ILMIY KOTIB.: Muxlisov Sodiqjon Saidjonovichning dissertatsiyasiga yetakchi tashkilot – Urganch davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasiining 2023-yil 1-apreldagi kengaytirilgan yig‘ilishida bayonnoma rasmiylashtirilib, taqriz va xulosa berilgan.
Yetakchi tashkilot xulosa va taqrizlari ijobiy bo‘lib, dissertatsiya ishi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligiga oid pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb topilgan va ochiq himoyaga tavsiya etilgan.
Dissertatsiya ishi bo‘yicha quyidagi taklif va tavsiyalarni berish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlangan: 1. Dissertatsiya ishida qo‘llanilgan bir qancha terminlar mavjud, ularga qisqacha izoh berish kerak.
2. Dissertatsiya ishida adabiyotlar tahlili umumiy ko‘rinishda keltirilgan ularni alohida aniq qilib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. 3. Dissertatsiya ishining ilova qismida topshiriqlar tizimi berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Yuqoridagi mulohazalar dissertatsiyaning mohiyati va ahamiyatiga salbiy ta’sir etmaydi.
Umuman, yetakchi tashkilot xulosa va taqrizlarida Muxlisov Sodiqjon Saidjonovichning “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tashkiliy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish” mavzusidagi tayyorlagan dissertatsiyasi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining nizom talablari darajasida bajarilganligi, avtoreferat va e’lon qilingan maqolalar dissertatsiyaning asosiy mazmunini o‘zida aks etganligi va uning muallifi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga munosib ekanligi ta’kidlanib, himoyaga tavsiya etilgan.
Muxlisov Sodiqjon Saidjonovichning dissertatsiya avtoreferatiga quyidagi ilmiy muassasa va mutaxassislardan ijobiy taqrizlar berilgan:
Bolgariya Angel Kanchev nomidagi Ruse universiteti, Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori, (DSc) Yuliya Doncheva tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan.
Qozogʻiston Respublikasi Sherxon Murtazi nomidagi Taraz xalqaro innovatsiyalar institute, Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Saribekova Jannat Tulenovna tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan.
Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, pedagogika fanlari doktori (DSc) X.M. Tojiboyeva tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan.
Jizzax davlat pedagogika universiteti, Maktab menejmenti kafedra mudiri, (PhD) D. Tursunov tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan.
Jizzax davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha va boshlangʻich yoʻnalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi kata oʻqituvchisi, (PhD) J.A. Lutfullayev tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan..
Termiz davlat universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, p.f.f.d. (PhD) dotsent N. Achilov tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan.
Termiz davlat universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, p.f.f.d. (PhD) dotsent N. Achilov tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan.
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori X.J. Xudoyqulov tomonidan ijobiy taqriz berilgan, quyidagicha tavsiyalar ko‘rsatilgan, boʻlajak informatika oʻqituvchilarida “tashkiliy-pedagogik” tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilganligi, dissertatsiyada yoritilgan, ammo ularning xusiyatlari ham keng yoritib berilsa, ba’zi o`rinlarda orfografik kamchiliklar tuzatilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Informatika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi v.b. dotsenti, p.f.f.d. (PhD) Z.R. Bakiyeva tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan.
Toshkent davlat transport univesiteti “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. I. Ma’murov tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib kamchilik ko‘rsatilmagan.
Toshkent davlat transport univesiteti “Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. E.T. Toxirov tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib kamchilik ko‘rsatilmagan.
Buxoro davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) N.T. Tosheva tomonidan berilgan taqriz ijobiy bo‘lib, kamchilik ko‘rsatilmagan.
Umuman, qayd etilganda taqrizlarning barchasida Muxlisov Sodiqjon Saidjonovichning tadqiqoti ijobiy baholanib, falsafa doktori dissertatsiyalari oldiga qo‘yiladigan barcha talablarga javob berishi ko‘rsatib o‘tilgan. Dissertatsiya va avtoreferat O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining talablariga to‘la mosligi va uning muallifi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq ekanligi alohida ta’kidlangan.