2. MA`RUZA Mavzu:Sanoatchanglarininghosilbo‘lishsabablari.Gazlarnitozalashtexnologiyasiasoslari. Sanoat aerozollari xossalari gaz tozalovchi apparatlar samaradorligi.
Reja: Sanoat ayerozollarining asosiy xossalari
Tayanch iboralari:Zichlik, disperslik, adgeziya, abraziv, namlanuvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik, chang ushlash darajasi.
Chang zarrachalarining zichligi. Chang zarrachalarining zichligi 3 xil: haqiqiy, hajmiy va tuyuluvchi bo‘ladi. Hajmiy zichlik (haqiqiy zichlikdan farqli o‘laroq) chang zarrachalari orasidagi havo qatlamini ham hisobga oladi. Kuzatilganda hajmiy zichlik 1,2 ÷ 1,5 barobar ortadi.
Tuyuluvchi zichlik o‘zida zarrachalar og‘irligini ular egallagan hajmga (oraliqlar, bo‘shliqlar va notekisliklarni hisobga olgan holda) nisbatini ifodalaydi.
Zarrachalar dispersligi. Zarrachalar o‘lchami uning asosiy parametri bo‘lib xizmat qiladi. Chang ushlovchi qurilmani tanlash ushlab qoluvchi changning dispers tarkibiga qarab amalga oshiriladi.
Zarrachalarning eng katta va eng kichik o‘lchamlari ushbu changning dispers diapazonini harakterlaydi. Changning dispers tarkibi bo‘yicha harakteristikasini tuzish uchun to‘liq chang zarrachalarini ma’lum bir o‘lchamlar bo‘yicha chegaralab, ularni og‘irlik bo‘yicha qanday ulush tashqil etishini foizlarda ifoda etish kerak bo‘ladi.Zarrachalarningadgezionhossalari. Zarrachalarning adgezion xossalari ularning yopishqoqligini ifodalaydi. Zarrachalarni yuqori yopishqoqligi chang ushlovchi qurilmalarni qisman yoki to‘liq tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Chang zarrachalarining o‘lchami qancha kichik bo‘lsa, ular qurilma yuzasiga oson yopishadi.
Yopishqoqligi bo‘yicha changlar 4 guruhga bo‘linadi (1.1-jadval).
Yopishqoqligi bo‘yicha changlar guruhlari
1.1-jadval