zbekiston hududida sodir etilgan bo’lsa, ushbu shaxsga nisbatan yosh senzi 16 yosh deb belgilangan. Mazkur shaxs Jinoyat kodeksining 17-moddasi va 168-moddasining ikkinchi qismi “v” bandiga asosan, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 42,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin