2. Kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish


Kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish



Yüklə 259,92 Kb.
səhifə2/8
tarix13.12.2023
ölçüsü259,92 Kb.
#139745
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish

Kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish deb kuchayib chiqqan signal energiyasining bir qismini uning kirishiga qayta uzatilish jarayoniga aytiladi.
Shuni aytish kerakki, deyarli barcha kuchaytirgichlarda ichki zararli (parazit) teskari bog‘lanish bo‘ladi. Bu, asosan, kuchaytirgich tarkibiga kirgan elementlarning ideal bo‘lmasligi natijasida ularda sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar (elektrodlararo sig‘imni bo‘lishi va x.k) oqibatidir. Tashqi reaktiv elementlar – sig‘im va induktivlik elementlari Ham zararli teskari bog‘lanish paydo bo‘lishiga olib keladi. Ichki va tashqi zararli teskari bog‘lanish kuchaytirgichning parametrlarini kutilmagan Holda o‘zgartirib, uning normal ishlashiga zararli ta’sir etadi. Lekin, kuchaytirgichga kuchaytirish stabilligini oshirish, buzilishlarini kamaytirish, o‘tkazish soxasini kengaytirish, kirish va chiqish qarshiligini o‘zgartirish va boshqalar uchun foydali boshqariluvchi tashqi teskari bog‘lanish ham kiritish mumkin.


2.2 - rasm. Kuchaytirgichning amplituda xarakteristikasi



2.3-rasm Kuchaytirgichning chastota xarakteristikasi a) ideal holda b) real holda


2 .4 - rasmda ko‘rsatilgan tashqi teskari bog‘lanishli qurilmaning struktura (tuzilish) sxemasi tarkibiga, chastotaviy uzatish koeffitsienti K()=K(j) bo‘lgan kuchaytirgich va uzatish koeffitsienti ()=(j) bo‘lgan teskari bog‘lanish zanjiri (kuchaytirgich bilan energiya uzatish zanjiri Xalqa deb ataladi) kiradi. K() va () qiymatlar kompleks qiymatlar bo‘lib (ular soddalashtirish uchun rasmda K va  ko‘rinishda berilgan) kuchaytirgich va teskari bog‘lanish zanjirida reaktiv elementlarning bo‘lishi natijasida vujudga keladigan fazaviy farqlarni hisobga oladi.


Teskari bog‘lanish kuchay-tirgichlari ishchi chastotalari polosasida faoliyat ko‘rsatgan-ligi uchun zararli teskari bog‘lanishlarning ta’siri se-zilarli bo‘lmaydi va uni hisobga olmaslik mumkin. Bu Holda uzatish koeffitsienti K() o‘rniga kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientidan foydalanish mumkin. Bu parametr va teskari bog‘lanish Xalqasi uzatish koeffitsienti (), kuchlanish bo‘yicha moddiy qiymatlar K va  lar bilan xarakterlanadi. Tok va kuchlanishlar Ham ishchi chastotalar polosasida moddiy qiymatli bo‘ladi. 2.4 -rasmda teskari bog‘lanishli kuchaytirgichlarning ko‘p tarqalgan turlarini struktura sxemalari ko‘rsatilgan.

Yüklə 259,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin