Uzatiluvchi axborot matni M kriptografik ozgartirish Yek1 yordamida shifrlanadi, natijada shifrmatn C olinadi:
Kriptotizimlarning ikkita sinfi farqlanadi:
simmetrik kriptotizim (bir kalitli);
asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli).
SHifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning ozi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish xuquqiga ega bolgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. SHu sababli, simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Yani shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
Elektron xujjatlarni uzatishning konfidentsialligini simmetrik kriptotizim yordamida taminlash masalasi shifrlash kaliti konfidentsialligini taminlashga keltiriladi. Odatda, shifrlash kaliti malumotlar fayli va massividan iborat boladi va shaxsiy kalit eltuvchisidan masalan, disketda yoki smart-kartada saqlanadi. SHaxsiy kalit eltuvchisi egasidan boshqa odamlarning foydalanishiga qarshi choralar korilishi shart.
Simmetrik shifrlash axborotni "ozi uchun", masalan, egasi yoqligida undan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish maqsadida, shifrlashda juda qulay xisoblanadi. Bu tanlangan fayllarni arxivli shifrlash va butun bir mantiqiy yoki fizik disklarni shaffof(avtomatik) shifrlash bolishi mumkin.
Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi boshlanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalitni aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish mumkin emas. Maxfiy kalit jonatuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar tarqatiluvchi himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak.
Mavjud barcha kriptografik usullar quyidagi sinflarga ajratiladi:
Mono- va kop alifboli orniga qoyishlar (podstanovkalar).
Bir xil alifbodan foydalangan holda ochiq matnni boshqa matnga murakkab yoki qiyin qoida boyicha almashtirish orniga qoyish hisoblanadi. Yuqori kriptobardoshlilikni taminlash uchun katta kalitlardan foydalanishga togri keladi.
Orin almashtirishlar (perestanovkalar)
Bu ham uncha murakkab bolmagan kriptografik akslantirish hisoblanadi, odatda boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi.
Gamma qoshish (Gammalash)
Bu usulda kalit asosida generatsiya qilinadigan psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligi ochiq matn ustiga qoyiladi.
Blokli shifrlar shifrlanadigan matn blokiga qollaniladigan asosiy akslantirish usullarini (mumkin bolgan takrorlashlar va navbatlar bilan) tasvirlaydi. Blokli shifrlar yuqori kriptobardoshlilikka ega ekanligidan amalda u yoki bu sinf akslantirishidan koproq uchraydi. Amerika va Rossiyaning shifrlash standartlari aynan shu sinf shifrlariga asoslangan.