2-ma’ruza: pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari reja


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari



Yüklə 39,15 Kb.
səhifə2/4
tarix25.02.2023
ölçüsü39,15 Kb.
#123621
1   2   3   4
2-maruza-mavzusi

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga yerishishga qaratilgan jarayonlaming umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi:
Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy yetgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga yega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni hartomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim —o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks yetuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil yeta olish qobiliyati.
Malaka — muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot — ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivoilanish — shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’Iadigan rniqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda yetuvchi murakkab jarayon.
2.2. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog’liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o’zlari bilan yergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o’simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o’rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug’)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik yehtiyojlarni qondirish yo’lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma’lumotlarni berib, ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirganJar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o’zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo’lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir yetgan nutq va yozuvning paydo bo’lishi, shuningdek, urug’ jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg’or (progressiv) xarakter kasb yetishiga imkon berdi.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan. «Akademiya» so’zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o’z shogirdlariga ma’ruzalar o’qigan bo’lib, keyinchalik ta’lim tashkil yetiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta’lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma’nosi «bola yetaklovchi» demakdir.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug’ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil yetilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o’rgatilgan.
O’rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko’rinishidagi ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo’lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag’dod), «Ma’mun akademiyasi» (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqane) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo’nalishlari bo’yicha kuchli bilimga yega bo’lgan qomusiy olimlar jalb yetilgan bo’lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo’nalishlarda keng ko’lamli tadqiqotlar olib borilgan.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma’rifatparvarlar — Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma’naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo’lida olib brogan harakatlari tarbiya g’oyalarining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo’lib hayot kechirishi sababli boJalarga tirikchilik o’tkazish yo’lidagi faoliyat (o’simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil yetish borasidagi tajribalarni o’rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalgam oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o’yin jarayonlarida o’zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil yetish jinsiy xarakterga yega bo’lganligi bois o’g’il va qiz bolalarni tarbiyalashda o’ziga xos jihatlar ko’zga tashlangan.

Yüklə 39,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin