3.Maruza. Axborot xavfsizligini tahminlashning asosiy yollari. Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy tahminoti.
Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi tahlil etilsa qayguli manzaraga ega bolamiz. Kompyuter jinoyatchiligi yetkazgan zararni narkotik moddalar va qurollarning noqonuniy aylanishidan olingan foydaga qiyoslash mumkin. Faqat AQSHda "elektron jinoyatchilar" yetkazgan har yilgi zarar qariyb 100 mld. dollarni tashkil etar ekan.
Yaqin kelajakda jinoiy faoliyatning bu turi daromadliligi, pul mablaglarining aylanishi va unda ishtirok etuvchi odamlar soni boyicha yaqin vaqtlargacha noqonuniy faoliyat orasida daromadligi bilan birinchi orinni egallagan noqonuniy biznesning uch turidan uzib ketish ehtimolligi katta. Bu noqonuniy bizneslar-narkotik moddalar, qurol va kam uchraydigan yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish.
Davlat va xususiy kompaniyalar faoliyatining sotsiologik tadqiqi malumotlariga qaraganda XXI asrning birinchi yillarida iqtisodiy sohadagi jinoyatchilik bank va boshqa tizimlarning axborot- kommunikatsion komplekslariga bolishi mumkin bolgan garazli iqtisodiy harakatlarga qaratilgan boladi.
Kredit-moliya sohasidagi kompyuter jinoyatchiligining soni muttasil osib bormoqda. Masalan onlayn magazinlarida 25%gacha qalloblik tolov amallari qayd etilgan. SHunga qaramasdan Garb davlatlarida elektron tijoratning-yuqori daromadli zamonaviy biznesning faol rivojlanishi kozga tashlanmoqda. Malumki, bu soha rivojlanishi bilan parallel ravishda "virtual" qalloblarning ham daromadi oshadi. Qalloblar endi yakka holda harakat qilmaydilar, ular puxtalik bilan tayyorlangan, yaxshi texnik va dasturiy qurollangan jinoiy guruhlar bilan, bank xizmatchilarining ozlari ishtirokida ishlaydilar.
Xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning korsatishicha bunday jinoyatchilarning ulushi 70%ni tashkil etadi. "Virtual" ogri ozining hamkasbi-oddiy bosqinchiga nisbatan kop topadi. Undan tashqari "virtual" jinoyatchilar uyidan chiqmasdan harakat qiladilar. Foydalanishning elektron vositalarini ishlatib qilingan ogrilik zararining ortacha korsatkichi faqat AQSHda bankni qurolli bosqinchilikdan kelgan zararning ortacha statistik zararidan 6-7 marta katta.
Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi turli xil qalloblik natijasida yoqotishlar 1989 yili 800 mln. dollardan 1997 yili 100 mlrd. dollarga yetgan. Bu korsatkichlar osayapti, aslida yuqorida keltirilgan malumotlardan bir tartibga oshishi mumkin. CHunki kop yoqotishlar aniqlanmaydi yoki elon qilinmaydi. Oziga xos "indamaslik siyosati"ni tizim mamurlarining ozining tarmogidan ruxsatsiz foydalanganlik tafsilotini, bu noxush xodisaning takrorlanishidan qorqib va ozining himoya usulini oshkor etmaslik vajida muhokama etishni xoxlamasliklari bilan tushunish mumkin.
Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyatining boshqa sohalarida ham vaziyat yaxshi emas. Yildan-yilga xuquqni muhofaza qiluvchi organlariga kompyuter jinoyatchiligi xususidagi murojaatlar oshib bormoqda.
Barcha mutaxassislar viruslarning tarqalishi bilan bir qatorda tashqi xujumlarning keskin oshganligini etirof etmoqdalar. Korinib turibdiki, kompyuter jinoyatchiligi natijasida zarar qatiy ortmoqda. Ammo kompyuter jinoyatchiligi kopincha "virtual" qalloblar tomonidan amalga oshiriladi deyish haqiqatga togri kelmaydi. Hozircha kompyuter tarmoqlariga suqilib kirish xavfi har biri ozining usuliga ega bolgan xakerlar, krakerlar va kompyuter qaroqchilari tomonidan kelmoqda.
Xakerlar, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, bazida, oldindan, maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga ki-rish niyatlari borligini bildirib qoyadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar (cracker) elektron "ogrilar" manfaat maqsadida dasturlarni buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmogi boyicha tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus xizmatlari buyurtmasi boyicha axborotni ogirlovchi firma va kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul mablaglarini ogirlash bilan ham shugullanadilar.
Bazi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal biznes ota daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat biznesining ananaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar kop bolmasa) oshishiga sabab boladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari mavjud emas.