2-Mavzu: Dasturiy ta’minot yaratish jarayoni.
Dasturiy injiniringni narxi qancha?
Taxminan 60% xarajatlar ishlab chiqarish uchun va 40% xarajatlar testlash uchun sarf bo'ladi.
Dasturiy injiniringni asosiy faoliyatlari nima?
Dastur xususiyatlari, dasturiy ta'minot ishlab chiqish, dasturiy ta'minotni tekshirish, va dasturiy ta'minot evolyutsiyasi.
Dasturiy injinerlar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bilan shug'ullanadilar.
2-Mavzu: Dasturiy ta’minot yaratish jarayoni.
Dasturiy mahsulotlar turlari.
1.Umumiy dasturiy mahsulotlar Bular avtonom tizimlardir ya'ni ishlab chiqarish tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda sotib ola biladigan mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta'minotlar masalan ma'lumot bazalari, matn tahrirlovchi, rasmlar chizish, loyihalarni boshqarish uskunalari kabi dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.
2.Buyurtma dasturiy mahsulotlar Bular alohida mijozlar tomonidan buyurtma qilingan tizimlardir. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik qurilmalar uchun nazorat tizimlari, maxsus ish jarayonlariga yordam berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |