2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari



Yüklə 232,5 Kb.
səhifə3/7
tarix15.02.2023
ölçüsü232,5 Kb.
#123408
1   2   3   4   5   6   7
Iste’mol, jamg’arish va investitsiya funksiyalari

375
a
Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg’arish grafigini ham ko’rib chiqamiz (14chizma).

Jamg’arish grafigi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - S). Boshlang’ich daromad darajasida jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi.

2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari


Bobning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib iste’mol funktsiyasini yozamiz:
C = a + b x Yd , bu erda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu erda: T – soliqlar; b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi
koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
ΔS
b = --------- x 100 Δ Yd
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq.
Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
S = -a + (1 -b) x Yd
Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:

  1. Uy xo’jaliklari daromadlari.

  2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.

  3. Narxlar darajasi.

  4. Iqtisodiy kutish.

  5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.

  6. Soliqqa tortish hajmi.

Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o’zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funktsiyasini aniqlash borasidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek aholining daromadlari hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi hamda aholining soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi.



Yüklə 232,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin