2. Ma’ruza. Tarmoqdagi axborotga bo’ladigan na`munaviy hujumlar. Axborot xavfsizligi modellari 10



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə25/30
tarix06.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#126461
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
informatika darsligi

VPN-mijoz odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksi bo’lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlash va autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi.
VPN-server server vazifasini o’tovchi, kompyuterga o’rnatiluvchi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-server VPN-mijozning server platformalari uchun funktsional analog hisoblanadi. U avvalo VPN-mijozlar bilan ko’pgina ulanishlarni madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. VPN-server mobil foydalanuvchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin.
VPN xavfsizlik shlyuzi. (Security gateway) ikkita tarmoqqa ulanuvchi tarmoq qurilmasi bo’lib, o’zidan keyin joylashgan ko’p sonli xostlar uchun shifrlash va autentifikatsiyalash vazifalarini bajaradi. VPN xavfsizligi shlyuzi shunday joylashtiriladiki, ichki korporativ tarmoqqa atalgan barcha trafik u orqali o’tadi. VPN xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi sifatida ko’rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost adresi hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dasturiy yechim, alohida apparat qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to’ldirilgan marshrutizatorlar yoki tarmoqlararo ekran ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin.
Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini (Internet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini (masalan, telefon tarmog’i kanallarini) o’z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq VPNning samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo’yicha aylanuvchi axborotning himoyalanish darajasiga bog’liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun inkapsulyatsiyalash va tunnellash keng ishlatiladi. Tunnellash usuli bo’yicha ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish bo’yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir "jo’natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini boshqasining paketiga inkapsulyatsiyalashga imkon beruvchi o’ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish o’rnatiladi.
Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar portsiyasi xizmatchi hoshiyalar bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli paketi yuqoriroq yoki xudi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o’zi ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli inkapsulyatsiyalanuvchi dastlabki paketlarni to’la kriptografik himoyalash imkoniyati paydo bo’ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidentsialligini ta’minlash maqsadida jo’natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni, yangi IP- sarlavha bilan tashqi paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo’yicha jo’natadi


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin