2-Mavzu: Dasturiy ta’minot yaratish jarayoni.
Dasturiy mahsulotlar turlarining bir biridan farqi.
Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda dasturiy ta'minot xususiyatlarini dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy ta'minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora kamayib boryapti, chunki ko'pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va mijozlar talabiga qarab moslashtirilyapti.
2-Mavzu: Dasturiy ta’minot yaratish jarayoni.
Dasturiy injiniring ba'zida dasturiy ta'minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy ta'minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir. Barcha dasturiy ta'minotlar uchun umumiy bo'lgan to'rtta asosiy faoliyat bor. Bular:
1. Dasturiy ta'minot xususiyati
2. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish
3. Dasturiy ta'minotni tekshirish
4. Dasturiy ta'minot evolutsiyasi
2-Mavzu: Dasturiy ta’minot yaratish jarayoni.
Dasturiy ta'minot jarayoni
Dasturiy ta'minot- bu dasturiy mahsulotni tayyor holatga olib kelish faoliyatilari to'plamidir. Bu faoliyatlar Java yoki C++ kabi standart dasturlash tillarida dasturlarni ishlab chiqishni o'z ichiga olishi mumkin.
Dasturiy ta'minot jarayoni modeli bu dasturiy ta'minot jarayonining soddalashtirilgan ko'rinishidir.
Jarayon modellari:
1. Sharshara modeli
2. Ortib borish modeli
3. Qaytib foydalanishga mo'ljallangan dasturiy injiniringi
2-Mavzu: Dasturiy ta’minot yaratish jarayoni.
Sharshara modeli
Sharshara modeli birinchi bo'lib e'lon qilingan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayoni modelidir (Royce, 1970).
Sharshara modelining asosiy bosqichlari bevosita dasturiy ta'minotni rivojlantirish bosqichini aks ettiradi:
Dostları ilə paylaş: |