2-ma’ruza. Transformatorlarning tuzilishi. Magnit õzaklari va chulğamlarining tuzilishi
Magnit õzaklari va magnit õzaklarning tuzilishi
Magnit õtkazgich transformatorning muhim tarkibiy qismi bõlib, u chulğamlararo
magnit boğlanishni
kuchaytirishdan tashqari, chulğamlari va yordamchi qismlarini õrnatish
hamda mahkamlash uchun konstruktiv asosdir.
Õzgaruvchan tokda (f = 50 Hz) uyurma toklar tufayli hosil bõladigan energiya
isroflarini kamaytirish maqsadida transformatorlarning magnit õtkazgichlari 0,35 va 0,30 mm
qalinliklardagi sovuq holatda jõvalangan anizotropli (magnit
xossalari yaxshilangan,
masalan, 3404
3406 markali) elektrotexnik põlat plastinalari maxsus lok va oksid pardalari bilan
qoplangan holda izolyatsiya qilinib yiğiladi. Bunday põlatni qõllash magnit õtkazgichdagi
induktsiyani 1,6
1,65 T. gacha oshirishga (issiq holatda jõvalangan põlatda esa magnit
induktsiyani 1,4
1,45 T. dan oshirib bõlmas edi) imkon yaratib, transformatorning aktiv (magnit
va elektr õtkazuvchi) materiallari massasini hamda energiya isroflarini
keskin kamaytirishga
imkon berdi.
Magnit sistemaning chulğam joylashtirilgan qismini «
sterjen», ularni ulab, berk
magnit zanjir hosil qiladigan qismini «
yarmo» deyiladi.
2.1-rasm. Transformator magnit õzaklari va chulğamlarning joylashuvi
Uch fazali transformatorlarning magnit õzaklari
Uch fazali kuchlanishni magnit õtkazgichi umumiy bõlgan
bitta uch sterjenli uch
fazali transformator vositasida õzgartiriladi. Agar uchta bir fazali transformatorni 2.2-rasm
(a)-da kõrsatilgandek joylashtirilsa, unda magnit õtkazgichning õzaklarini
konstruktiv
jihatdan bitta umumiy õzakka almashtirish mumkin. Uch fazali sistemada sinusoidal
magnit oqimlar oniy qiymatlarining yiğindisi nolga teng bõlganligidan umumiy õzakda
magnit oqimi bõlmaydi, shuning uchun bu õzakka zarurat ham qolmaydi.
Mazkur konstruktsiyani soddalashtirish uchun uchta
sterjenni bitta tekislikka
joylashtirib, ustki va ostki yarmolar bilan ulansa, uch fazali uchta sterjenli
yassi shaklli magnit
õtkazgich hosil bõladi (2.2-rasm,d).
2.2-rasm. Magnit sistemasi umumiy bõlgan uch fazali transformator konstruktsiyasining
hosil qilinishiga oid chizmalar:
a) uchta bir xil bir fazali transformatorlarning joylashtirilishi (bunda U
m.õz
- umumiy
õzak);
b) uch fazali simmetrik transformatorning fazoviy konstruktsiyasi;
d) fazoviy konstruktsiyani õzgartirib hosil qilingan yassi shakldagi magnit õtkazgichli
uch fazali transformator.
Barcha õzak va yarmolarning bõylama õqlari bitta tekislikda joylashgan bõlsa,
transformator magnit õtkazgichini
yassi shaklli, agar har xil tekisliklarda joylashgan bõlsa –
fazoviy shaklli deyiladi. Õzaklarning yarmolar bilan birikishiga kõra magnit sistemalar
sterjenli, zirhsterjenli, zirhli va torroidal turlarga bõlinadi.
2.3-rasm. Transformator õzaklarining turlari.
1) Torroidal 2) sterjenli, 3) zirhli